1.1. Jihoz ishonchliligi va chidamliligi
Ishonchlilik (надёжность) - bu mashinaning ish qobiliyatini ma`lum muddat ichida yoki ma`lum bajargan ish hajmida saqlab turish xususiyati.
Ishonchlilik nazariy va amaliyga bo`linadi. Nazariy ishonchlilik jihozni konstruktsiyalash (loyihalash) jarayonida ta`minlanadi. Amaliy ishonchlilik jihozni yasashda ta`minlanadi va uni to`g`ri transportlash, saqlash va ishlatishda muayyan darajada saqlab turiladi. Ishonchlilikning miqdoriy ko`rsatgichlarini aniqlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonunlariga asoslangan ishonchlilik nazariyasi qo`llaniladi. Bu nazariyaning asosiy vazifasi mashinaning buzilish va nosozliklarini oldindan ro`y berish ehtimolini aniqlash va ular ro`y berishining oldini olishdir. Mashinaning ishonchliligini oshirishning asosiy yo`li - bu uning konstruktsiyasini soddalashtirishdir, ya`ni mashinaning tashkil qilgan ishchi organlar (detallar) konstruktsiyasi qancha sodda bo`lsa, ularning ishdan chiqish ehtimoli shuncha kichik bo`ladi va aksincha.
Ishonchlilik miqdor jihatdan buzilish orasidagi ish hajmi va buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan belgilanadi.
|