Ma’lumotlarni zaxiralash texnologiyalari va usullari




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/92
Sana22.07.2024
Hajmi7,29 Mb.
#268251
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92
Bog'liq
Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

6.2. Ma’lumotlarni zaxiralash texnologiyalari va usullari
Aksariyat tashkilotlar muhim ma’lumotlarini RAID texnologiyasi asosida
zaxira nusxalashni amalga oshiradilar. RAID texnologiyasida ma’lumotlar bir
qancha disklarning turli sohalarida saqlangani bois, IO (kirish/ chiqish)
amallarining bajarilishi osonlashadi. RAID texnologiyasi ko‘plab qattiq disklarni
bitta mantiqiy disk sifatida o‘rnatish orqali ishlaydi. Ushbu texnologiya odatda
serverlarda ma’lumotlarni saqlashga mo‘ljallangan, shaxsiy kompyuterlardan
foydalanish zaruriyati mavjud emas.
RAID texnologiyasida amallarni samarali bajarish uchun 6 ta sath mavjud:
RAID 0, RAID 1, RAID 3, RAID 5, RAID 10 va RAID 50.
RAIDning har bir sathi quyidagi xususiyatlarga ega:
- xatoga bardoshlilik: agar biror disk ishlashdan to‘xtasa, boshqa disklar
normal ishlashini davom ettiradi;


- unumdorlik: RAID ko‘plab disklar bo‘ylab o‘qish va yozishda yuqori
unumdorlik darajasiga ega.
Disklarning ma’lumotlarni saqlash imkoniyati mos RAID sathini tanlashga
asoslanadi. Saqlash hajmi individual RAID disklar o‘lchamining bir xil bo‘lishini
talab etmaydi. Barcha RAID sathlari quyidagi saqlash usullariga asoslanadi:
- bloklash: ma’lumotlar ko‘plab bloklarga ajratiladi. Mazkur bloklar
keyinchalik RAID tizimi orqali yoziladi. Bloklash ma’lumotlarni saqlanishini
yaxshilaydi.
- akslantirish: akslantirish ma’lumotlarning nusxalanishini va RAID bo‘ylab
uzluksiz saqlanishini amalga oshiradi. Bu usul xatoga bardoshli va amalga
oshirilishining yuqori darajasiga ega.
- nazorat qiymati: nazorat qiymati ma’lumotlar bloki yaxlitligini tekshirish
funksiyasini amalga oshirishda bloklash funksiyasidan foydalanadi. Disk
buzilganida nazorat qiymati xatolikni tuzatish funksiyasi yordamida ma’lumotlarni
tiklashga harakat qiladi.
RAID tizimlari sathga bog‘liq holda o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga
ega.

Download 7,29 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ma’lumotlarni zaxiralash texnologiyalari va usullari

Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish