• Текстовый
  • Переносить по словам
  • Alt + Pastga tugmasi
  • Valijon Maxmudov




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/26
    Sana30.01.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #148351
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Excel dasturidagi 201 mohirlik (@ExcelDarsBot)
    Tabiiy resurslar va ularning tasnifi, Ahmad Yassaviy, osnovy psihologicheskogo konsultirovaniya metod.posobie KFU (1), 14-MAXSUS MAKTABI INTERNATI YIGMA JILD
     
     


     
     
    Kompyuter Akademiyasi 
    @ExcelDarsBot 
    Kitobning o‘zbekcha versiyasi 
    bepul 
    tarqatilgan! 
    Tarjimon: Valijon Maxmudov 
    MA’LUMOTLARNI KIRITISH 
    1. Excelda nolga asoslangan qiymatlarni (masalan, 00067) kiritish uchun qiymatni 
    kiritishdan oldin katak formatini “Текстовый” ga o‘zgartirish kerak. 
    2. Yuqoridagi holatda formatni “текстовый” ga o‘zgartirishni oson yo‘li mavjud: 
    sonlarni kiritishdan oldin apostrof belgisini kiritish -> `00067. 
    3. Bir katakdagi ma’lumotlar ikki qatorda joylashishi uchun Alt + Enter tugmalar 
    birikmasini bosish kerak. 
    4. Qatorlarni pastga ko‘chirishni yana bir usuli mavjud, bunda katak o‘lchamidan kelib 
    chiqib matn keraklicha qatorlarga ko‘chiriladi: buning uchun katak formatida 
    Переносить по словам” katagiga belgi qo‘yish kerak.
    5. Qiymatni kasr sifatida kiritish uchun katak formatini "дробный" ga o‘zgartirish kerak. 
    Lekin buni osonroq qilish ham mumkin: kasrni kiritishdan oldin 0 (nol) kiriting va 
    bo‘sh joy belgisi (probel) ni qo‘yish. 
    6. Agar siz yuqorida allaqachon ro‘yxatga kiritilgan ma’lumotlarni kiritmoqchi 
    bo‘lsangiz Alt + Pastga tugmasini bosing va ro‘yxatdan tanlang. 
    7. Butun diapazonni bir xil ma’lumotlar bilan to‘ldirish uchun uni tanlab, istalgan 
    katakchaga ma’lumot kiriting va Ctrl + Enter tugmalarini bosing. 
    8. Enter tugmasini bosilsa jadval kursori pastdagi katakchaga o‘tadi. Ammo bu juda 
    qulay emas, agar siz birinchi qatorda ma’lumotlarni birinchi qatorga kiritsangiz, keyin 
    ikkinchi va hokazo. Bunday holda, Enter o‘rniga Tab tugmasidan foydalaning va siz 
    o‘ngdagi katakchaga o‘tasiz. Lekin eng qizig‘i shundaki, birinchi qatordagi 
    ma’lumotlar kiritilganda Enter tugmasini bosing va “sehrli tayoqcha” ning buyrug‘i 
    bilan jadval kursori ikkinchi qatorning birinchi katagida bo‘ladi. 
    9. Funksiya yordamida kunlik yangilanadigan sanani kiritish mumkin: =Сегодня() 



    Download 2,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish