Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/92
Sana22.07.2024
Hajmi7,29 Mb.
#268251
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

5.9-rasm. Zararli egizak hujumi
Rouming muammosi
. Simsiz tarmoqning simli tarmoqdan yana bir muxim
farqi foydalanuvchining tarmoq bilan aloqani uzmasdan joyini o‘zgartirish


qobiliyatidir. Rouming konsepsiyasi turli simsiz aloqa standartlari CDMA (Code
Division Multiple Access), GSM (Global System for Mobile Communications) va
simsiz Ethernet uchun bir xil bo‘lib, TCP/IPning ko‘pgina tarmoq ilovalari server
va mijoz IPadreslarining o‘zgarmasligini talab etadi. Simsiz tarmoqlarda mobil IP-
adreslarning va boshqa rouming mexanizmlarining ishlatilishi ushbu talabga
asoslangan.
Foydalanishni cheklash
. Tarmoqdan foydalanishni faqat ruxsatga egalar
uchun joiz bo‘lishini taminlash muhim ahamiyatga ega. Har bir qurilma ajralmas
MAC (Media access control) manziliga ega, ushbu manzillarni tekshirish orqali
ularga foydalanishni taqdim etish mumkin.
Tarmoq orqali uzatiluvchi ma’lumotlarni shifrlash
. Agar simsiz tarmoq
orqali uzatilayotgan har bir ma’lumot shifrlangan taqdirda, ularni ruxsatsiz
o‘qishdan himoyalash mumkin bo‘ladi. Simsiz lokal tarmoqlarda tarmoq nuqtasi
va foydalanuvchi qurilmalari orasidagi ma’lumotlar odatda Wired Equivalent
Privacy (WEP), Wi-Fi Protected Access (WPA), WPA2 va WPA3 protokollari
asosida shifrlangan holda uzatiladi.
Simsiz tarmoq qurilmasini (SSID, Service Set Identifier) himoyalash
. Tarmoq
tashqarisidan simsiz tarmoqni osonlik bilan boshqarilishini oldini olish uchun,
SSIDni oshkor etmaslik talab etiladi. Barcha Wi-Fi qurilmalar SSID ni himoyalash
imkoniyatiga ega, bu hujumchining simsiz tarmoqni topishini qiyinlashtiradi.
Tarmoqlararo ekran vositasini o‘rnatish
. Simsiz qurilmalarda bevosita
hostga asoslangan tarmoqlararo ekranni o‘rnatish yoki uy tarmog‘i uchun
modemga asoslangan tarmoqlararo ekranni o‘rnatish tavsiya etiladi.
Fayl almashishini ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish
. Tomonlar orasida
faylni almashtirishga zaruriyat bo‘lmagan taqdirda, ushbu imkoniyat o‘chirilgan
holatda bo‘lishi kerak. Fayl almashishini har doim shaxsiy yoki uy tarmog‘ida
amalga oshirish zarur. Ochiq bo‘lgan tarmoqda fayllarni almashtirish tavsiya
etilmaydi. Bundan tashqari, uzatilayotgan har bir fayllarni parol asosida himoyasini
taminlash zarur (faylni blokirovkalash).

Download 7,29 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari

Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish