Variant№3 Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing




Download 52,51 Kb.
bet7/7
Sana01.12.2023
Hajmi52,51 Kb.
#109294
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing.

Quyma po‘lat 
Temir metallurgiyasi tarixida, butun bashariyat sivilizatsiyasiga katta ta’sir 
o‘tkazgan uchta inqilobiy burilishlar yuz bergan. Ulardan birinchisi juda qadim 
zamonlarda, rudadan temirni ajratib olishni va unga termik ishlov berishni yo‘lga 
qo‘yilgan maxsus gorn pechlarining o‘ylab topilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi o‘rta 
asrlarda o‘zlashtirilgan temir va cho‘yanni o‘zaro qayta ishlash jarayoni bo‘lgan. 
Uchinchi inqilobiy burilish esa XIX asrning ikkinchi yarmiga tegishli bo‘lib, u 
quyma po‘latning yalpi ishlab chiqarila boshlashi bilan bog‘liq. 
Hamma zamonlarda ham po‘latga doimiy kuchli talab mavjud bo‘lgan. 
Chunki, ushbu metall turli detallar, qurol-aslaha va asbob-uskunalar, hamda, 
mashinalar yasash uchun zarur bo‘lgan darajadagi pishiqlik, mustahkamlik va 
qattiqlikka ega. Lekin, metalldan po‘lat buyum yoki uskuna yasashdan avval, unga 
bir qator mashaqqatli texnologik jarayonlar orqali ishlov berish zarur bo‘lgan. 
Avvaliga, rudadan cho‘yan eritib olishgan. Keyin esa cho‘yandan sof yumshoq 
temir tiklangan. Keyin esa, temir krtitsasiga uzoq vaqt mobaynida bolg‘alab ishlov 
berish yo‘li bilan, po‘lat buyum yoki detal tayyorlangan. Ushbu jarayon po‘lat 
mahsulotlari tayyorlashdagi eng nozik va ko‘p mehnat talab qiladigan, uzoq vaqt 
oladigan jarayon bo‘lgan. Ustiga-ustak, jarayon yakunida har doim ham 
ko‘zlangan muddaoga erishilmagan. Ushbu omillarning barchasi birlashib, 
po‘latning tannarxi juda qimmat bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 
XIX asr o‘rtalariga kelib, butun jahon bo‘ylab sanoat va transport tarmoqlarining 
keng taraqqiy eta boshlashi natijasida, po‘latga bo‘lgan talab keskin ortib ketdi. 
Po‘latni keng miqyosda va ko‘p miqdorlarda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish 
zarur edi. Biroq, hatto talabga muvofiq miqdorda ishlab chiqarish uddalangan 
taqdirda ham, eng katta muammo – po‘latning juda qimmat ekanligini hal qilish 
zarur bo‘lardi. Chunki, yumshoq temirga bolg‘alab qo‘lda, yoki, mexanik ishlov 
berish yo‘li bilan po‘lat buyum tayyorlashni shunchaki arzonlashtirishning imkoni 
bo‘lmagan. Bu o‘rinda, qimmat narx hosil bo‘lishidagi eng katta omil – ishchi 
kuchi va energiya sarfining juda ko‘pligi bo‘lgan. 
Albatta, kun sayin o‘sib borayotgan talab yuzasidan o‘sha paytning eng ilg‘or 
muhandis-metallurglari va olimlari jiddiy bosh qotira boshlashgan. Ular orasida 
muammoga eng yaxshi yechim bo‘ladigan g‘oyani ingliz muhandisi va ixtirochisi 
Genri Bessemer (1813-1898) taklif etgan edi. Uning g‘oyasiga ko‘ra, po‘lat buyum 
yoki detal yasash uchun, temirning barcha xossalariga ega bo‘lgan metallni suyuq 
holatda olish va keyin uni maxsus qoliplar vositasida kerakli shaklda quyish usuli - 
arzon po‘lat olishning eng maqbul yo‘li bo‘lishi kerak edi. Albatta, g‘oya ajoyib. 
Lekin, uni amalda uddalash va haqiqatan ham arzon po‘lat olish uchun yana bir necha o‘n yillar va ko‘plab metallurg mutaxassislarning mashaqqatli mehnati 
singishi talab etildi. Bessemerning mazkur g‘oyasini amalga oshishi yo‘lida bir 
necha muhim kashfiyotlar ham amalga oshirildi va ularning hammasi metallurgiya 
tarixida muhim o‘rin tutgan kashfiyotlarga aylandi. 
XVIII asr oxirlariga qadar cho‘yanni yumshoq temirga aylantirish faqat 
kritsa gornlarida amalga oshirilar edi. Lekin, bu usulda olingan metall bir jinsli 
bo‘lmay, balki, tarkibida muayyan boshqa aralashmalar bilan chiqardi. Boz ustiga, 
bunday metallning ba’zi joylari yumshoq temirga, ba’zi joylari cho‘yanga va yana 
ayrim qismlari po‘latga o‘xshash bo‘lib, undan yasalgan buyumning qay darajada 
pishiq chiqishi – ishlov berish texnologiyasidan ko‘ra, ko‘proq lotereyadagi 
omadga o‘xshagan. Jarayonning o‘zi esa ko‘p kuch va vaqt oladigan qiyin 
mehnatdan iborat bo‘lgan. Bu yo‘l bilan metall olishda ko‘mirning ham eng a’lo 
sifatlisini tanlash zarur bo‘lar edi. Chunki, ko‘mir va ishlov berilayotgan temir 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro kontaktda bo‘ladi. Bu esa, ko‘mir tarkibidagi 
aralashmalarning temirga o‘tib qolishi xavfini keltirib chiqaradi. Mazkur 
jarayondagi ko‘mir sarfining o‘zi ham juda katta bo‘lgan. 1 kg temirni tiklash 
uchun o‘rtacha 4 kg ko‘mir sarflangan. Hatto eng katta gornlarda ham 24 soat 
uzluksiz ish evaziga ko‘pi bilan 400 kg temir olish mumkin edi xolos. Vaholanki, 
bozor va iste’mol talabi bundan chandon martalab yuqori bo‘lgan. Bunday katta 
miqdordagi talabni qondirish uchun esa, cho‘yanni qayta ishlashning yanada 
mukammalroq, arzon va tez bajariladigan usulini o‘ylab topish zarur edi. 
Ushbu yo‘ldagi dastlabki katta qadamni 1784-yilda ingliz metallurgi Kort 
tomonidan qo‘yildi. Pudling jarayoni deb atalgan maxsus usul va pech yordamida, 
u cho‘yanni qayta ishlash jarayonini sezilarli tezlatgan edi. 
Pudling pechining ishlash tamoyili quyidagicha bo‘lgan: o‘choqda yoqilg‘i 
yoqilgan. Yonish mahsulotlari toshtuynuk orqali pechning ishchi maydoniga kelib 
tushgan. Bu yerda avvaldan yuklangan temir chiqindilari va cho‘yan tayyor turgan. 
Alanga ta’sirida temir chiqindilari xamirga o‘xshash holatga o‘tgan va qisman 
erigan. Harorat ortishi bilan cho‘yan eriy boshlagan va uning aralashmalari 
chiqindilar tarkibida avvaldan mavjud kislorod evaziga kuyib keta boshlagan. Shu 
tarzda, cho‘yan ugleroddan mosuvo bo‘lgan. Ya’ni, u dag‘al temir kritsasiga 
aylangan. Pudling pechining odatiy kritsa gorn pechidan eng muhim afzalligi 
shunda ediki, pudling pechida istalgan yonuvchi narsani yoqilg‘i sifatida ishlatsa 
bo‘lardi. Shu jumladan, pudling pechlarida arzon va tozalanmagan oddiy 
toshko‘mirdan ham keng foydalanish mumkin edi. Pudling pechlaridan foydalanish 
amaliyoti temir xom-ashyosining tannarxi sezilarli pasayishiga olib keldi. Boz 
ustiga, Kort loyihalangan bunday pudling pechlariga ataylab havo puflab turish 
shart emasdi. Havo yetkazib turilishi va tutunning tezkor yaxshi so‘rilishi – baland 
chiqarilgan uzun quvurlar evaziga ta’minlangan. Bu jihati bilan, pudling pechlari 
tez orada gornlarni chetga surib qo‘ydi va butun dunyoda keng qo‘llanila boshladi. 
Biroq, bunday pechlarning kamchilik tarafi shunda ediki, ularda qayta 
ishlanayotgan cho‘yanning faqat yuza qismigagina havo yetib kelib ta’sir qilar edi 
xolos. Temirning cho‘yandan mukammal tiklanishi va sifatli po‘lat olinishi uchun 
esa, havo cho‘yanga bir me’yorda va teng taqsimlangan tarzda yetib kelishi kerak 
bo‘lgan. Shu sababli, pudling pechlarida davriy ravishda pech og‘zini ochib, ishlov 
berilayotgan cho‘yan massasini aralashtirib turish shart bo‘lgan. Bu esa o‘ta og‘ir 
va ko‘p kuch talab qiladigan qo‘l mehnati evaziga bajarilar edi. Ishchi kuchi 
miqdori va imkoniyatlarni hisobga olgan holda, pechning quvvatini ham shunga 
moslab yasashga to‘g‘ri kelardi va bu esa, pech imkoniyatlarini sezilarli cheklab 
qo‘yardi. Biroq, shunday bo‘lsa-da, Kortning pudling pechlari o‘z davri uchun 
munosib yechim sifatida, dunyo bo‘ylab uncha-muncha po‘lat miqdorini yetkazib 
berdi va deyarli yarim asr mobaynida insoniyatga xizmat qildi. 
Lekin, XIX-asrning 40-yillariga keliboq, endi pudling pechlari ham tobora ortib 
borayotgan talabni qondirishga ulgurmay qoldi. Kun sayin o‘sib borayotgan talabni 
qondirish uchun borgan sari ko‘proq pudling pechlari qurishga to‘g‘ri kelardi va bu 
esa, ishlab chiqarishni murakkablashtirib, narxning oshishiga sabab bo‘lardi. 
Endilikda, o‘sha zamonning eng kuchli muhandislari qanday qilib pudling 
pechlarining samaradorligini oshirish ustida ishlay boshladilar. Masalaga o‘zgacha 
yondoshuv bilan muammolarga eng yaxshi yechim topa olgan dastlabki metallurg 
– ingliz muhandisi Bessemer bo‘ldi. 
Metallurgiya sohasiga qadam qo‘yishdan avval, Bessemer ko‘p yillar davomida 
artilleriya qurollari va snaryadlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan edi. Shu nuqtai 
nazardan, Bessemerning yuqori sifatli quyma po‘lat olish texnologiyasi ustida ish 
boshlashiga sabab ham, quvurlarining chidamliligi yuqori bo‘lgan to‘plarni 
tayyorlashgan qaratilgan edi. U cho‘yanni quyish jarayonini juda ko‘p marta 
kuzatgach, temirning o‘ta pishiq bo‘lib qotishi hammadan yaxshi va tez sodir 
bo‘ladigan jarayon bu – havo puflab turiladigan quvurlarni quyish jarayoni ekanini 
aniqladi. Aynan shu holat Bessemerda erigan cho‘yanga kuchli havo oqimi puflash 
yordamida yuqori sifatli po‘lat olish mumkinligi haqidagi fikr uyg‘otdi. Bessemer 
o‘zining bu boradagi ilk tajribalarini gorn pechida koks bilan qizitilgan yopiq 
tiglda bajargan. Tajriba natijalari esa kutilganidan ham a’lo bo‘lib chiqdi. Bir 
soatga yaqin kuchli havo oqimi bilan puflash orqali, Bessemer oddiy erigan 
cho‘yandan juda yuqori sifatli po‘lat olishning uddasidan chiqdi. Boz ustiga, uning 
keyingi tajribalari shuni ko‘rsatib berdiki, metallurgik jarayonga issiqlikni 
tashqaridan (boshqa manbalardan) uzatishga aslo hojat yo‘q ekan. Gap shundaki, 
cho‘yan o‘z tarkibidagi marganets, uglerod, kremniy va ho kazo aralashmalar 
ko‘rinishida o‘z ichki yoqilg‘i moddasiga ega bo‘lib, ular har bir tonna cho‘yanda 
o‘rtacha 45 kg miqdorgacha bo‘ladi. Aynan ushbu moddalarning yonishi evaziga, 
cho‘yanning erish harorati ancha ortadi va natijada suyuq holatdagi po‘lat olish 
imkoni yuzaga keladi. 
1856-yilda Bessemer o‘zi ixtiro qilgan konverter qurilmani mutaxassislarga 
ommaviy namoyish qildi. Uning konverteri unchalik baland bo‘lmagan pechdan 
iborat bo‘lib, tepasidan tutun va gazlarni chiqarib tashlash uchun tuynuk-mo‘riga 
ega bo‘lgan. Pechning yon tarafidan cho‘yanni solish uchun yana bir tuynuk 
qilingan. Tayyor suyuq quyma po‘latni pechning pastki qismiga qilingan maxsus 
tuynukdan quyib olishgan. Pech ishlayotgan paytda bu tuynukni loy bilan suvab 
qo‘yilgan. Konverter qo‘zg‘almas ko‘rinishda bo‘lgan. Unga cho‘yan solishdan 
avvalroq havo haydashni boshlash kerak edi. Havo haydovchi quvurlar (furmlar) 
pechning yoniga joylashtirilgan. Agar havo haydashni avvalroq boshlamasa, unda 
solingan cho‘yan erish jarayonida furmlarni yopib qo‘yishi mumkin edi. Aynan 
shu sababga ko‘ra ham, erib turgan suyuq po‘latni quyib olishdan avval, furmlarni 
ertaroq chiqarib olish zarur bo‘lgan. Shunga qaramay bir sikl mahsulot olish davri 
uzog‘i bilan 20 daqiqani tashkil etgan. Lekin, jarayonda juda xushyor bo‘lish va tezkor ishlash talab etilgan. Chunki, vaqtni cho‘zib yuborilsa, yoki, erta tugatib 
qo‘yilsa, mahsulot nobop bo‘lib chiqar va yaroqsiz metallga aylanardi. Shu kabi 
ayrim 
noqulayliklarni 
e’tiborga 
olib, 
Bessemer 
pechni 
yanada 
mukammallashtirishga qaror qildi va ko‘p o‘tmay, u aylanuvchan pechli quyma 
po‘lat dastgohini tayyorlab, namoyish etdi. Uning aylanuvchan pechli konverteriga 
1860-yilda hukumat maxsus patent bergan. 
Bessemer usuli metallurgiya sohasida haqiqiy olamshumul inqilob bo‘lgan. Uning 
konverteri o‘sha zamon uchun aql bovar qilmas qandaydir 8-10 daqiqa ichida 10-
15 tonna cho‘yanni yumshoq temir yoki, yuqori sifatli po‘latga aylantirib berardi. 
Avvallari usta temirchilar xuddi shu miqdorda po‘lat olish uchun pudling 
pechlarida bir necha kunlab uzluksiz ishlashlari, yoki, gorn pechlarida bir necha 
oylab ter to‘kishlari zarur bo‘lardi. Bu esa, yangicha usulda po‘lat quyish usulini 
ixtiro qilgan Bessemerga olamshumul shuhrat keltirdi. 
Biroq, tez orada Bessemer usulining injiqliklari va kamchiliklari ham ma’lum bo‘la 
boshladi. Bessemer konverterlarining tajriba namunalari asosida sanoat uchun 
maxsus konverterlar ishlab chiqarila boshlagach, sanoat konverterlarida 
olinayotgan po‘latning sifati tajriba-sinov konverterlari, yoki, laboratoriyada 
o‘rnatilgan Bessemer konverterlarida olingan po‘latnikidan ancha past sifatli bo‘lib 
chiqdi. Bu muammoning yechimi ustida Bessemer naq ikki yil bosh qotirishga 
to‘g‘ri keldi. Konverter va pech ichida u kalla suqmagan murvat qolmadi hisob. 
Oxiri, Bessemerga kimyogarlar yordamga kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha muammo 
konverter konstruksiyasi yoki quyish usulida emas, balki temir rudasining 
kimyoviy tarkibida ekan. Bessemer o‘zining tajriba-sinov ishlarida qo‘llagan 
cho‘yan tarkibida fosfor elementi juda kam miqdorda bo‘lgan. Sanoat miqyosida 
po‘lat eritish uchun Angliyaning turli konlaridan olib kelingan temir rudasida esa 
fosfor va shuningdek, oltingugurt miqdori ancha baland bo‘lgan ekan. Ushbu 
elementlar cho‘yanni eritish jarayonida yonmagan va keyinchalik, erigan po‘lat 
tarkibiga aralashib, uning sifatini keskin pasayishiga olib kelgan. Shu sababli, 
endilikda metallurglar oldida, cho‘yanni eritishdan avval uning tarkibidan 
oltingugurt va fosforni ajratib olish muammosi ham yuzaga keldi. Boz ustiga, 
Bessemer konverterlarining tannarxi ham juda qimmat bo‘lib, uni amaliyotga joriy 
qilishda moliyaviy qiyinchiliklarga sabab bo‘lar edi. Shu kabi omillar evaziga, 
Bessemer o‘zining qoyilmaqom ixtirosiga patent olganidan qariyb 15-yil o‘tib 
ham, Angliyada hali hanuz pudling pechlarida po‘lat tayyorlash asosiy usul bo‘lib 
qolaverdi. Bessemer konverterlari esa Angliyadan ko‘ra, Germaniya va AQSHda 
ko‘proq tarqaldi va sanoatga tadbiq etildi.
Download 52,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 52,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Variant№3 Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing

Download 52,51 Kb.