Vazirligi guliston davlat




Download 2,33 Mb.
bet3/207
Sana16.05.2024
Hajmi2,33 Mb.
#237676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
Bog'liq
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Hayot faoliyati bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir.
Inson hayoti jarayonida uni o‘rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada bo‘ladi va shu bilan birga har doim uni o‘rab turgan muhitga bog‘liq bo‘lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Atrof-muhit – insonni o‘rab turgan muhit bo‘lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog‘ligi va nasliga to‘g‘ridan to‘g‘ri, birdan urinma yoki masofadan ta’sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, kimiyoviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig‘indisidir.
Inson va atrof-muhit uzluksiz o‘zaro ta’sirda bo‘lib, doimiy harakatdagi
«Inson – atrof muhit» tizimini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o‘zgarib bordi. Inson mukammallashdi, er sharining aholisi va uning oqimi o‘sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o‘zgardi. Atrof- muhit o‘zgardi: inson o‘zlashtirgan yer yuzi va yer osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o‘sib borayotgan ta’sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun’iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bo‘ldi.
Tabiiy muhit o‘zi yetarli bo‘lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo‘la oladi va rivojlana oladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlana olmaydi va ular paydo bo‘lganidan so‘ng eskirishga va emirilishga mahkum.
Insoniyat o‘zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o‘zaro uyg‘un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, yer osti, gallaktika va cheksiz koinotdan tashkil topadi.
Biosfera – barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin bo‘lgan atrof-muhit bo‘lib, u murakkab tuzilishdagi er sharining muhim qobig‘idir. Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan. Zamonaviy olimlar biosferani moddalarni planeta bo‘yicha harakatini ta’minlovchi yirik, global ekosistema sifatida qarashadi. Hozirgi erada hayot yer qatlamining yuqori (litosfera) qismida, erning pastki havo (atmosfera) qobig‘ida va yer sharining suvli qobig‘i (gidrosfera) da tarqalgan. Bu shu bilan izohlanadiki, litosferada er osti suvlari va tog‘ cho‘kmalarida chuqurlikni sekin-asta ortib borishi bilan harorat ham ortib 2 km dan 16 km chuqurlikda 100oC va yuqori (vulqonik faollik zonasida esa
200 dan 1500oC gacha) ni tashkil etadi. Yerning yuzasida hayotning kontsentratsiyasi va faolligi eng yuqoridir.
Inson evolyutsiyasi jarayonida o‘zining oziq-ovqat, moddiy boylik, iqlim va ob-havo ta’siridan himoyalanish, o‘ziga qulaylikni oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini samaraliroq qanoatlantirishga intilib tabiiy muhitga birinchi o‘rinda biosferaga to‘xtovsiz o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu maqsadga yetish uchun u biosferani bir qismini texnosfera band etgan joyga aylantirdi.

Download 2,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




Download 2,33 Mb.