• O‘quv materiallar
  • Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari
  • Mustaqil ta’lim mashg‘ulot mavzulari




    Download 2,33 Mb.
    bet2/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Mustaqil ta’lim mashg‘ulot mavzulari.


  • Glossariy
  • Ilovalar:


    1. Fan dasturi

    2. Ishchi fan dasturi

    3. Testlar.

    4. O‘.U.M.ning electron varianti

        1. O‘quv materiallar


    I.1. Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari


    I-MODUL1-MODUL. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING NAZARIY ASOSLARI.


    1. Ma`ruza. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish.


    Reja:

      1. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.

      2. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari.

      3. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari.



    Tayanch so‘zlar va iboralar: faoliyat, biosfera, litosfera, gidrosfera, planeta, global, ekosistema, texnosfera, domografiya, urbanizatsiya, tavakkalning turlari, tavakkal tasniflanashi, xavflar, tahlil usuli.


        1. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari


    Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarni jumladan ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Ta’lim jarayonida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunlar asosida ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishildi. Ta’lim mazmuni tubdan ijobiy o‘zgarishga yuz tutmoqda. Ta’lim tizimining barcha tizimida eng zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish ham eng qudratli, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari bilan qurollantirilmoqda. Ijtimoiy hayot tarzi faollashmoqda. Mamlakatda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun ta’lim tizimi mazmunini tubdan o‘zgartirib yubordi. Jumladan oliy ta’lim o‘quv rejalariga zamon va hayot talablaridan kelib chiqib katta o‘zgartirishlar kiritildi. Yosh mutaxassislarga har bir sohada chuqur va keng qamrovli ma’lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab chiqarishda va jamiyatda o‘z aksini va dolzarbligini yo‘qotmaydigan bo‘lishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta’lim standartlari qo‘ygan talabga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda.


    Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini yetuk kadrlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi o‘ringa qo‘yilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bo‘lishi shubhasiz.
    Inson tug‘ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo‘ladi. Inson o‘zining yashash, dam olish, sog‘ligi haqida qayg‘urish, qulay atrof- muhit, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo‘lgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan.

    Download 2,33 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




    Download 2,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ta’lim mashg‘ulot mavzulari

    Download 2,33 Mb.