Ma’lumotlarni eltish vositalarida, USB xotirada, qattiq diskda, DVD va
boshqa saqlagichlarda ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin. Qayta tiklash
jarayonining muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi foydalanuvchining malakasiga
bog‘liq. Ma’lumotlarni qayta tiklash jarayonida bilim va to‘g‘ri tanlangan vosita
muhim hisoblanadi.
Ma’lumotlarni qayta tiklash har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lmasligi
mumkin. Agar saqlagichda xatolik mavjud bo‘lsa yoki unga ko‘p zarar yetgan
bo‘lsa, ma’lumotlarni tiklashning imkoni bo‘lmasligi mumkin. Ma’lumotlarning
qayta tiklanishi ehtimoli ularning yo‘qolishi sababiga bog‘liq. Ma’lumotlarni
yo‘qolishiga sabab bo‘luvchi hollar quyidagilar:
Faylni o‘chirish
: agar fayl o‘chirilsa, ushbu soha qaytadan yozilgunga qadar
saqlagichda mavjud bo‘ladi. Ma’lumotlar saqlangan sohadagi kichik xotiraga
ma’lumotlar yozilishi butun ma’lumotlarni tiklanmasligiga sababchi bo‘lishi
mumkin.
Faylning zararlanishi
: agar OT zararlansa, ma’lumotlarni diskning qismlar
jadvali yordamida tiklash mumkin. Agar diskning qismlar jadvali ham zararlangan
bo‘lsa, qayta tiklashning maxsus vositalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Qattiq diskning fizik zararlanishi
: qattiq diskka fizik ta’sir bo‘lishi , faylni
zararlanishiga qaraganda, katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa
ma’lumotlarni qayta tiklashning maxsus sathidan foydalanishni talab etadi.