Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/92
Sana22.07.2024
Hajmi7,29 Mb.
#268251
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
Bog'liq
Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

Fizik xavfsizlikni nazoratlash
: Fizik xavfsizlikni taminlash, odatda turli fizik
to‘siqlardan foydalanib, fizik chegarani umumiy hududdan taqiqlangan hududga
ajratish yo‘li bilan, tashkilotda ruxsatsiz foydalanishni oldini oladi. To‘siqlarni,
joylashuv o‘rniga ko‘ra: tashqi, o‘rta va ichki to‘siqlarga ajratish mumkin. Tashqi
to‘siqlar odatda g‘ov, devor va boshqalarni o‘z ichiga oladi. O‘rta to‘siqlardan
odatda olamon va insonlarni ruxsatsiz kirishlarini taqiqlashda foydalaniladi. Ichki
to‘siqlarni esa eshiklar, derazalar, panjaralar, oynalar, pardalar va boshqalar tashkil
etadi (4.18-rasm).
Fizik to‘siqlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad
:

hujumchini blokirovkalash va ushlab qolish;

tashkilot chegarasini belgilash;

xavfsiz hududni tashqi hujumlardan himoyalash;

transportlarni kirishidan himoyalash;

qo‘poruvchilik hujumlaridan himoyalash.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash
: xavfsizlik xodimi (qo‘riqchi) tashkilotning
fizik xavfsizligini tashkil etish, monitoringlash va madadlash vazifasini bajarib,
maxfiy axborotni yo‘qolishidan, o‘g‘irlanishidan, noto‘g‘ri foydalanishidan
himoyalash uchun xavfsizlik tizimini o‘rnatish, baholash va ishlab chiqish uchun
javobgardir. Yuqori malakali va tajribaga ega xodim har qanday tashkilotning


xavfsizligida muhim rol o‘ynaydi. Tashkilotda xodimlar tomonidan amalga
oshirilgan himoya 24
7
365 tartibida amalga oshirilishi zarur. Fizik xavfsizlikka jalb
etilgan shaxslar quyidagilar.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik qulflar ruxsatsiz fizik foydalanishlarni
cheklashda foydalaniladi. Har bir tashkilot o‘zining xavfsizlik talablaridan kelib
chiqqan holda ularni tanlashi shart. Quyidagi turdagi fizik qulflardan amalda keng
foydalanilmoqda:
Mexanik qulflar: tashkilotda fizik foydalanishlarni cheklashning eng oson
usuli hisoblanib, kalitli yoki kalitsiz bo‘lishi mumkin. Mexanik qulflarga 4.19-
rasmda misollar keltirilgan.
Raqamli qulflar: raqamli qulfli eshiklarni ochish uchun biror narsani (kalitni)
olib yurish talab etilmaydi, barmoq izi, smart karta yoki PIN koddan oson
foydalaniladi.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash
: Yashirin qurol/kontrabanda qurilmalarini aniqlash
moslamasi. Tashkilotlarda odatda shaxslar tomonidan olib kiriladigan jixozlar yoki
vositalar maxsus skanerlar yordamida turli qurollar yoki kontrabanda vositalarini,
bombalar, yoki o‘q otar qurilmalari aniqlanadi. Mazkur skanerlarga misol
tariqasida, metallni aniqlovchilar, X-ray aniqlash tizimlari va harakat bo‘ylab
metallni aniqlash tizimlarini keltirish mumkin.
4.20-rasm. X-Ray metall detektori


Axborotdan foydalanishdan oldin uning yorlig‘iga qarab, ruxsatning borligi
yoki yo‘qligi aniqlanadi, agar ruxsat bo‘lsa undan foydalanish mumkin.
Ogohlantiruvchi signallardan, odatda, tashkilotdagi ko‘p sonli xodimlarning
ruxsatsiz harakatlarini cheklash uchun foydalaniladi. Ogohlantiruvchi signallarga
“TAQIQLANGAN HUDUD” (RESTRICTED AREA), “OGOHLANTIRISh”
(WARNING), “XAVFLI” (DANGER) iboralarini misol tariqasida keltirish
mumkin (4.22-rasm).
Fizik
xavfsizlikni
nazoratlash:
video
kuzatuv
vositalari
tashkilot
aktivlarining fizik xavfsizligini taminlashda muhim komponent hisoblanadi. Video
kuzatuv moslamalari odatda tashkilotning kirish eshiklarida, zallarida va ishchi
hududlarida o‘rnatilib, kirish va chiqish harakatlarini kuzatishga yordam beradi.
Zamonaviy video kuzatuv vositalari nafaqat harakatlarni qaydlashga, balki
nomaqbul harakatlarni aniqlash imkonini ham beradi. Masalan, taqiqlangan jixoz
olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan holatni aniqlaydi yoki janjal bo‘layotgan
holatni aniqlab, ogohlantirish signalini yuboradi. Video kuzatuv vositalari (4.23-
rasm).


Har bir tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish uchun talab
qilingan fizik xavfsizlik siyosatini va muolajalarini amalga oshirishi zarur.
Xususan,
tashkilot
fizik
xavfsizligining
siyosati
o‘zida
quyidagilarni
mujassamlashtiradi:
- xodimlarning huquq va vazifalari;
- foydalanishlarni boshqarishning nazorati;
- qaydlash va audit.
Fizik xavfsizlik muolajalari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- qulflash tizimini boshqarish;
- suqilib kirish insidentlarini qaydlash;
- tashrif buyuruvchilarni boshqarish;
- konfidensial materiallarni yo‘q qilish;
- qog‘ozdagi axborot uchun toza stol siyosatini va axborotni ishlashda toza
ekran siyosatini amalga oshirish.

Download 7,29 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari

Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish