Variant 1 Akslanish nazariyasi




Download 1,27 Mb.
bet14/59
Sana22.05.2024
Hajmi1,27 Mb.
#250025
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bog'liq
Variant 1 Akslanish nazariyasi

2 makroolam konstantalari
Makroolamning tuzilishini o‘rganishda fizik olimlarning tutgan o‘rni. Tabiatning, biz yashab turgan olamning tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lish, uning qanday tuzilganligini anglab yetish uchun insoniyat asrlar osha intilib kelmoqda. Qadim zamonlardan beri insoniyatga issiqlik, yorug‘lik, tovush hodisalari, harakat va gravitatsiya kabi ko‘pgina fizik hodisalar u yoki bu ko‘rinishda ma’lum bo‘lgan. Isaak Nyuton harakat qonunlarini tushuntirib bergach, ushbu turlicha deb tushunilib kelinayotgan hodisalarning bir nechtasi bir hodisaning turli tomondan ko‘rinishi ekani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng fizikaning bir nechta ulkan bo‘limlarini jamlab, bir butun sodda nazariya ko‘rinishi berildi. Ushbu nazariyaga faqat gravitatsiyagina bo‘yinsunmay qoldi! Fizika fanining taraqqiyoti jarayonida Jeyms Klark Maksvell 1873 Yili elektr va magnetizm hodisalari hamda yorug‘lik va optik hodisalarni birlashtirib, ushbu hodisalar uchun umumiy bo‘lgan nazariyani yaratdi va ushbu nazariyaga binoan, Yorug‘likni ham elektromagnit to‘lqini deb qaradi. Shunday qilib, taraqqiyotning ushbu bosqichida harakat qonunlari, elektromagnetizm qonunlari va gravitatsiya qonunlari mavjudligi insoniyatga ma’lum edi. 45 Taxminan 1900 yillari modda nima ekanini tushuntirib bera oladigan nazariya yaratildi. Bu moddaning elektron nazariyasi edi. Ushbu nazariyaga binoan, atomlar ichida mayda zaryadlangan zarrachalar mavjud deb faraz qilindi. Ushbu nazariyaning taraqqiyoti elektronlar yadrolar atrofida harakatlanadi, degan tushunchaga olib keldi. Natijada 1926 yili elektronning modda ichidagi harakatini tushuntirib bera oladigan nazariya ishlab chiqildi. Bu nazariya “Kvant mexanikasi” deb nomlandi. "Kvant" so‘zi tabiatning sog‘lom fikrlash mumkin bo‘lmagan xususiyatiga taalluqli edi. Kvant mexanikasining yaratilishida va rivojlanishida M.Plank, L. De Broyl, E.Shryodinger, V.Geyzenberg, P.Dirak, N.Bor, V.Fok, M.Born, P.Erenfest kabi olimlarning ishlari muhim o‘rin tutadi. Bu olimlarning P.Erenfestdan bo‘lak barchasi insoniyat oldidagi buYuk xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Kvant mexanikasi nazariy kimyoning asosini tashkil qildi. Nobel mukofoti sovrindori Richard Fillips Feynman “Fundamental nazariy kimyo” aslini olganda, fizikadir", degan edi. Kimyo haqida shu fikrni o‘z davrida yana bir Nobel mukofoti sohibi L. D. Landau ham aytgan bo‘lib, u yana "Hozirgi zamon matematikasi bu aslini olganda nazariy fizikadir", degan xulosani ham berib o‘tgan. Kvant mexanikasi insoniyatning ulkan yutug‘i bo‘lib, u kimyoni butkul va moddaning turli-tuman xususiyatlarini tushuntirib bera oldi. Lekin yorug‘lik hamda moddaning o‘zaro ta’siri masalasi hal bo‘lmay qolaverdi. Ya`ni, Maksvellning elektr va magnetizm nazariyasini kvant mexanikasi printsiplariga muvofiq qaytadan ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. Nihoyat, 1929 yili qator buyuk fiziklar yorug‘lik va moddaning o‘zaro ta’siri nazariyasini yaratishdi hamda unga "kvant elektrodinamikasi" deb nom berishdi. Kvant elektrodinamikasining yaratilishida olimlardan M.Plank, A.Eynshteyn, P.Dirak, V.Pauli, V.Geyzenberg, E.Fermining xizmatlari katta bo‘ldi. Kvant mexanikasi taraqqiyotiga ko‘p hissa qo‘shgan Eynshteyn haYotining oxirigacha ham ushbu nazariyaning ko‘p o‘rinlarini tan olmadi. Elektronlar yadro atrofida aylanib unga tushib ketmasligi haqidagi Bor nazariyasi yoritilgan maqolani o‘qiganida, u: "Agar buning barisi haqiqat bo‘lsa, fizika fan sifatida tugabdi", degan xulosasini 46 aytgan paytlar ham bo‘lgan. Kvant elektrodinamikasida hisoblash muammosini 1948 yil I.J.Shvinger, S.Tomanago, R.Feynman hal qilib berishdi. Ba’zi makroolam o‘zgarmas kattaliklari haqidagi ma’lumotlar 2.4- jadvalda keltirilgan. 2.4-jadval Makroolam fundamental o‘zgarmas kattaliklari O‘zgarmas kattalik Belgilanishsi Qiymati Standart nisbiy og‘ishi x10-6 Eslatma Dengiz sathi bo`yicha Yer meridian uzunligi L 40007817,6 m O‘lchash natijalari bo`yicha (1964...1967 YY.) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri Tsut. 86400 s 0,1 Sutkaning o‘rtacha qiymati Yerning Quyosh atrofida aylanish davri TYil 31556925,9747 s 0,0001 1900 Yilda Erkin tushish tezlanishi g 9,8 m/s 2 - Yorug‘lik nurining vakuumda tarqalish tezligi c 299792458 m/s Qayd etilgan qiymati Makroolam o‘zgarmas kattaliklari metrologiyada qo‘llaniladi. Jumladan, dengiz sathi bo`yicha Yer meridianining qirq milliondan bir ulushi uzunlik birligi (metr) sifatida qabul qilingan. Yerning o‘z o‘qi atrofida bir marta to‘liq aylanish davri vaqt birligi - sutka , Yerning Quyosh atrofida bir marta to‘liq aylanish davri esa yana bir vaqt o‘lchovi birligi - Yil sifatida qabul qilingan. Yorug‘lik nurining vakuumda tarqalish tezligi esa olamda eng katta tezlik deb qabul qilingan. 47 Galaktikada masofalar. Galaktika (Yun. Galaktikos – sutli, sutsimon) – umumiy o‘zaro tortishish kuchi bilan bog‘langan hamda Quyoshni ham o‘z ichiga olgan 200 mlrd. dan ortiq Yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. Galaktika o‘lchamlarini ifodalashda bir qancha o‘lchov birliklari hosil qilingan va ulardan foydalanilib kelinadi. Jumladan, 1 astronomik birlik (1 a.b.) – Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofa bo‘lib, deyarli barcha astronomic o‘lchashlarda 1 a.b. = 149,6 mln. Km deb olinadi. Aniq qiymati quyidagiga teng: 1 a.b. = 149 597 870 691  30 m; Yorug‘lik yili – yorug‘lik nurining bir yilda bosib o‘tadigan masofasi bo‘lib, uning qiymati quyidagiga teng: 1 yo.y. = 9760800 000 000 km =9,7608∙1012 km. Bizning Galaktikamiz va doshqa galaktikalardagi, shuningdek galaktikalararo masofalar odatda parseklar bilan o‘lchanadi: 1 parsek (1ps) = 3,2 yorug‘lik yiliga teng. Galaktikaning Quyosh yaqinidagi qalinigi taqriban 2000 parsek, uning disk diametri 30000 parsek ga teng. Quyosh o‘zining sayyoralar sistemasi bilan Galaktika chetiga yaqin, ya`ni uning markazidan 1000 parsek masofa uzoqlikda joylashgan

Download 1,27 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Download 1,27 Mb.