O‘rtada turgan odam hujumi.
MITM xujumi yuqorida tavsiflangan suqilib
kirish hujumlariga o‘xshash, ular turli shakllarda bo‘lishi mumkin va aloqa
seansining konfidensialligini va yaxlitligini buzish uchun ishlatiladi. Hujum
qurboni ulanishni boshlaganida, firibgar uni ushlab qoladi va istalgan resurs bilan
ulanishni tugallaydi va so‘ngra ushbu resurs bilan barcha ulanishlarni o‘zining
stansiyasi orqali o‘tkazadi (5.8-rasm).
Tarmoqdan foydalanishning yolg‘on nuqtalari (zararli egizak hujumi).
Tajribali hujumchi tarmoq resurslarini imitatsiya qilish bilan foydalanishning
yolg‘on nuqtalarini tashkil etishi mumkin. Abonentlar, hech shubhalanmasdan
foydalanishning ushbu yolg‘on nuqtasiga murojaat etadilar va uni o‘zining muhim
rekvizitlaridan,
masalan,
autentifikatsiya
axborotidan
xabardor
qiladilar.
Hujumning bu xili tarmoqdan foydalanishning xaqiqiy nuqtasini “bo‘g‘ish”
maqsadida ba’zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘g‘ish bilan birgalikda amalga oshiriladi
(5.9-rasm).