Nuqson
. Dasturni amalga oshirishdagi va loyihalashdagi zaifliklarning
barchasi nuqson hisoblanadi va uning dasturiy vositalarda mavjudligi yillar
davomida bilinmasligi mumkin.
Bag
. Baglar dasturiy ta’minotni amalga oshirish bosqichiga tegishli
muammo bo‘lib, ularni osongina aniqlash mumkin. Misol sifatida dasturlashdagi
buferning to‘lib-toshishi (Buffer overflow) holatini keltirish mumkin.
Xotiraning to‘lib-toshishi
. Amalda ko‘p uchraydigan dasturlash tillaridagi
kamchiliklar, odatda, taqiqlangan formatdagi yoki hajmdagi ma’lumotlarning
kiritilishi natijasida kelib chiqadi. Bu turdagi tahdidlar ichida keng tarqalgani –
xotiraning to‘lib-toshishi tahdidi.
Agar buzg‘unchi tomonidan o‘ziga “kerakli” ma’lumot kiritilsa, bu o‘z
navbatida kompyuterning buzilishiga olib keladi.
Quyida C dasturlash tilida yozilgan kod keltirilgan, agar bu kod
kompilyasiya qilinsa, xotiraning to‘lib-toshishi hodisasi sodir bo‘ladi.
Bu yerda mavjud muammo - 10 bayt o‘lchamli xotiraga 20 baytli ma’lumot
yozilishi. Bu esa xotiraning ruxsat etilmagan manziliga ham murojaatga sabab
bo‘ladi.