Tajribani bajarish: Karbon kislotalarning kaliyli yoki natriyli tuzlarini ishqor qo`shib qizdirish orqali parchalash uglevodorodlar olishning umumiy usullaridan biri hisoblanadi.
Shu usuldan foydalanib, natriy benzoatdan benzol olish mumkin.Quruq pobirkaga bir massa qism natriy benzoat va 2 massa qism natron ohakdan iborat aralshma soling. Probirkani shtativ halqasiga gorizantal holatda o`rnating va uning og`zini gaz o`tkazish nayi o`rnatilgan probirka bilan berkiting.Gaz o`tkazish nayining pastki uchini muz bilan sovutiladigan suvli probirkaga tushiring. Aralashma solingan probirkani gaz gorelkasi alangasida qizdiring. Benzolni yig`gichga
haydalishi uchun, avval
probirkaning yuqori uchini, so`ngra aralashmani qizdiring. Reaksiya natijasida hosil bo`lgan benzol yig`gichdagi suv yuzasidan mayda moysimon tomchilar holida to`planadi. Benzolni o`ziga
xos hididan bilish mumkin