2. Fayl oxiriga kiritish. Bu usul eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, viruslar kodiga
boshqarishni uzatish dasturning birinchi komandasi (com) yoki fayl sarlavhasini
(exe) modifikatsiyalash orqali ta’minlanadi.
3. Fayl o‘rtasiga kiritish. Odatda bu usuldan viruslar strukturasi oldindan
ma’lum fayllarga (masalan, Command.com fayli) yoki tarkibida bir xil qiymatli
baytlar ketma-ketligi bo‘lgan, uzunligi virus joylashishiga yetarli fayllarga tatbiqan
foydalaniladi.
Yuklama viruslar uchun zaharlash bosqichining xususiyatlari ular kiritiluvchi
obyektlar – qayishqoq va qattiq disklarning yuklanish sektorlarining sifati va qattiq
diskning bosh yuklama yozuvi (MBR) orqali aniqlanadi. Asosiy muammo-ushbu
obyekt o‘lchamlarining chegaralanganligi. Shu sababli, viruslar o‘zlarining qurbon
joyida sig‘magan qismini diskda saqlashi, hamda zaharlangan yuklovchi original
kodini tashishi lozim.
Beziyon viruslar
- o‘z-o‘zidan tarqalish mexanizmi amalga oshiriluvchi
viruslar. Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat diskdagi bo‘sh xotirani sarflaydi
xolos.
Xavfsiz viruslar
– tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, video) bilan
bog‘liq viruslar, bo‘sh xotirani kamaytirsada, dastur va ma’lumotlarga ziyon
yetkazmaydi.
Xavfli viruslar
– kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sabab bo‘luvchi
viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi mumkin.
Juda xavfli viruslar
– dastur va ma’lumotlarni buzilishiga hamda kompyuter
ishlashiga zarur axborotni o‘chirilishiga bevosita olib keluvchi, muolajalari
oldindan ishlash algoritmlariga joylangan viruslar.
Boshqarishni virus dastur
– eltuvchisiga o‘tkazish. Ta’kidlash lozimki,
viruslar buzuvchilar va buzmaydiganlarga bo‘linadi.
Viruslardan tashqari zarar keltiruvchi dasturlarning quyidagi xillari mavjud:
– troyan dasturlari;
– mantiqiy bombalar;
masofadagi kompyuterlarni yashirincha ma’murlovchi xaker utilitalari;