• RAID tizimlarining kamchiliklari
  • Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari




    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/92
    Sana22.07.2024
    Hajmi7,29 Mb.
    #268251
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92
    Bog'liq
    Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

    RAID tizimlarining afzalliklari
    . Unumdorlik va ishonchlilik
    : RAID
    texnologiyasi disklarda ma’lumotlarni o‘qish va yozish unumdorligini oshiradi.
    Ushbu texnologiya IO jarayonini taqsimlash orqali unumdorlikni yaxshilaydi va
    jarayon tezligi, yagona diskda ma’lumotlarni saqlashga qaraganda, yuqori bo‘ladi.
    Xatolikni nazoratlash: buzilgan diskda saqlangan ma’lumotlarni qolgan
    diskdagi ma’lumotlar bilan taqqoslash orqali ularni tiklashni yoki tuzatishni
    amalga oshiradi.
    Ma’lumotlar ortiqchaligi (ma’lumotlarni nusxalash): diskning buzilishi
    istalgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin. RAID texnologiyasi qurilma buzilganida
    ma’lumotlarni nusxalash orqali uning qayta tiklanishini ta’minlaydi.
    Disklarni navbatlanishi: ma’lumotlarni o‘qish/ yozish unumdorligini
    oshiradi. Ma’lumotlar kichik bo‘laklarga bo‘linib, bir qancha disklar bo‘ylab
    tarqatiladi. RAID tizimida ma’lumotlarni o‘qish va yozish bir vaqtda bajariladi.


    Tizimning ishlash davomiyligi: ushbu o‘lchov kompyuterning ishonchligini
    va barqarorligini belgilaydi. Tizimning ishlash davomiyligi tizimning avtomatik
    ishlash vaqtini belgilaydi.
    RAID tizimlarining kamchiliklari
    .
    Tarmoq drayverlarini yozish
    : RAID
    texnologiyasi asosan serverlarda foydalanish uchun loyihalangani bois, uning
    asosiy kamchiligi - barcha tarmoq drayverlarini yozish.
    Mos kelmaslik
    : tizimlar turli RAID drayverlarini madadlaydi. Muayyan
    apparat yoki dasturiy komponent serverda sozlangan RAID tizimi bilan mos
    kelmasligi mumkin. Mos kelmaslik RAID tizimining o‘z vazifasini to‘g‘ri amalga
    oshirilmasligiga olib kelishi mumkin.
    Ma’lumotlarning yo‘qolishi
    : RAID drayverlari mexanik muammolar tufayli
    o‘z funksiyalarini bajara olmasliklari mumkin. Disklar ketma-ket buzilishga
    uchraganida ma’lumotlarning yo‘qolishi xavfi ortadi.
    Qayta tiklashning uzoq vaqti
    : katta hajmli disklardan foydalanish
    ma’lumotlarni uzatish tezligini ortishiga olib keladi. Biroq, katta hajmli disklarda
    ma’lumotlarni tiklash va buzilgan disklarni qayta sozlash uzoq vaqt talab etadi.
    Narxining yuqoriligi
    : RAID texnologiyasini amalga oshirish iqtisodiy
    jihatdan katta mablag‘ni talab etadi. Bundan tashqari, tizim ishini yaxshilash uchun
    qo‘shimcha RAID kontrollerlarini va qurilma drayverlarini sotib olish talab etiladi.
    Mos RAID sathini tanlash tashkilot zaruriyatidan kelib chiqqan holda va har
    bir sathning taqdim qilayotgan imkoniyatlariga asoslanishi zarur. RAID sathini
    tanlashda ularni xususiyatlariga ham e’tibor berish talab etiladi (6.1-jadval).


    Zaxira nusxalash usullari. Tashkilot o‘zining moliyaviy imkoniyati va AT
    infrastrukturasi asosida zaxira nusxalash usulini tanlaydi. Ma’lumotlarni zaxira
    nusxalashning quyidagi usullari mavjud.
    Issiq zaxiralash
    . Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning mazkur usuli amalda
    keng qo‘llaniladi va dinamik yoki aktiv zaxira nusxalash usuli deb ham ataladi.
    Ushbu usulga binoan foydalanuvchi tizimni boshqarayotgan vaqtida zaxira
    nusxalash jarayonini ham amalga oshirishi mumkin. Mazkur zaxiralash usulini
    amalga oshirish tizimning harakatsiz vaqtini kamaytiradi. Zaxiralash davomida
    ma’lumotlardagi o‘zgarish yakuniy zaxira nusxasiga ta’sir qilmaydi. Ravshanki,
    zaxiralashni amalga oshirish vaqtida tizimning ishlash jarayoni sekinlashadi.
    Sovuq zaxiralash.
    Ushbu zaxiralash usuli offlayn zaxiralash deb ham atalib,
    tizim ishlamay turganida yoki foydalanuvchi tomonidan boshqarilmagan vaqtda


    amalga oshiriladi. Ushbu usul zaxiralashning xavfsiz usuli bo‘lib, ma’lumotlarni
    nusxalashda turli tahdidlardan himoyalaydi.
    Iliq zaxiralash
    . Ushbu zaxiralashda tizim muntazam yangilanishni amalga
    oshirish uchun tarmoqqa bog‘lanishi kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlarni akslantirish
    yoki nusxalash hollarida muhim hisoblanadi. Zaxira nusxalashda ma’lumotlarni
    saqlash manzilini tanlash muhim hisoblanadi. Zaxira nusxalarni quyidagi
    manzillarda saqlash mumkin.
    Ichki (onsite) zaxiralash
    . Ushbu zaxiralash usuli tashkilot ichida amalga
    oshirilib, tashqi qurilmalar, lentali saqlagichlar, DVD, qattiq disk va boshqa
    saqlagichlardan foydalaniladi. Ichki zaxiralash qurilmalari zaxira saqlanuvchi
    ma’lumotlar hajmiga muvofiq tanlanadi.
    Tashqi (offsite) zaxiralash
    . Tashqi zaxiralash mosofadagi manzilda amalga
    oshirilib, fizik disklarda ma’lumotlarni saqlash onlayn yoki uchinchi tomon
    xizmati orqali amalga oshirilishi mumkin.
    Bulutli tizimda zaxiralash. Ushbu zaxiralash usuli onlayn usuli deb ham
    ataladi. U zaxiralangan ma’lumotlarni ochiq tarmoqda yoki ma’lum serverda
    saqlaydi. Odatda ma’lum server vazifasini uchinchi tomon xizmati amalga
    oshirishi mumkin.
    Zaxiralash turlari
    . Mos zaxiralash turi tarmoqqa ortiqcha yuklama
    qo‘shmaydi hamda narx, vaqt va resursni kam talab qiladi. Amalda uchta turdagi
    zaxiralash turlari mavjud: to‘liq, differensial va o‘sib boruvchi.
    To‘liq zaxiralash
    : ushbu usul normal zaxiralash deb ham atalib, jadvalga
    ko‘ra avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda, barcha fayllar nusxalanadi va
    zichlangan tarzda saqlanadi. Ushbu usul nusxalangan ma’lumotlar uchun samarali
    himoyani ta’minlaydi.
    O‘sib boruvchi zaxiralash
    : ushbu usulga ko‘ra zaxiralanuvchi ma’lumotlarga
    nisbatan o‘zgarish yuz berganida zaxiralash amalga oshiriladi. Oxirgi zaxira
    nusxalash sifatida ixtiyoriy zaxiralash usulidan foydalanish mumkin. Shuning
    uchun, o‘sib boruvchi zaxiralashni amalga oshirishdan oldin, tizim to‘liq
    zaxiralashni amalga oshirishi shart.


    Faraz qilaylik, zaxira nusxalash jadvaliga ko‘ra to‘liq zaxiralash yakshanba
    kuniga, ortib boruvchi zaxiralash esa seshanbadan shanbagacha amalga oshirilishi
    belgilangan bo‘lsin. Yakshanba kuni to‘liq zaxiralash amalga oshirilganidan so‘ng,
    dushanba kunidagi o‘zgarishlar seshanba kuni o‘sib boruvchi usul asosida amalga
    oshiriladi. Ushbu jarayoni shanbagacha davom ettiriladi (6.1 – rasm “a”)
    Differensial zaxiralash
    : ushbu zaxiralash usuli to‘liq va o‘sib boruvchi
    usullarning mujassamlashgan ko‘rinishi bo‘lib, oxirgi zaxiralangan nusxadan
    boshlab bo‘lgan o‘zgarishlarni zaxira nusxalash amalga oshiriladi.
    Masalan, yuqoridagi misolni qaraylik. To‘liq zaxiralash yakshanba kuni,
    differensial nusxalash esa shanbagacha amalga oshirilishi jadvalda keltirilgan
    bo‘lsin. Yakshanba kuni to‘liq zaxira nusxalash amalga oshirilganidan so‘ng,
    dushanba kuni differensial zaxiralash kun o‘tishi bilan amalga oshiriladi. Bu holat
    o‘sib boruvchi zaxiralashga o‘xshab ketadi. Biroq, seshanbada, zaxira nusxalash
    yakshanba va dushanbadagi o‘zgarishlar uchun amalga oshiriladi. Shundan so‘ng,
    chorshanbada zaxiralash yakshanba, dushanba va seshanba kunlari uchun amalga
    oshiriladi (6.1 – rasm “b”).

    Download 7,29 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari

    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish