M.ning yana bir turi analog M.dir. U fizik tabiati har xil boʻlgan, lekin bir xil
matematik (algebrik, differensial va boshqalar) tenglamalar
bilan ifodalanadigan
hodisalarning analogiyasi (oʻxshashligi)ga asoslanadi. M. har doim boshqa ilmiy
va maxsus usullar bilan birga qoʻllanadi. Avvalo, M. eksperiment bilan
chambarchas bogʻliq. Biror hodisani uning modelida oʻrganishni eksperimentning
alohida xili deb karash mumkin.
Kime reaktorl arin i M. berilgan shartlarga muvofiq, istalgan oʻlchamdagi
apparatlarda oʻtadigan kimyoviy texnologiya jarayonlarining natijalarini oldindan
bilish uchun qoʻllanadi.
Baʼzi murakkab hodisalar (mas, turbulentlik, havo yoki suyuklik oqimining uzilish
sohasidagi pulslanishlar va boshqalar) uchun stoxastik M.dan foydalaniladi. U
hodisalarning ehtimolligini aniqlashga asoslanadi. Bunday modellar ayni
hodisadagi ayrim jarayonlarning oʻtishini toʻla
aks ettirmaydi, balki qandaydir
oʻrtacha, summar natijani beradi.