• “O‘zbek xalqining bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlarining ijtimoiy ahamiyati”
  • Reja: Millatlararo bag’rikenglik




    Download 1,58 Mb.
    bet36/110
    Sana14.01.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #137293
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
    Bog'liq
    Tarbiya fanidan o\'qitish materiallari 60

    Reja:



    1. Millatlararo bag’rikenglik.

    2. Til imkoniyatlar eshigi kalitidir.

    Bugungi kunda xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasi dunyoda eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada YUNESKO tomonidan 1995-yil Parijda “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” qabul qilingan. Birlashgan millatlar tashkiloti esa 16-noyabr “Bag‘rikenglik kuni” deb e'lon qilgan.
    Ma'lumki, bag‘rikenglik g‘oyasi - turli millat va elatlar vakillarining bir zamin, bir vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Qadim-qadimdan milliy qadriyatlarimiz ezgulik g‘oyalariga asoslanib, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanib kelgan. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka chorlagan.
    Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari farovon yashashi, osoyishta hayot kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va oqilona siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlar va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitutsiyamizda «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo‘yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
    Milliy qadriyatlar diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tolerantlik - o‘zligini anglagan millat vakillarini boshqa millat vakillarining kamsitishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan tinch-totuv hayot kechirishidir. Tolerantlik tuyg‘usi insonning xulq atvori, odob-axloqi, siyosiy-ma'naviy pokligi, o‘z xalqiga va milliy-tarixiy qadriyatlariga munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag‘rikenglik, baynalmilallik tuyg‘ularini uyg‘otadi.
    Mazkur masalalarni kengroq tushuntirish va bu borada xodimlarning bilim va madaniyatini yanada oshirish maqsadida bugun Iqtisodiyot vazirligida “O‘zbek xalqining bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlarining ijtimoiy ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan ma'naviyat-ma'rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning markaziy apparati hamda tasarrufidagi tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi.
    Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarining birinchi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur, Rus pravoslav cherkovining O‘rta Osiyo okrugi Toshkent va O‘zbekiston Yeparxiyasining vakili Protoiyerey Sergiy Alaxtayev, O‘zbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi raisi Nasriddin Muhammadiyev, Rus madaniyat markazining raisi Aleksandr Aristov hamda Qozoq madaniyat markazining raisi Serikbay Usenovlar O‘zbekistonda bag‘rikenglikka doir ma'ruzalari bilan qatnashdilar.
    Tadbirni vazir o‘rinbosari Sh.Fayzullayev ochib berib, birinchi so‘zni Protoiyerey Sergiy Alaxtayevga berdi. S.Alaxtayev o‘z ma'ruzasida bag‘rikenglik tushunchasini Xristian dini nuqtai nazaridan izohlab berib, u, birinchi navbatda, ota-bobolardan qolgan urf-odatlarga tayanishini, agar insoniyat ham madaniy, ham diniy urf-odatlarini saqlab qololmasa, natijada o‘zligini butkul yo‘qotishini aytib o‘tdi.

    Navbatdagi so‘z O‘zbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi raisi Nasriddin Muhammadiyevga berildi. Nasriddin Misriddinovich Respublika baynalmilal madaniyat markazi haqida gapirib, bu tashkilot mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning uzoqni ko‘ra bilish siyosati asosida vujudga kelgan tashabbusi bilan 1992-yil 3-yanvarda ta'sis etilganligini, hamda 2017-yilda tashkilotning 25 yilligi nishonlanishini aytib o‘tdi. Shuningdek, “baynalmilal” atamasiga izoh beraturib, bu - “internatsional” so‘zining arab tilidagi tarjimasidan olinganligini va “millatlararo” ma'nosiga egaligini tinglovchilarga tushuntirdi. Notiqning ta'kidlashicha, ushbu markazning vazifasi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar ishini muvofiqlashtirish va ularga amaliy-metodik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Bugungi kunda Respublika baynalmilal madaniyat markazi 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar ishini muvofiqlashtirmoqda. N.Muhammadiyev, shuningdek o‘z nutqida respublikada faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar bilan birgalikda yil davomida turli tadbirlar o‘tkazilishini, jumladan, bu yil “O‘zbekiston umumiy uyimiz” deb nomlangan do‘stlik va madaniyat festivali oltinchi marotaba tashkil etilayotganligi haqida so‘zlab berdi. 


    Shayx Abdulaziz Mansur Islom dini bag‘rikenglik dini ekanligi, uning negizida o‘zga din vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish g‘oyasi yotganligini aytib o‘tdi. Qaysi bir din bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi insonlarni ezgulikka chaqirishini, ammo shunga qaramay turli tajovuzkor kuchlarning qo‘poruvchilik ishlari natijasida bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm tushunchalari vujudga kelganligini, Alqoida, Xizb ut-Tahrir va ISHID kabi terrorchilik tashkilotlarining tahdidlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Til bilgan kishi dunyoni kezadi, dostlar orttiradi, hamkorlar topadi. Dunyo xalqlarining madaniyatidan, tarixidan xabardor boladi. Bugun shuni faxr bilan aytishimiz kerakki, yoshlarimizda xorijiy tillarni organishga qiziqish nihoyatda katta. Prezidentimizning Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish togrisidagi qarori keng qamrovli talim islohotlarining uzviy davomi boldi.

    Ushbu qarorda chet tili oqitishning barcha jihatlari qamrab olingan bolib, unga kora chet tilini orgatish 1-sinfdan oyin va ogzaki nutq mashgulotlari shaklida, 2-sinfdan esa alifbo, oqish va sodda grammatik qoidalarni organish bilan boshlanishi belgilangan.

    Malumki, oquvchilar boshlangich sinflarda chet tilini ogzaki nutq orqali organib borsa, keyinchalik grammatikani ham yaxshi ozlashtiradi. Yuqorida nomi keltirilgan qaror biz, chet tili fani oqituvchilari zimmasiga ham katta masuliyat yuklaydi.

    Endi biz malakamizni oshirishimiz, oquvchilarning chet tiliga bolgan qiziqishlarini yanada orttirish, darslarni puxta ozlashtirishi uchun yangi pedtexnologiyalardan, oquv qollanmalardan foydalanishimiz kerak. Oquvchilarning chet tilini organishga bolgan qiziqishlari va bilimlarini yanada oshirish boyicha doimiy otkaziladigan seminar-treninglarda qatnashayotganimiz bizga qol kelayapti. Chunki oquvchilarni darsga qiziqtirish, butun etiborini jalb etish oson emas.

    Tajribamdan kelib chiqib, erkin mavzu tanlab, har bir oquvchining ozlashtirishiga qarab mashgulotlar olib boryapman. Bunday mashgulotlar oquvchilarni fikrlash, soz tuzish qobiliyatini oshiradi. Shuningdek, dars vaqtida oquvchilarimdan ingliz tilida gaplashishlarini talab qilaman. Chunki tilni organishda koproq sozlashuvga etibor berish kerak. Sozlashuv orqali oquvchi ham sozlarni, ham grammatikani, asosiysi, togri va ravon gapirishni organadi.

    Chet tilini organishda zamonaviy axborot texnologiyalarning orni beqiyos. Dars vaqtida multimedia vositasi orqali mavzuga oid video va audio lavhalar namoyish etilib, jonli muloqot otkazilsa, sozlar tola talaffuz qilinsa, yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, oquvchilarning sozlashuv tilini yanada rivojlantirish uchun imkon qadar poytaxtimizga tashrif buyurgan sayyohlar bilan jonli muloqot otkazishga alohida etibor beryapmiz. Bu oquvchilarning chet tilini yanada yaxshiroq, mukammalroq organishida muhim ahamiyatga ega. Zero, chet tilini organish davr talabi.

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




    Download 1,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Millatlararo bag’rikenglik

    Download 1,58 Mb.