• 2. Viruslarning tuzilishi va rivojlanishi
  • Oddiy vironlar
  • Mavzu: Hayotning hujayrasiz shakllari. Viruslar




    Download 0,76 Mb.
    Sana31.01.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #149137
    Bog'liq
    bialogiya


    17.09.2021
    Mavzu: Hayotning hujayrasiz shakllari. Viruslar
    1. Viruslarning ochilish tarixi
    Viruslar alohida bir guruh mikroorganizmlar bo‘lib, boshqa mikroorganzmlardan o‘zining fiziologik va morfologik tuzilishi bilan farq qiladi. Odam, hayvon va o‘simliklarda ma’lum bo‘lgan ko‘pchilik kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari oddiy mikroskopda ko‘rinmaydi. Shuning uchun L.Paster bunday kasalliklarga bakteriyalardan bir necha yuz marta kichik bo‘lgan ma’lum mikroorganizmlar sababchi bo‘ladi, deb taxmin qilgan edi. Viruslarni birinchi marta 1892-yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tamaki o‘simligida uchraydigan kasallikni tekshirib, unga tamaki mozaykasi deb nom beradi. Ivanovskiy o‘z tajribasida Mozayka kasalligi bilan kasallangan tamaki bargidan shirani ajratib olib, uni juda ham mayda bakteriyalar ham o‘ta olmaydigan Shamberlen filtridan o‘tkazadi. Ana shu filtratdan olib sog‘ tamaki o‘simligiga tekkizganda o‘simlikning kasal bo‘lganligi aniqlandi. Buni suyuq yoki filtrlanuvchi virus deb ataydi. Ivanovskiyning yuqoridagi kashfiyoti biologiyada hozirgi virusologiya fanining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 1898-yilda Gollandiya olimi Beyyerink ham viruslar to‘g‘risida ish olib borib, hayvonlarda yashur kasalligini filtrdan o‘tuvchi viruslar tarqatishini aniqlaydi. Shunday qilib, D.I.Ivanovskiy va Beyyerinklarning ilmiy ishlari o‘simlik va hayvonlardagi viruslarni o‘rganishga asos solgan bo‘lsa, E..Djenner, F.Leffler va P.Frosh va doshqa olimlar virusli kasalliklarni o‘rganish sohasida katta va samarali ish qildilar. Hozirgi paytda viruslarning odam va hayvonlarda turli kasalliklar qo‘zg‘atuvchi 1000 dan, o‘simliklarda 800 dan ortiq turi ma’lum.
    2. Viruslarning tuzilishi va rivojlanishi
    Viruslar juda ham mayda bo‘lib, oddiy mikroskopda ko‘rinmaydi, ularni faqat 1000 va 10000 marta katta qilib ko‘rsatadigan elektron mikroskopda ko‘rish mumkin. Shuning uchun ularning kattaligi millimikron yoki nanomikron bilan o‘lchanadi. Virus – lotincha “zahar” degan ma’noni bildiradi. Chunki viruslar o‘zidan zahar chiqarib ko‘pgina o‘simliklar, hayvonlarda va odamlarda turli: ya’ni o’simliklarda qand lavlagining sariq virusi, kartoshka bargining buralishi virusi, bеda jaroxati shishi, bеda mozaikasi virusi, hayvonlarda va odamda esa gripp, qizamiq, chechak, suvchechak, quturish kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Viruslar quyidagi shakllarda bo‘lishi aniqlangan. Masalan, tayoqchasimon, sharsimon, kubsimon, ipsimon shakllarda bo‘ladi.
    U muman viruslarga xos xususiyatlar quyidagilar:

    • 1) viruslarning kattaligi 7-20 nm dan 250-360 nm gacha;

    • 2) filtrlardan, ya’ni bakteriyalarni tutib qoladigan filtrlardan bemalol o‘tib ketadi;

    • 3) hujayraviy tuzilishga ega emas;

    • 4) sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi;

    • 5) faqat tirik hujayralarda parazit holda rivojlanadi va shu hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonini o‘z foydasiga o‘zlashrtiradi.

    • 6) tovuq embrionida va boshqa rivojlanuvchi organizmlarda o‘sa oladi.

    Viruslarning hujayradan tashqarisidagi formasini virion deb, hujayra ichidagi formasini esa virus deb yuritiladi. Turli viruslar juda ko‘p tekshirilishi natijasida ularning murakkab tuzilganligi aniqlanadi, masalan, viruslar juda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan har qaysi virus tashqi tomondan ichki moddalarini saqlab turadigan parda bilan o‘ralgandir. Eng oddiy viruslar yoki o‘simlik viruslari faqat nuleoproteidlardan iborat bo‘lib, ularning tarkibi RNK va oqsildan iboratdir.
    Odam va hayvon viruslari, ya’ni yirik viruslar ancha murakkabroq tuzilgan bo‘lib, tarkibida nuklein kislotalar DNK va RNK, oqsil, lipidlar, mis, biotin va polisaxaridlar ham uchraydi. Hozirgi aniqlangan viruslardan faqat gripp kasalini tarqatuvchi virusda RNK bor, boshqa hamma hayvon va odamlarda kasallik qo‘zg‘aydigan viruslarda DNK borligi aniqlangan. Keyingi tekshirishlarda ayrim viruslarda fermet borligi ham aniqlangan. Masalan, gripp viruslarida neyraminidaza fermenti borligi aniqlangan.
    Oddiy vironlar -nuklein kislota va uni zich o‘rab turgan oqsil qobig‘i –kapsiddan iborat. Vironlarning kapsidlari o‘z navbatida ketma –ket keluvchi subbirliklardan iborat bo‘lib, ularni kapsomerlar deb ataladi. Kapsomerlarni elektron mikroskopda ko‘rish mumkin, har bir vironlar uchun kapsomerlarni soni ularga xos hisoblanadi. Masalan, adenoviruslar 252 ta, pikornoviruslarda 60 ta, kapsomerlar tutadi. Nuklein kislota va kapsomer o‘zaro birikib virusni nukleokapsidni hosil qiladi. Kapsida ichida joylashgan nuklein kislota - nuklsokapsid ba’zi vakillarda (tamaki mozaikasi virusida, adenoviruslarda) oqsil qobiqqa tegib tursa, boshqalarida (gripp, gepes viruslarida) qobiqdan alohida membrana bilan ajralgan bo‘ladi. Murakkab viruslarni nukleokapsidi tashqi tomondan lipoprotenli qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, superkapsid yoki peplos deb nomlanadi.


    Tekshirdi: ____________________
    Download 0,76 Mb.




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Hayotning hujayrasiz shakllari. Viruslar

    Download 0,76 Mb.