|
Ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari
|
bet | 41/111 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #246571 |
Ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari
Axborot xavfsizligida ma’lumotlarni xavfsiz saqlash qanchalik muhim hisoblansa, ularni xavfsiz yo‘q qilish ham shunchalik muhim. Sababi, konfidensial axborot to‘liq yo‘q qilinmagan taqdirda uni tiklash imkoniyati saqlanib qoladi. Hozirgi kunda foydalanilayotgan barcha ma’lumotlarni yo‘q qilish usullarini ishonchli deb aytib bo‘lmaydi. Quyida qog‘oz ko‘rinishidagi va elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilish usullari va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqiladi.
Qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilish usullari. Odatda qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni yo‘q qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
maydalash (shreder);
yoqish;
ko‘mish;
kimyoviy ishlov berish.
Maydalash. Tashkilotda rahbariyat ruxsati bilan xodimlar qo‘lida bo‘lgan qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlar vaqt o‘tib o‘z kuchini yo‘qotadi yoki ularda arzimas ma’lumotlar saqlangani bois ularni yo‘q qilish zaruriyati tug‘iladi. Biroq, mazkur holda qimmat ma’lumotlar bo‘lsa ularni to‘liq yo‘q qilish talab etiladi. Maydalash jarayoni ushbu vazifani bajarishda keng qo‘llaniladigan usullardan biri hisoblanadi. Bunda ofis maydalagichi qog‘ozni kesish orqali juda kichik bo‘laklarga ajratadi (3.14-rasm).
3.14-rasm. Shreder Rexel Auto+ 90X
Maydalash usulining afzalligi quyidagilardan iborat:
bir marta sotib olish bilan uzoq vaqt foydalanish mumkin;
materiallarni yo‘q qilish uchun qo‘shimcha joy talab qilinmaydi;
maxfiy ma’lumotlarni ham maydalay oladi.
Yoqish. Yoqish orqali katta hajmdagi hujjatlarni tezda yo‘q qilish mumkin. Ma’lumotlarni yo‘q qilishning mazkur usuli ekologik jixatdan ma’qullanmaydi. Bundan tashqari yoqish usuli quyidagi kamchiliklarga ega:
tashkilot ichida yoki tashqarisida qog‘ozlarni yoqish uchun maxsus joy bo‘lishi talab etiladi;
agar yonish yuqori sharoitda maxsus qozonxonalarda amalga oshirilmasa, qattiq bosilgan papkalarni to‘liq yonmaslik ehtimoli mavjud;
olovni yoqish, qog‘ozlarni yuklash va tushirish ortiqcha xarajat talab etadi.
Ko‘mish. Ushbu usul avvallari keng foydalanilgan usul hisoblansada, hozirda kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Ushbu usul qog‘ozdagi ma’lumotlarni to‘liq yo‘q qilish imkoniyatini bermaydi. Iqlimi quruq hududlarda qozog‘dagi ma’lumotlarni yo‘q bo‘lishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.
Kimyoviy ishlov berish. Yuqori maxfiylik darajasiga ega hujjatlarni yo‘q qilishda yuqorida keltirilgan usullar to‘liq kafolatni ta’minlamaydi. Kimyoviy usul esa qog‘oz ko‘rinishidagi axborotni 100% ishonchlik bilan yo‘q qilish imkonini beradi. Buning uchun maxsus kimyoviy modda va suvdan foydalaniladi. Hosil qilingan massani tiklashning umuman imkoni mavjud emas. Ushbu usulning yagona kamchiligi narxining yuqoriligi va maxsus joy talab etilishi.
|
| |