3.10-rasm. Elektron raqamli imzo sxemasi
ERIni shakllantirish jarayoni. Faraz
qilaylik, 𝐴 tomondan 𝑀 xabarni imzolash talab etilsin. Buning uchun xabar 𝑀 ning xesh qiymati hisoblanadi: 𝐻 = ℎ
(𝑀
). So‘ngra, xabarning xesh qiymati 𝐻 foydalanuvchining shaxsiy kaliti bilan “shifrlanadi” (bu
haqiqiy shifrlash emas, shunchaki shaxsiy kalit bilan 𝐻 ustida biror amal bajarishdan iborat) va imzo 𝑆 = [𝐻]
𝐴 hosil qilinadi. Hosil qilingan imzo ma’lumotga biriktirilib {𝑀, 𝑆} qabul qiluvchiga uzatiladi.
ERIni tekshirish jarayoni. Faraz qilaylik, 𝐵 tomondan 𝑀′ xabarga qo‘yilgan imzo 𝑆 ni tekshirish talab etilsin. Buning uchun 𝐵 tomon dastlab xabar 𝑀′ ni xesh qiymatini hisoblaydi: 𝐻
′ = ℎ
(𝑀
′). 𝐴 tomonning ochiq kaliti bilan 𝑆 ni “rasshifrovkalaydi” (bu
haqiqiy rasshifrovkalash emas, shunchaki ochiq kalit bilan 𝑆 ustida biror amal bajarishdan iborat) va 𝐻 ni hosil qiladi. Agar ikkala xesh qiymatlar (𝐻 𝑣𝑎 𝐻′) o‘zaro teng bo‘lsa, ERI to‘g‘ri deb topiladi (demak xabar yaxlit).
Rad etishdan himoyalashni
tushunishdan oldin, MAC asosida yaxlitlikni ta’minlashga biror sodda misol keltiraylik. Faraz qilaylik, 𝐴 tomon o‘zining dilleriga 𝐵 tomondan 100 ta aksiyani olishga buyurtma berdi. Berilgan buyurtmani yaxlitligini ta’minlash uchun 𝐴 tomon 𝐵 tomon bilan taqsimlangan kalit 𝐾
𝐴𝐵 yordamida MAC ni hisoblaydi. Ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng, buyurtmalar tayyor bo‘ladi. Biroq, 𝐴 tomon to‘lovni amalga oshirishdan oldin aksiyalarning narxi tushib ketadi.
Bu vaqtda, 𝐴 tomon buyurtmani men
bermadim deb turib oladi va