Iqtisodiy tahlilni boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi




Download 28,78 Kb.
bet2/3
Sana08.12.2023
Hajmi28,78 Kb.
#113944
1   2   3
Bog'liq
Variant-11 Iqtisodiy tahlilning axborot manbalari tizimi, ularni

2. Iqtisodiy tahlilni boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil fanining boshqaruvdagi o‘mi ortib bormoqda. Iqtisodiy tahlil fani boshqa fanlar zamirida vujudga keldi va ko‘pgina fanlarga nisbatan yangidir. Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllandi va rivojlanmoqda. Shunga qaramay, respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy tahlil fani mazmuni va tarkibi jihatidan tubdan o‘zgardi. Rejali iqtisodiyot sharoitida barcha fanlar singari iqtisodiy tahlil fani ham rejaning bajarilishini nazorat qilish, unga ta’sir etuvchi omillami aniqlash, yuqoridan ko‘r-ko‘rona tushirilgan rejani asoslashga qaratilgan edi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlil haqiqatdan ham amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mulk va ish egalariga xizmat qiladigan bo‘ldi. Oldinlari korxonalaming xo‘jalik faoliyati yuqori tashkilot va davlat nuqtai-nazaridan tahlil qilingan bo‘lsa, endilikda bevosita shu korxona, uning mehnat jamoasi va mulk egasi nuqtai-nazaridan tahlil qilinadigan bo‘ldi. Biroq, barcha holda ham davlatning manfaati hisobga olinadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham korxona bilan davlat o‘rtasidagi aloqalar erkin ravishda o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarga asoslanadi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar va munosabatlardagi bunday o‘zgarishlar har bir fan va iqtisodiy mexanizmlar mazmunini sifat jihatidan yangilashni, tubdan qayta ко‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlardagi obyektiv zarurat talabidan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, tamoyillar kabilarga rioya qiladi. Ya’ni, ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, iqtisodiy tahlil umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqadordir. Chunki, obyektlami iqtisodiy tahlil qilish umum iqtisodiy qonunlarga asoslanadi va umum qabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umum iqtisodiy nazariya fanida kategoriyalar va atamalaming mohiyati hamda mazmunini ochib beriladigan bo‘Isa, iqtisodiy tahlilda esa ushbu kategoriyalar va atamalar farming usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomondan o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasini oladigan bo‘lsak, umum iqtisodiy nazariya fanida ushbu kategoriyani mohiyati va mazmunni nimadan iborat ekanligi, qanday aniqlanishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. Iqtisodiy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichini davrlar, ularning tarkibidagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga ta’sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilishimiz mumkin.
Tabiat, jamiyat va tafakkumi rivojlanishi haqidagi falsafiy ta’limotlar ham tahlilda foydalaniladi, ya’ni umumiy rivojlanish, o‘rganilayotgan jarayonga dialektik qarash va hokazolar.
Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o ‘zaro aloqadordir:
• Buxgalteriya hisobi va audit;
• Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;
Mikro va makroiqtisod;
• Rejalashtirish (biznes reja tuzish);
• Statistika va informatika;
• Moliya, bank, soliq masalalariga taaluqli fanlar bilan;
• Iqtisodiy matematika va kompyuter asoslari fani bilan;
Huquqiy fanlar bilan;
• Tabiiy fanlar bilan va hokazolar.
Buxgalteriya hisobi mulkchilikning va xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalar faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asoslangan holda aks ettirish tizimidir. Tahlilda ushbu tizimda shakllantirilgan ma’lumotlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Demak, mazkur fan iqtisodiy tahlilni eng asosiy axborot bazasi bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilning "Buxgalteriya hisobi" fani bilan ikki tomonlama aloqasi borligi hammaga maTum. Bir tomondan, xo‘jaliklar faoliyatini iqtisodiy tahlili ana shu fanni rivojlanishi natijasida ajralib chiqqanligi va eng muhimi buxgalterlar birinchi bo‘lib iqtisodiy tahlilni qo‘llagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iqtisodiy tahlil jarayonida qo‘llanadigan axborotlaming ko‘pchiligi asosoan buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridir. Buxgalteriya hisobini rivojlantirishda o‘z navbatida iqtisodiy tahlil ham katta yordam ko‘rsatmoqda: buxgalteriya ucheti tizimi, registrlaming shakli va mazmuni, hujjat aylanish tartibi va boshqa shunga o‘xshash masalalar tobora takomillashib bormoqda.
Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, biija ishi sohasidagi fanlar bilan iqtisodiy tahlil bevosita bog‘liq. Chunki, korxonalar faoliyati davlat byudjeti bilan majburiy hisob-kitoblar, kredit olish va ulami to‘lash, investitsiyalarni jalb qilish yoki ulami sotish, qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirok etish, biija va bozordagi holatni uzluksiz o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu faoliyatlami iqtisodiy tahlil qilish ulaming o‘ziga xos jihatlarini bilishni talab qiladi. Bu esa, iqtisodiy tahlilning samarali bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
Axborot texnologiyalari va informatika fanlari asosida iqtisodiy tahlil ishlari dasturlanib, kompyuter vositalarida ular amalga oshiriladi. Bunda iqtisodiy tahlil fanining usul va uslublari, belgilangan maqsad va vazifalar axborot texnologiyalari va informatika fanlari talablari asosida dasturlanadi. Kompyuterlar yordamida amalga oshirilgan tahlil ishlari o‘ta tez va aniq bajariladi hamda mutaxassislar mehnatini yengillashtirib beradi. Yuqorida qayd etilgan boshqa fanlar ham iqtisodiy tahlil fani bilan bevosita bog‘langan.
Korxonalarning faoliyatini tahlil qilish bevosita yuqori tashkilotlaming vazifasi ham bo‘lib, ular korxonalarning hisobotini tasdiqlaydilar hamda ulaming ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini baholab, tegishli qarorlar qabul qiladilar.



Download 28,78 Kb.
1   2   3




Download 28,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy tahlilni boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi

Download 28,78 Kb.