Reja: Ma’naviy xavfsizlik




Download 1,58 Mb.
bet40/110
Sana14.01.2024
Hajmi1,58 Mb.
#137293
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110
Bog'liq
Tarbiya fanidan o\'qitish materiallari 60

Reja:



  1. Ma’naviy xavfsizlik.

  2. Ma’naviyatga mafkuraviy tahdid.

Vatanimizdagi bugungi tinch va osuda hayot, farovonlik xalqimizga mustaqillik tuhfa etgan aziz ne’matlardandir. Jamiyatimizdagi barqarorlik bois yurtimiz ravnaqi yo‘lida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, huquqiy demokratik jamiyat barpo etishdek ezgu niyatlarimizni ro‘yobga chiqarish borasida ulkan, betimsol ishlarni bajarmoqdamiz.
Xalqimiz azaldan tinchlik va osoyishtalikni Vatan, ona, ozodlik kabi muqaddas tushunchalar qatorida ulug‘lab, e’zozlab keladi. Vatan ozodligi, tinchligi va xavfsizligi himoyachilari esa mudom hurmat-e’tiborda.
Ha, dunyoda sharafli vazifalar ko‘p, ammo ular ichida eng sharaflisi kindik qoning tomgan Vataningni himoya qilishdir. Zotan, Vatan – bu insonga ato etilgan eng ulug‘ ne’mat, ajdodlarimizning muqaddas ruhi kezib yurgan mo‘tabar zamin, ularning nafasi ufurib turgan tabarruk tuproqdir.
Inson ma’naviy olamining kuchi, qudrati uning Vatan oldidagi burchi, mas’uliyatini qanday anglab tushunishida ham namoyon bo‘ladi. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ma’naviy jasorat tuyg‘usiga alohida to‘xtalib, “Urganchni bosqinchilardan himoya qilishda bayroq tutib jon bergan Najmiddin Kubroning qahramonligida, dunyoni to‘fondek bosgan Chingizxon qo‘shiniga qarshi o‘n bir yil muttasil mardona kurash olib borgan Jaloliddin Manguberdining jangovar ruhida, yurtimizni istilochilardan ozod qilib, buyuk davlat barpo etgan Amir Temur bobomizning bunyodkorlik salohiyatida ham ma’naviy jasorat tuyg‘usi buyuk va ustuvor ahamiyat kasb etgani shubhasiz”, deb ta’kidlaydi.
Darhaqiqat Vatan tarixini avvalambor shijoat, jasorat, ma’rifatu adolat, elu yurtga sadoqat bezab turadi. O‘z hayoti davomida ana shunday fazilatlarning eng yuksak namunalarini bizga ibrat sifatida qoldirgan ajdodlarimiz juda ko‘p va ularning xotirasi mangulikka daxldor.
Yangi yil bayrami shodiyonalari davom etayotgan shu kunlarda yana bir qadrli sana – 14 yanvar – Vatan himoyachilari kunini nishonlashga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Ushbu kunni umumxalq bayrami sifatida nishonlar ekanmiz, bu voqeaning tarixiy ildizlarini yana bir bor eslash o‘rinlidir.
Har qanday davlatning mustaqilligini birinchi navbatda uning o‘z armiyasi, Qurolli Kuchlari himoya qilishi kerak. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “o‘z istiqloli va ozodligining qadrini bilmaydigan, uni himoya qilolmaydigan, bunga kuch-qurbi yetmaydigan millat hech qachon erkin yashay olmaydi, kimgadir itoat etishga, bo‘yin egishga majbur bo‘ladi”. Shu bois istiqlolimizning dastlabki kunlarida – 1991 yil 6 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. 1992 yil 14 yanvar kuni esa mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim qadam qo‘yildi. Shu kuni mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalarni O‘zbekiston yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qurolli Kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib hamda 1992 yil 14 yanvarda mamlakatimiz hududidagi harbiy qism va bo‘linmalarning davlatimiz tasarrufiga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrda qabul qilingan qonuniga binoan 14 yanvar O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi.
O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda davr talabi va jahon andozalariga javob beradigan Qurolli Kuchlarni barpo etish, mamlakatimiz mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, barqaror va izchil demokratik taraqqiyotimizning ishonchli kafolati bo‘lgan milliy armiyamizni shakllantirish yo‘lida keng ko‘lamli va mohiyatan ulkan ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining huquqiy maqomi aniq belgilab qo‘yilgan, Qurolli Kuchlarimiz O‘zbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitligi, respublikamiz aholisining osuda hayoti va xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etilgani ta’kidlangan. “Mudofaa to‘g‘risida” va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlar Qurolli Kuchlarimiz tashkiliy asoslarini o‘zida mujassam etgan.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Qurolli Kuchlarimizni isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturga muvofiq amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar barcha zamonaviy talablarga javob beradigan milliy armiyamizni shakllantirish va boshqarishning sifat jihatdan mutlaqo yangi tizimiga o‘tish imkonini berdi. Qisqa vaqt ichida harbiy okruglar, chegara hududlari va maxsus operatsiyalarga ixtisoslashtirilgan qismlar tuzildi. Milliy armiyamizni bosqichma-bosqich va tizimli ravishda shakllantirishda avvalo mamlakatimizning mintaqada va dunyoda tutgan geostrategik va geosiyosiy o‘rnini, xavfsizligimizga qarshi qaratilgan jiddiy tahdid va xatarlarni, ayniqsa, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkoagressiya, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi kabi balo-qazolar hisobga olingan holda ish tutildi.
Bugungi kunda milliy armiyamiz jahon harbiy qurilishining eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ayni paytda milliy jangovar an’analarimizni yuksak sadoqat bilan davom ettirmoqda.
Oliy harbiy bilim yurtlarida kadrlar tayyorlash tizimi izchil takomillashtirilmoqda. Toshkent umumqo‘shin, Chirchiq tank va Samarqand avtomobil oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurtlari ko‘p tarmoqli ta’lim maskanlariga aylantirildi. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti tashkil etildi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida aloqachi-ofitserlar tayyorlaydigan maxsus fakultet ochildi. 1995 yilda Markaziy Osiyodagi dastlabki Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etildi. Axborot texnologiyalari va modellashtirish uslublaridan foydalangan holda o‘qitishning yangi shakllari joriy etildi. Tashkilotchilik ko‘nikmalariga ega, bilimdon, mustaqil harakat qiladigan va har qanday sharoitda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga qodir yuqori malakali ofitser-mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan serjantlar tayyorlash maktablarida sohaning barcha bo‘g‘inlari uchun yuksak ma’naviy-axloqiy va yetakchilik fazilatlariga ega, intellektual salohiyati yuqori kichik komandirlar tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida uch bosqichli tanlov o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Qurolli Kuchlarimizda eng ilg‘or qo‘shilma, serjantlar tayyorlash maktabi, oliy harbiy bilim yurtini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovlar harbiy xizmatchilarning kasb malakasi, jangovar shayligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda bir yillik muddatli harbiy xizmatga chaqiruv tanlov asosida amalga oshirilmoqda. Harbiy xizmatning yangi turi – safarbarlik chaqiruvi rezervi o‘zining samarali ekanini isbotladi. 2009 yildan bir yilda bir marta chaqiruvning joriy etilgani askarlarning xizmatni sifatli o‘tashi va harbiy mutaxassislikka o‘qitish bo‘yicha dasturlarni puxta o‘zlashtirishiga, zamonaviy axborot texnologiyalariga oid bilimini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Joylardagi mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlari zamon talablari asosida jihozlanayotgani esa chaqiriluvchilarni sifatli tibbiy ko‘rik va sinovlardan o‘tkazish uchun zarur qulaylik yaratib, Qurolli Kuchlarimiz shaxsiy tarkibini yaxshi tayyorlangan, baquvvat va mard yigitlar bilan to‘ldirish imkonini bermoqda.
Prezidentimizning harbiy xizmatni o‘tash sharoitini yaxshilash hamda Vatan himoyachilariga qo‘shimcha imtiyozlar berishga qaratilgan qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasini olgan fuqarolar mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballning 25 foizi miqdorida imtiyozli ballga ega bo‘lmoqda. Yana bir muhim jihati, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shaklida o‘qishga qabul qilingan talabalarga, ular o‘qish davrida ushbu harakat faoliyatida faol ishtirok etsa, kontrakt summasining 35 foizini moddiy yordam tariqasida to‘laydi




Download 1,58 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110




Download 1,58 Mb.