- risklarni nazoratlash rejasini tugallash uchun qat’iy cheklovlarni qo‘yish;
- risklarni nazoratlash strategiyasini amalga oshirish;
- risklarni nazoratlashda mijoz harakatini aniqlash;
-risklarni nazoratlash mobaynida madadlovchi xodimlar bilan aloqani
o‘rnatish;
- risklarni nazoratlash jarayonining bir qismi risklarni nazoratlash rejasini
to‘liq hujjatlashtirish.
Risk monitoringi va qayta ko‘rib chiqish. Samarali risklarni boshqarishning
rejasi risklarni aniqlashni va baholashni kafolatli amalga oshirishda risk
monitoringi va qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Risk monitoringi quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
- yangi risklarni paydo bo‘lish imkoniyatini aniqlaydi;
-riskni bartaraf etuvchi mos nazorat usuli amalga oshirilganligini
kafolatlaydi;
- shuningdek, risk monitoringi riskning ehtimoli, ta’siri, holati va oshkor
bo‘lishini o‘z ichiga oladi.