Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklarni aniqlash va baholashning nazariy-uslubiy asoslari




Download 218,65 Kb.
bet6/12
Sana24.06.2024
Hajmi218,65 Kb.
#265395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
investitsiya risklari xarakteristikasi va ularni boshqarish usullari (1)

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklarni aniqlash va baholashning nazariy-uslubiy asoslari


Investitsion loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqlik masalasini hal etishda risk tahlili asosiy o'rinni egallab, bu asosida loyiha yuzasidan mumkin bo'lgan barcha yo'qotishlar o'rganilib, ularning oldini olish yoki tegishli vaziyatlarda ularni benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan yo'qotishlarni kamaytirish yoki barham toptirish va ular bilan bog'liq salbiy oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish uchun, eng avvalo, risklarning vujudga kelishiga imkon beruvchi omillarni aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya'ni "risk tahlili" deb nomlanuvchi ishni bajarish lozim bo'ladi.
Risk tahlilining maqsadi investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo'lgan moliyaviy yo'qotishlardan himoyalanish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat. Shunga ko'ra, risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari - buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug'urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol etkazib beruvchilar tomonidan olib borilishi lozim. U, odatda, bir-birini to'ldiruvchi ikki turga:

      • risklarning turlari, omillari va doirasini aniqlash maqsadini ko'zlovchi sifat tahlili;

      • alohida risklar kabi loyihalarning ham hajmini hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlil.

Risklarning sifat tahlili - risk omillarni va turlarini aniqlash maqsadiga ega. Loyihaviy risklarning sifat tahlilini o'tkazish jarayonida loyiha bo'yicha aniq risk turlari aniqlanadi, ularni paydo bo'lish sabalari o'rganiladi, risklarni pasaytirish barcha takliflarda loyihani amalga oshirish oqibatlari tahlil qilinadi. Loyiha risklarining sifat tahlilida, eng avvalo, loyiha bo'yicha bari risk turlari aniqlanadi, ya'ni loyiha riski tarkibidagi texnik risklar, loyiha qatnashchilari riski, siyosiy risklar, huquqiy risklar, moliyaviy risklar, marketing risklar, ekologik risklar, xarbiy risklar, qurilish-ekspluatatsion risklar va boshqalar.
Risklarning miqdor tahlili - alohida risklar hajmini miqdor jihatdan aniqlash imkonini beradi Loyiha risklarini miqdor jihatdan tahlil qilishda quyidagi usullar qo'llaniladi:

      • sezgirlik tahlili

      • stsenariy tahlili

      • Monte-Karlo ulushida risklarni imitatsion modellashtirish.

Loyihaviy risklarning miqdoriy tahlilini o'tkazishda loyihaning hisob- kitoblariga asoslanadi.
Miqdoriy tahlilning vazifasi loyiha samaradorligi mezonlariga asosan riskli omillarning o'zgarishiga ta'sirini miqdor jihatdan o'lchash. Sezgirlik tahlili usuli loyiha risklarini baholashdagi imkon beruvchi eng oddiy usul zararsizlik nuqtasi tahlilidir. Zararsizlik tahlili deganda loyiha bo'yicha ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish hajmi, mahsulot tannarxi va foydaning bir-biriga bog'liqligini tadqiq qilish tushuniladi. Loyihaning sezgirligi tahlilini o'tkazishning yana bir
usuli matematik dasturlashdir.


2000. –169s.



Download 218,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 218,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklarni aniqlash va baholashning nazariy-uslubiy asoslari

Download 218,65 Kb.