|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 18/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Nazorat savollari:
Aholi va hududlar xavfsizligini ta'minlashning huquqiy asoslarini izohlang?
Aholi va hududlar xavfsizliginni ta’minlashda qanday tashkiliy tadbirlar o‘tkazilmoqda?
Yo‘l harakati xavfsizligini oldini olish uchun qanday chora - tadbirlar o‘tkazish zarur?
O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar?
Aholi va hududlar xavfsizliginni ta’minlashda qanday ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar o‘tkazilmoqda?
3-MA’RUZA. Faoliyat xavfsizligni tahlil qilish
Reja:
Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari
Inson faoliyatining asosiy turlari.
Ish faoliyatidagi zararli va xavfli omillar.
Inson organizmiga zararli omillarning salbiy ta’siri.
Mavzuga doir tayanch tushunchalar: Mehnat, charchash profilaktikasi, aqliy mehnat, jismoniy mehnat, xavfli omillar, mexanizatsialashgan mehnat, ijodiy mehnat, o‘ta charchash.
Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari.
Xavfsizlik umumiy nazariyasining tuzilishida asoslar va usullar ko‘rilayotgan sohadagi aloqalar o‘g‘risida to‘liq tasavvur qilishda metodologik ahamiyatga ega.
Asos, bu - fikr, g‘oya, maqsad (asosiy holat)dir. Usul, bu – eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo‘lidir.
Xavfsizlikni taminlash asoslari, usullari mantiq hamda dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo‘lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o‘zaro bog‘liqdir.
Xavfsizlikni taminlash choralari, bu – usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta`min etishdagi mantiqiy pog‘onadir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog‘liq.
Xavfsizlikni taminlash yo‘llari ko‘p. Ularni belgilariga qarab bir necha sinfga ajratish mumkin. Masalan, yo‘naltiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv.
Yo‘naltiruvchi belgilari: operatorning faolligi, iqtidori; tizimning tartibsizlanishi (destruktsiya), operatorni almashtirish, tasniflash, xavflarni yo‘qotish, tartiblash, xavfni kamaytirish.
Texnik belgilari: blokirovkalash, vakuumlash, germetiklash, masofadan boshqarish, mahkamlash, to‘siqlar orqali himoyalash, ojiz zveno qo‘llash, siqilgan
havo qo‘llash, harakatlarni sekinlashtirish.
Tashkiliy belgilari: vaqt bilan himoyalash, axborot (ma`lumotlar), zahiralash, mos kelmaslik, me`yorlash, xodimlar tanlash, ergonomiklik.
Boshqaruv: moslik, nazorat, qarshi aloqa, javobgarlik, rejalilik, rag‘batlantirishlar, samaradorlik, boshqarish.
|
| |