|
Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
|
bet | 33/111 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #246571 |
Ochiq kalitli kriptotizimlarda kalit uzunligi. Simmetrik kalitli kriptotizimlarda bo‘lgani kabi ochiq kalitli kriptotizimlarda ham real hayotda foydalanish uchun kalit uzunligiga talablar qo‘yiladi. Yuqorida simmetrik kriptotizimlar uchun ushbu masala bilan tanishib o‘tilgan edi. Simmetrik va ochiq kalitli kriptotizimlarning matematik asosi turlicha bo‘lgani bois, ular bir xil bardoshlik darajasida bo‘lganida turli kalit uzunliklariga ega bo‘ladilar (3.4-jadval).
3.4-jadval Bir xil bardoshlikka ega simmetrik va ochiq kalitli kriptotizimlar
kalitlarining uzunligi
Simmetrik shifrlash algoritmi
|
RSA algoritmi (𝑝 𝑣𝑎 𝒒𝒒 𝑠𝑜𝑛𝑙𝑎𝑟𝒔𝒔)
|
56 bit
|
512 bit
|
80 bit
|
1024 bit
|
112 bit
|
2048 bit
|
128 bit
|
3072 bit
|
192 bit
|
7680 bit
|
256 bit
|
15360 bit
|
Simmetrik kriptotizimlarda bo‘lgani kabi ochiq kalitli kriptotizimlarda ham kalitlarni barcha variantlarini hisoblash qurilmalar imkoniyatiga bog‘liq. Ya’ni, hozirgi kunda yetarli deb qaralgan kalit uzunligi, 10 yildan keyin tavsiya etilmasligi mumkin. Chunki, 10 yil davomida hisoblash qurilmalarining imkoniyatlari hozirgi kundagi kabi bo‘lmaydi.
3.5-jadvalda RSA algoritmidagi 𝑁 modulning turli uzunligida faktorlash uchun talab etilgan vaqt qiymatlari ko‘rsatilgan. Bunda natijalar bir sekundda million amal bajaruvchi (one-million-instruction- per-second, mips) kompyuter yoki yiliga 1013 amal bajarilishi hisobida olingan. Faktorlash algoritmi sifatida GNFS (general number field sieve) dan foydalanilgan.
3.5-jadval RSA algoritmidagi 𝑁 modulning turli uzunligida faktorlash uchun
talab etiladigan vaqt qiymatlari
|
| |