|
Quymalarni sovuq kamerali porshenli quyish mashinasida olish
|
bet | 3/7 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 52,51 Kb. | | #109294 |
Bog'liq Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing.2. Quymalarni sovuq kamerali porshenli quyish mashinasida olish.
Bu xil mashinalardan suyuqlanish temperaturasi yuqoriroq bo’lgan, masalan,
alyuminiy, mis qotishmalaridan quymalar olishda foydalaniladi.
–rasmda bunday mashinaning to’zilishi va ishlashi sxemasi keltirilgan. Sxemadan
ko’rinadiki, quyma olish uchun ma’lum miqdordagi suyuq metall tsilindr 1 ga
qo’yiladi (–rasm, a).
Bunda pastki porshenь 4 yuqoriga ko’tarilgan bo’lib, qolipga metall kiritish
kanal teshigi berkitilgan bo’ladi. So’ngra ustki porshenь 2 pastga harakatlanganda
metall katta bosim (300 MPa gacha) bilan bosilishda, tsilindrdagi metall qolipga
bosim bilan quyish kanali bo’ylab kiritilgan (–rasm, b).
Keyin porshenlar 2 va 4 yuqoriga ko’tariladi. Bunda qoldiq metall quyish
kanalidagi metalldan ajralib, tsilindrdan chiqarib qayta eritishga o’zatiladi (–rasm,
v). Keyingi quyma olish uchun bu jarayon yana takrorlanadi.
Quymalarni qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi kamerali kompressorli quyish
mashinalarda olish
qo’zg’almas kamerali mashinalardan birining to’zilishi va ishlashi sxemasi
keltirilgan. Sxemadan ko’rinadiki, kamera 2 dagi suyuq metall qolip 7 ga havo
bosimida patrubka 5 dagi mundshtuk 6 orqali kiritiladi.
Qo’zg’almas kamerali kompressorli quyish mashinasining sxemasi:
1, 4– teshik; 2 – kamera; 3– tikip; 5– patrubok; 6– mundshtuk; 7– qolip
Qo’zg’aluvchi kamerali kompressorli quyish mashinasining
sxemasi: 1– vanna; 2– qo’zg’aluvchi kamera; 3– mundshtuk; 4– uchlik; 5– qolip; 6
– teshik
Bu mashinalar kamerasidagi metallning havo kislorodi bilan oksidlanishi,
gazlarga tuyinishi sababli keng tarqalmadi. Bu mashinalarning kamchiligiga
barham berish borasida olib borilgan izlanishlar natijasida qo’zg’aluvchi kamerali
kompressorli mashinalar yaratildi.
–rasmda qo’zg’aluvchi kamerali mashinaning to’zilishi va ishlash sxemasi
keltirilgan. Sxemadagi cho’yan vanna 1 ga qo’zg’aladigan kamera 2 tushirilgan
bo’lib, uning bir uchiga mundshtuk 3, ikkinchi uchiga esa maxsus uchlik 4
o’rnatilgan. Mashina yurgizilganda tortqilar yordamida qo’zg’aluvchi kamera
vannadan chiqadi. Bunda qolip yig’ilishida mundshtuk 3 qolip 5 bilan, uning
ikkinchi uchi esa havo kelish teshigi 6 bilan bog’lanadi. SHundan so’ng kameraga
siqilgan havo haydaladi. SHunda kameradagi metall bosim ostida qolipga kiradi.
Keyingi quyma olishda tsikl yana takrorlanadi. Bu mashinalarda soatiga 50 tadan
500 tagacha quymalar olish mumkin.
|
| |