yo‘lni ko‘zda tutadi. Masalan, Token Ring arxitektura fizik nuqtai nazardan
yulduzsimon topologiyani ifodalasa, mantiq nuqtai nazariyadan xalqasimon
topologiyani ifodalaydi.
Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar:
−
ochiqlilik
– tarmoqning mavjud komponentlarining texnik va dasturiy
vositalarini o‘zgartirmay qo‘shimcha abonent kompyuterlarini hamda aloqa
liniyalarini (kanallarini) kiritish imkoniyati;
−
moslashuvchanlik
– kompyuterni yoki aloqa liniyalarini ishdan chiqishi
natijasida struktura o‘zgarishining ishga layoqatlikka ta’sir etmasligi;
−
samaradorlik
– kam sarf-xarajat evaziga foydalanuvchilarga xizmat
qilishning talab etiladigan sifatini taminlash.
Tarmoq – turli uskunalarning birlashmasi, demak ularni birgalikda ishlatish
muammosi jiddiy muammolardan hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilarning uskuna
qurilishidagi umumiy qoidalarga rioya qilmaslaridan turli tarmoqlarni qurishda
taraqqiyotga erishish mumkin emas. Shu sababli kompyuter sohasidagi
yuksalishlar standartlarda akslanadi. Boshqacha aytganda, har qanday texnologiya,
uning mazmuni standartlarda o‘z aksini topganidagina “qonuniy” himoyaga ega
bo‘ladi.
1980 – yilning boshlarida standartlash bo‘yicha qator tashkilotlar tomonidan
yaratilgan model tarmoqlar rivojida muhim rol o‘ynadi. Bu model ochiq
tizimlarning o‘zaro aloqa modeli (Open System Interconnection) yoki OSI modeli
deb yuritiladi. OSI modeli tizimlarning o‘zaro aloqasining turli sathini belgilaydi,
ularga standart nomlar beradi va har bir sathning qanday vazifalarni bajarishini
ko‘rsatadi. Ushbu modelning talablariga muvofiq tarmoqning har bir tizimi
ma’lumotlar kadrini uzatish orqali o‘zaro aloqada bo‘lishlari lozim. OSI modeliga
binoan kadrlarni hosil qilish va uzatish 7 ta ketma-ket harakatlar yordamida amalga
oshiriladi (5.4-rasm). Bu harakatlar “ishlash sathlari” nomini olgan.