Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish muammolari




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/92
Sana22.07.2024
Hajmi7,29 Mb.
#268251
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Bog'liq
Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

7.3. Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish muammolari
Kompyuter virusining ko‘p ta’riflari mavjud. Birinchi ta’rifni 1984 yili Fred
Koen bergan: “Kompyuter virusi – boshqa dasturlarni, ularga o‘zini yoki
o‘zgartirilgan nusxasini kiritish orqali, ularni modifikatsiyalash bilan zaharlovchi
dastur. Bunda kiritilgan dastur keyingi ko‘payish qobiliyatini saqlaydi”. Virusning
o‘z-o‘zidan ko‘payishi va hisoblash jarayonini modifikatsiyalash qobiliyati bu
ta’rifdagi tayanch tushunchalar hisoblanadi.
Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash mumkin:
– yashash makoni;
– operatsion tizim;
– ishlash algoritmi xususiyati;
– destruktiv imkoniyatlari.


Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar
kiritiluvchi kompyuter tizimi obyektlarining xili bo‘yicha turkumlash keng
tarqalgan (7.6-rasm). Fayl viruslari bajariluvchi fayllarga turli usullar bilan
kiritiladi (eng ko‘p tarqalgan viruslar xili), yoki fayl-egizaklarni (kompanon
viruslar) yaratadi yoki faylli tizimlarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan
foydalanadi. Yuklama viruslar o‘zini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga)
yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (MasterBootRecord) bo‘lgan sektorga
yozadi. Yuklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi
vazifasini bajaradi.
Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini
va fayllarini, xususan Microsoft Word, Microsoft Excel va h. kabi ommaviy
muharrirlarning fayl-hujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq viruslari o‘zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va elektron pochta
protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’zida tarmoq viruslarini “qurt”
xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet
bo‘yicha tarqaladi), IRC-qurtlarga (chatlar, InternetRelayChat) bo‘linadi.
Kompyuter viruslarining ko‘pgina kombinasiyalangan xillari ham mavjud,
masalan – tarmoqli makrovirus tahrirlanuvchi hujjatlarni zaxarlaydi, hamda
o‘zining nusxalarini elektron pochta orqali tarqatadi. Boshqa bir misol sifatida
5


fayl-yuklama viruslarini ko‘rsatish mumkinki, ular fayllarni hamda disklarning
yuklanadigan sektorini zaharlaydi.
Viruslarning hayot davri
.Har qanday dasturdagidek kompyuter viruslari
hayot davrining ikkita asosiy bosqichini - saqlanish va bajarilish bosqichlarini
ajratish mumkin.
Saqlanish bosqichi virusning diskda u kiritilgan obyekt bilan birgalikda
shundaygina saqlanish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda virus virusga qarshi
dastur ta’minotiga zaif bo‘ladi, chunki u faol emas va himoyalanish uchun
operatsion tizimni nazorat qila olmaydi.
Kompyuter viruslarining bajarilish davri, odatda, beshta bosqichni o‘z
ichiga oladi:
1. Virusni xotiraga yuklash.
2. Qurbonni qidirish.
3. Topilgan qurbonni zaharlash.
4. Destruktiv funksiyalarni bajarish.
5. Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o‘tkazish.
Virusni xotiraga yuklash.
Virusni xotiraga yuklash operatsion tizim
yordamida virus kiritilgan bajariluvchi obyekt bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Masalan, agar foydalanuvchi virus bo‘lgan dasturiy faylni ishga tushirsa,
ravshanki, virus kodi ushbu fayl qismi sifatida xotiraga yuklanadi. Oddiy holda,
virusni yuklash jarayoni-diskdan operativ xotiraga nusxalash bo‘lib, so‘ngra
boshqarish virus badani kodiga uzatiladi. Bu harakatlar operatsion tizim tomonidan
bajariladi, virusning o‘zi passiv holatda bo‘ladi. Murakkabroq vazifalarda virus
boshqarishni olganidan so‘ng o‘zining ishlashi uchun qo‘shimcha harakatlarni
bajarishi mumkin. Bu bilan bog‘liq ikkita jihat ko‘riladi.
Birinchisi viruslarni aniqlash muolajasining maksimal murakkablashishi
bilan bog‘liq. Saqlanish bosqichida ba’zi viruslar himoyalanishni taminlash
maqsadida
yyetarlicha
murakkab
algoritmdan
foydalanadi.
Bunday
murakkablashishga virus asosiy qismini shifrlashni kiritish mumkin. Ammo faqat
shifrlashni ishlatish chala chora hisoblanadi, chunki yuklanish bosqichida

Download 7,29 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish muammolari

Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish