• 1. Issiq kamerali porshenli mashinalarda quymalarni olish.
  • Quymalarni metall qoliplarda bosim ostida quyib olish




    Download 52,51 Kb.
    bet2/7
    Sana01.12.2023
    Hajmi52,51 Kb.
    #109294
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing.

    Quymalarni metall qoliplarda bosim ostida quyib olish 
    Bu usul quymalarni metall qoliplarda olish usulining bir turi bo’lib, bunda 
    metall qolip (press forma)ga bosim ostida kiritiladi. 
    Suyuq metallning bosim ostida qolipga kiritilishi tufayli tezrok va to’laroq 
    to’lib, quymada g’ovakliklar deyarli bo’lmaydi. Mayda donali puxta quymalar 
    olish bilan birga shakli va o’lchamlari aniq, yuzalari tekis bo’ladi. Bu usuldan yirik 
    korxonalarda alyuminiy (AL2, ALZ, AL9 markalaridan), magniy (ML5, ML6 
    markalaridan), mis qotishmalari bo’lmish, latunь (LS 591, LK 803 L, LMTSJ 5531 
    markalaridan) va boshqa qotishmalardan bir necha grammdan bir necha 
    kilogrammgacha bo’lgan murakkab shaklli, yupqa devorli (6 mm gacha) quymalar 
    olishda keng foydalaniladi. 
    Masalan, olinadigan quyma o’lchamlariga ko’ra cho’yanlar 1250–1400°S 
    oralig’ida, po’latlar esa 1500−1600°S oralig’ida qolipga qo’yiladi. Ma’lumki, 
    qolipga qo’yilgan metall vaqt o’tishi davomida sovib qota boradi. Quyma shakli 
    qanchalik murakkab va o’lchami katta bo’lsa, bir tekisda sovimasligi oqibatida 
    ichki zo’riqish kuchlanishlari hosil bo’ladi. SHu sababli quyma qoliplarni 
    tayyorlashda ularda metallarning iloji boricha tekis sovishini ta’minlash tadbirlari 
    qurilmog’i lozim. 
    Suyuqlanish temperaturasi ancha yuqori bo’lgan metallardan murakkab 
    shaklli va yupqa devorli quymalar olishda ayrim qiyinchiliklar tug’iladi, bu esa mazkur usulning kamchiligidir. 
    Quymakorlik 
    tsexlarida 
    foydalaniladigan 
    quyish 
    mashinalari 
    konstruktsiyasiga ko’ra: 
    1) issiq va sovuq kamerali porshenli; 
    2) qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi kompressorli xillarga ajratiladi.

    1. Issiq kamerali porshenli mashinalarda quymalarni olish. 
    Odatda, bu mashinalardan suyuqlanish temperaturasi 450–500°S gacha 
    bo’lgan ruh qalay, qo’rg’oshin asosidagi qotishmalardan kichik (25–30 kg gacha) 
    quymalar olishda foydalaniladi. Mashinalar konstruktsiyalari jihatidan qo’lda 
    ishlatiladigan, yarim avtomatik va avtomatik ravishda ishlaydiganlarga bo’linadi. 
    Masalan, avtomatik ravishda ishlaydigan mashinalarda soatiga 3000 gacha va 
    undan ortiq quymalar olish mumkin. 
    Mashinani ishlatishdan avval yig’ilgan qolip 7 bilan mundshtuk bo’lanadi. 
    Mashina yurgizilganda porshenь 5 siqilgan havo bosimida tsilindr 4 bo’ylab pastga 

    qarab harakatlanib, tsilindrdagi suyuq metallni qolipga 10–30 MPa bosim ostida 


    haydaydi. Keyin porshenь yuqoriga ko’tariladi, qolip ochilib, quyma ajratiladi. Bu 
    mashinalarning asosiy kamchiligi shundaki, suyuqlanish temperaturasi yuqori 
    bo’lgan, masalan, A1, Su kabi metallar qotishmalaridan quymalar olishda tsilindr 
    yuzasi bilan porshenь orasida qotayotgan oksid pardalar mashinaning me’yorda 
    ishlashini izdan chiqaradi, ya’ni bu oksid pardalardan mashinani tozalash uchun uni tez–tez to’xtatib turish kerak bo’ladi.  
    Issiq kamerali porshenli quyish mashinasining sxemasi: 
    1–vanna; 2– teshik; 3– komal; 4– tsilindr; 5– porshenь; 6–mundshtuk; 7–qolip 
    Sovuq kamerali porshenli quyish mashinasining sxemasi: 
    1– tsilindr; 2, 4 – porshenь; 3– qolip; 5–qoldiq metall; 6– quyma 

    Download 52,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 52,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quymalarni metall qoliplarda bosim ostida quyib olish

    Download 52,51 Kb.