BOB. FOYDALANUVCHANLIKNI TAMINLASH USULLARI




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/92
Sana22.07.2024
Hajmi7,29 Mb.
#268251
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92
Bog'liq
Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

6 BOB. FOYDALANUVCHANLIKNI TAMINLASH USULLARI
6.1. Foydalanuvchanlik tushunchasi va zaxira nusxalash
Foydalanuvchanlik
. Kompyuter xavfsizligi axborot va axborot tizimlarini
ruxsatsiz foydalanish, ochish, buzish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilishdan himoya
qilishni anglatib, uning eng muhim maqsadi axborot konfidensialligini, yaxlitligini
va foydalanuvchanligini taminlashdir. Kompyuter tizimlaridan ma’lumotlarni
saqlash va ishlash uchun foydalanilsa, xavfsizlikni nazoratlash vositalari
ma’lumotlarning suiste’mol qilinishidan himoyalashda ishlatiladi. O‘z navbatida,
axborot
tizimlarining
o‘z
maqsadiga
erishishiga
imkon
beruvchi
foydalanuvchanlikni taminlash muhim hisoblanadi.
Foydalanuvchanlik tushunchasiga turli soha korxonalari va olimlar
tomonidan turlicha ta’riflar keltirilgan, xususan:


- konfidensial ma’lumotlarga yoki manbalarga ehtiyoji bo‘lganlar uchun
foydalanish imkonini berish;
- vakolatli foydalanuvchilarning ma’lumotlardan va axborot tizimlaridan o‘z
vaqtida va ishonchli foydalanish imkoniyati;
- obyektlardan qonuniy foydalanish imkoniga ega vakolatli shaxslarning
tizimga kirishiga to‘sqinlik qilmaslik;
- tizimlarning tezkor ishlashini va qonuniy foydalanuvchilarga rad
etilmaslikni kafolatlash.
Hozirda barcha sohalarda axborot texnologiyalarining keng joriy qilinishi
tashkilot yoki korxonalar faoliyatini yuritishda muhim ahamiyat kasb etayotgan
bo‘lsada, tashkilotda axborot tizimlari bilan bog‘liq muammo kuzatilsa, uning
faoliyati katta yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin. Faraz qilaylik, xosting
provayderlarida xizmat ko‘rsatishda 99% foydalanuvchanlik ta’minlangan bo‘lsin.
Bu qiymat ko‘rinishdan katta bo‘lsada, bir yilda 87 soat (3.62 kun) xizmat
ko‘rsatilmaganligini anglatadi. Bu vaqt ichida tashkilot, xizmat ko‘rsatish hajmiga
bog‘liq, turlicha zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi holda, hattoki 99.9%
xizmat ko‘rsatishda foydalanuvchanlikka erishilgan bo‘lsada, yiliga 9 soat
yo‘qotish kuzatiladi.
Xizmat ko‘rsatishdagi mazkur zararlarni kamaytirish nafaqat Facebook yoki
Amazon kabi yirik korporasiyalar uchun, balki barcha tashkilotlar uchun ham
muhim hisoblanadi.
Foydalanuvchanlik o‘zida quyidagi 3 ta omilni birlashtiradi:
- xatolarga bardoshlilik: bu omil tizimda xatolik kuzatilgan taqdirda ham
ishlamay qolmaslik shartini ko‘rsatadi;
- taqdim etilayotgan xizmatlarning kafolati: xizmatlar, shuningdek, tizimlar
ham har doim mavjud bo‘lishi kerak;
- ma’lumotlar xavfsizligi: infrastruktura tarkibidagi ma’lumotlar yaxlitligi,
undagi jarayonlar va xodimlar ishlamay qolgan taqdirda ham ta’minlanishi shart.
Yuqori darajadagi foydalanuvchanlik o‘zida birorta ham xatolikni qamrab
olmaydi.
Boshqacha
aytganda,
hosting
provayderlarining
yuqori


foydalanuvchanlikni taminlashi uchun o‘zidagi biror tarmoq qurilmasi (masalan,
marshrutizator yoki tarmoqlararo ekran) ishlamay qolishini oldini olish talab
etiladi.
Tizim yoki xizmat foydalanuvchanligini buzilishiga olib keluvchi hujum –
xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undash (DoS) hujumi hisoblanib, mazkur
hujumning asosiy maqsadi tizim yoki tarmoqni qonuniy foydalanuvchilar uchun
xizmat ko‘rsatishini to‘xtatishidan iborat. Ushbu hujum turli usul va vositalardan
foydalanilib, turli tizim va muhit xususiyati asosida amalga oshiriladi.
Xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undash hujumini oldini olish va
foydalanuvchanlikni taminlash uchun kompleks himoya choralarini ko‘rish tavsiya
etiladi.
Zaxira nusxalash
. Hozirgi kunda ma’lumotlarning yo‘qolishi tashkilotlar
uchun asosiy xavfsizlik muammolaridan biri bo‘lib, buning natijasida tashkilot
katta zarar ko‘rishi mumkin.
Ma’lumotlarni zaxira nusxalash
– muhim ma’lumotlarni nusxalash yoki
saqlash jarayoni bo‘lib, ma’lumot yo‘qolgan vaqtda qayta tiklash imkoniyatini
beradi. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan asosiy maqsad quyidagilar:
− zarar yetkazilganidan so‘ng tizimni normal ish holatiga qaytarish;
− tizimda saqlanuvchi muhim ma’lumotlarni yo‘qolganidan so‘ng uni qayta
tiklash.
Tashkilotlarda ma’lumotlar yo‘qolishi moliyaviy tomondan va mijozlarga
aloqador holda ta’sir qilishi bilan xarakterlansa, shaxsiy kompyuterda esa shaxsiy
fayllarni, rasmlarni va boshqa qimmatli ma’lumotlarni yo‘qolishiga sababchi
bo‘ladi.
Ma’lumotlarni yo‘qolishiga quyidagilar sababchi bo‘lishi mumkin:
- Inson xatosi: qasddan yoki tasodifan ma’lumotlarning o‘chirib yuborilishi,
ma’lumotlarni saqlash vositasini to‘g‘ri joylashtirilmaganligi yoki ma’lumotlar
bazasini xatolik bilan boshqarilganligi.
-
G‘arazli
hatti-harakatlar:
tashkilotdagi
muhim
ma’lumotlarning
modifikatsiyalanishi yoki o‘g‘irlanishi.


- Tabiiy sabablar: energiyaning o‘chishi, dasturiy ta’minotning tasodifiy
o‘zgarishi yoki qurilmaning zararlanishi.
- Tabiy ofatlar: zilzila, yong‘in va h.
Tashkilotda yoki shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni zaxira nusxalash
quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- muhim ma’lumotlardan yo‘qolgan va zararlangan taqdirda ham
foydalanish;
-
tashkilotlarni
o‘z
faoliyatining
to‘xtatilishidan
himoyalash
va
ma’lumotlarni ixtiyoriy vaqtda tiklash;
- tashkilotdagi yo‘qolgan ma’lumotlarni tiklash.
Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning ideal strategiyasi ma’lumotni to‘g‘ri
tanlashdan boshlab, ma’lumotni kafolatli tiklash jarayonigacha bo‘lgan
bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Turli tashkilotlarda zaxira nusxalash farq qilsada,
ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan oldin quyidagi hususiyatlarga e’tibor qaratish
muhim hisoblanadi:
- ma’lumotlarni zaxira nusxalash strategiyasi ixtiyoriy tashqi qurilmalardan
ma’lumotlarni tiklash imkoniyatiga ega bo‘lishi shart. Ushbu qurilmalarga misol
sifatida serverlar, host mashinalar, noutbuklar va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
- agar tabiiy ofat natijasida ma’lumot yo‘qolsa, zaxira nusxalash strategiyasi
faqat chekli sondagi insidentlarga qarshi himoya bilan cheklanmasligi zarur. Tabiiy
ofat yuz bergan taqdirda ham strategiya o‘zida ma’lumotlarni tiklash usullarini
mujassamlashtirishi shart;
- strategiya dastlabki bosqichlarda ma’lumotlarni qayta tiklash uchun muhim
qadamlardan iborat bo‘lishi kerak;
- zaxira nusxalash narxining qimmat bo‘lmasligi tashkilot uchun moliyaviy
madad hisoblanadi;
- inson tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni tezlik bilan oldini
olish uchun ma’lumotlarni zaxira nusxalash avtomatik tarzda amalga oshirilishi
kerak.


Tashkilotlarda
zaxira
nusxalarni
saqlovchilarni
tanlash
umumiy
muammolardan biri hisoblanib, mos bo‘lmagan zaxira saqlovchi vositaning
tanlanishi ma’lumotlarning sirqib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Hozirda ma’lumotlarni zaxira nusxalarini saqlashda quyidagi vositalardan
foydalanilmoqda:
Optik disklar (DVD, Blu-ray).
DVD disklar 8.55 GBaytgacha ma’lumotlarni
saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, ularda faqat o‘qish imkoniyati mavjud.
Ko‘chma qattiq disklar/ USB xotiralar
. Ko‘chma qattiq disklar DVD, Blu-
ray disklarga qaraganda kichikroq hajmli zaxira ma’lumotlarini saqlash uchun
yaxshi vosita hisoblanadi.
Lentali disklar
. Lentali disklar ma’lumotlarni zaxira saqlash uchun eng mos
saqlagichlar bo‘lib, tashkilot sathida ma’lumotni zaxira nusxalashni amalga
oshiradi. Ushbu zaxira saqlagichi olib yurish uchun qulay, foydalanuvchi
ishtirokini talab etmaydi va to‘liq avtomatlashgan tarzda amalga oshiriladi. Uning
asosiy kamchiligi oddiy foydalanuvchilar uchun qimmatligi va oddiy
kompyuterlardan foydalanishi uchun qo‘shimcha apparat va dasturiy vositani talab
qilishi.

Download 7,29 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 BOB. FOYDALANUVCHANLIKNI TAMINLASH USULLARI

Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish