Fotometrik kattaliklar va ularni o‘lchash




Download 308,39 Kb.
bet8/24
Sana06.12.2023
Hajmi308,39 Kb.
#112601
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi. S
Xaliljonova Xilola, Элекродвигатели переменного тока, O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi f-fayllar.org, Ortofosfat kislota asosida ammoniy polifosfatlar olish texnologiyasining 2, Mavzu. Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari-fayllar.org, Транспортирование растворов, Mustaqil ishi reaktiv harakat, O’zligini faollashtirish, O’zini o’zi boshqarish va personallik-fayllar.org, Kasb psixologiyasining predmeti, vazifalari va amaliy sohalari. , Tajriba maqsadlari-fayllar.org, Технологии получения карбида и других сплавов вольфрама и молибдена, Kirxgof tenglamalari usuli, quymalarni bosim ostida olish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish usullari

Fotometrik kattaliklar va ularni o‘lchash.

Asosiy tushunchalar

Yorug‘likning ko‘zga yoki qabul qiluvchi boshqa bir qurilmaga ko‘rsatadigan ta’siri, dastavval, yorug‘lik to‘lqini eltadigan energiyaning bu qurilmaga berilishidan iborat. Shuning uchun biz optik hodisalar qonunlarini qarab chiqishdan avval yorug‘likni o‘lchash - fotometriya to‘g‘risida tasavvur hosil qilishimiz kerak. Fotometriya yorug‘lik to‘lqini keltirayotgan energiyani o‘lchashdan yoki shu energetik xarakteristika bilan biror tarzda bog‘langan kattaliklarni o‘lchashdan iborat.

Yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalar. Bunday qurilmalarning xossalari u yoki bu spektral oblastdagi nurlanishni sezish xarakteristikasi bilan xarakterlanadi. 3.1- rasmda germaniy ( ) va kremniy ( ) asosida tayyorlangan fotodiodlarning spektral xarakteristikalari keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, fototokning qiymati to‘lqin uzunligiga kuchli bog‘liq. Boshqa tipdagi yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalarning masalan balometrni spektral xarakteristikalari qariyb to‘lqin uzunligiga bog‘liq emas. Shuning uchun ham birinchi tipdagi qabul qiluvchi qurilmalar selektiv, ikkinchi tipdagi qurilmalar esa noselektiv qurilmalar deb yuritiladi. Inson ko‘zi selektiv yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalar tipiga kiradi. Uning ko‘rish funksiyasi kunduz kuni va oqshom uchun quyidagi rasmda keltirilgan



Ko‘rish funksiyasi: 1-kunduz ko‘rish, 2-oqshom ko‘rish.



Har qanday yorug‘likni qabul qiluvchi optik qurilmalarning muhim harakteristikasi kuchsiz yorug‘lik oqimini sezish qobiliyatidir. Inson ko‘zi xuddi shunday kuchsiz yorug‘lik oqimini sezishdek g‘aroyib xususiyatga egadir.

Ko‘z sezgirligi turli kishilarda turlicha bo‘ladi, shuning uchun o‘rtacha sezgirlikni tekshirishga to‘g‘ri keladi. «O‘rtacha» sezgirlik ko‘zida nuqsoni bo‘lmagan ko‘p kishilarni tekshirish natijasida topiladi. Turli uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqinlariga nisbatan o‘rtacha sezgirlikni xarakterlovchi bunday kattalik ko‘rish funksiyasi deb ataladi. Ko‘rish funksiyasini grafik ravishda tasvirlash qiyin, chunki subektiv nuqtai nazardan turli tusdagi nurlarning, masalan, qizil va yashil tusdagi nurlarning xuddi bir xil ravshanligini (yorqinligini) aniqlash mushkul.


Download 308,39 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Download 308,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fotometrik kattaliklar va ularni o‘lchash

Download 308,39 Kb.