|
Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi. Solenoid va toroidning magnit maydoni. Vakuumdagi elektrostatik maydon uchun ostrogradiskiy gauss teoremasi
|
bet | 9/24 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 308,39 Kb. | | #112601 |
Bog'liq Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi. S Agar 1 va 2 uzunlikdagi ikkala to‘lqin oqimlariga nisbatan ko‘z sezgirligi bir xil bo‘lsa edi, bo‘lganda, ya’ni quvvatlar teng bo‘lganlarida har ikki maydoncha yorqinligi bir xil bo‘lib ko‘rinar edi. Haqiqatda esa subektiv yorqinlikning teng bo‘lishi uchun ikkala oqimning va quvvatlarini turlicha qilib olishga to‘g‘ri keladi: ko‘z qaysi uzunlikdagi to‘lqinni kuchliroq sezadigan bo‘lsa, o‘sha to‘lqin oqimini kamroq quvvatli qilib olish kifoya.
Yorug‘lik interferensiyasini kuzatish usullari. Interferometrlar. Interferensiya - yorug‘likni to‘lqin tabiatini namoyon bo‘lishining bir isbotidir. Interferensiya so‘zi lotin tilida interfere – “xalaqit bermoq” degan ma’noni anglatadi. Bu juda qiziq va chiroyli manzara ma’lum shartlar bajarilganda, ikkita yoki bir nechta to‘lqinlarning qo‘shilishi natijasida kuzatiladi. Ikki yorug‘lik to‘lqini qo‘shilib, bir-birini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Natijada ekranda markazi bir nuqtada yotuvchi yorug‘ va qorong‘i halqalar navbat bilan joylashadi. Bular interferension maksimum va minimum deb yuritiladi. Interferensiya hodisasini biz kundalik hayotimizda juda ko‘p kuzatganmiz. Masalan, suv betiga to‘kilgan neft maxsulotlarining har xil rangda tovlanishi, kapalaklar qanotining Tovlanishi, «Havoga uchirilgan sovun pufagi atrofdagi narsalarga xos bo‘lgan barcha ranglar bilan tovlanadi. Sovun pufagini tabiatning eng ajoyib, eng nozik mo‘jizasi desa bo‘ladi» deb ta’riflagan edi Mark Tven. Sovun pufagining kishiga shunchalik zavq baxsh etishiga xuddi ana shu yorug‘lik interferensiyasi sababdir. Ingliz olimi Tomas Yung yupqa pardalarning har xil rangda tovlanish sababini biri pardaning tashqi yuzasidan, ikkinchisi esa ichki yuzasidan qaytuvchi 1 va 2 to‘lqinlarning (6.1- rasm) qo‘shilishidan deb tushuntirish mumkin, degan genial fikrni maydonga tashladi. rasm
Bunda yorug‘lik to‘lqinlarining interferensiyasi sodir bo‘ladi - ikki to‘lqin qo‘shiladi, buning oqibatida natijaviy (yig‘indi) yorug‘lik tebranishlari fazoning turli nuqtalarida kuchayadigan yoki zaiflashadigan vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan manzara ko‘zatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi. Solenoid va toroidning magnit maydoni. Vakuumdagi elektrostatik maydon uchun ostrogradiskiy gauss teoremasi
|