Disk va fayl tizim sathida shifrlash




Download 2,03 Mb.
bet40/111
Sana20.05.2024
Hajmi2,03 Mb.
#246571
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111
Disk va fayl tizim sathida shifrlash. Diskni shifrlash. Bu jarayon turli ma’lumotlarni saqlash vositalarida (qattiq disk, yumshoq disk, USB disk va bosh.) saqlangan ma’lumot konfidensialligini ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Bunda diskni shifrlashning apparat-dasturiy yoki dasturiy vositasidan foydalanilib, butun diskdagi yoki uning bir qismidagi (masalan, D disk) har bir bit shifrlanadi. Ushbu jarayonning maqsadi ruxsat etilmagan foydalanishdan nazoratlash.
Butun diskni shifrlash (Full disk encryption (FDE) yoki whole disk encryption) deb nomlanuvchi vositalar diskdagi barcha ma’lumotlarni shifrlaydi va bunda faqat operatsion tizimning yuklanishi uchun zarur bo‘lgan sektorlar (master boot record, (MBR)) shifrlanmaydi. Ba’zi qurilmaga asoslangan diskni shifrlash vositalari (Hardware-based full disk encryption, FDE) esa MBR ni ham shifrlaydi. Bular quyidagi disk ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarida mavjud:

  • qattiq disk ishlab chiqaruvchilar: iStorage Limited, Seagate Technology, Hitachi, Western Digital, Samsung, Toshiba;

  • SSD turidagi disk ishlab chiqaruvchilar: OCZ, SanDisk, Samsung, Micron, Integral Memory;

  • USB disk ishlab chiqaruvchilar: Yubikey yoki iStorage Limited.

Qurilmaga asoslangan FDE ikkita tashkil etuvchidan: qurilmaga asoslangan shifrlash vositasidan va ma’lumotlarni saqlash qismidan iborat. Qurilmaga asoslangan FDE ning hozirda uchta ko‘rinishi amalda keng qo‘llaniladi:

  1. Hard disk drive (HDD) FDE.

  2. Enclosed hard disk drive FDE.

  3. Bridge and Chipset (BC) FDE.

HDD FDElar odatda HDD ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi. Bunda ishlab chiqaruvchilar Opal Storage Specification texnologiyasidan foydalanadilar. Hitachi, Micron, Seagate, Samsung va Toshiba tomonidan esa TCG OPAL SATA drayveridan foydalanish orqali diskni shifrlash amalga oshiriladi.
Ba’zi diskni shifrlovchi dasturiy vositalar tomonidan shaffof shifrlash (Transparent encryption) usuli foydalaniladi. Bu usulga ko‘ra shifrlash kaliti taqdim etilganidan so‘ng avtomatik tarzda diskning barcha sektorlari (fayl nomini, katalog nomini, fayl kontentini va boshqa meta ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan holda) shifrlanadi. Dasturiy vosita ko‘rinishidagi diskni shifrlash vositalariga Aloaha Crypt Disk, BestCrypt Volume Encryption, BitArmor DataControl, BitLocker, Bloombase Keyparc, Cryptic Disk, USBCrypt va boshqalarni misol sifatida keltirish mumkin (3.13-rasm).


3.13-rasm. Windows OTda BestCrypt dasturiy vositasining ko‘rinishi
Diskni to‘liq shifrlash usuli alohida fayl/ katalogni shifrlash usuliga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:

  • Deyarli barcha narsa, almashtirish maydoni (swap space) va vaqtinchalik fayllar shifrlanadi. Ushbu fayllarni shifrlash juda zarur, chunki odatda ular muhim axborotni oshkor qilishi mumkin. Dasturiy vosita ko‘rinishidagi diskni shifrlovchilar dastlabki yuklash kodini (bootstrapping code) shifrlamaydi. Masalan, BitLocker Drive Encryption dasturiy vositasini ishga tushirish uchun shifrlanmagan soha qoldiradi va qolgan sohalarni to‘liq shifrlaydi.

  • Ushbu usul foydalanuvchi shaxsiy xabarlarini alohida shifrlashni unutgan vaqtlarda juda qo‘l keladi.

  • Zudlik bilan ma’lumotlarni yo‘q qilish, masalan, kriptografik kalitni yo‘q qilish mavjud ma’lumotni foydasiz holatga keltiradi. Kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tiklash usullariga bardoshli bo‘lishi uchun diskni fizik yo‘q qilish tavsiya etiladi.

Faylni shifrlash (Filesystem-level encryption yoki file-based encryption (FBE) yoki file/folder encryption) deb nomlanuvchi shifrlash usuli diskni shifrlashning bir ko‘rinishi bo‘lib, fayl tizimi orqali fayllar yoki kataloglar shifrlanadi. FBE shifrlash o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • asosiy fayl tizimining ustida joylashgan kriptografik fayl tizimidan foydalanish (masalan, ZFS, EncFS);

  • shifrlashni amalga oshiruvchi yagona umumiy maqsadli fayl tizimi.

Fayl/ katalogni shifrlash usuli quyidagi afzalliklarga ega:

  • faylga asoslangan holda kalitlarni boshqarish, ya’ni, har bir fayl uchun turli kalitlardan foydalanish;

  • shifrlangan fayllarni alohida boshqarish butun shifrlangan diskni boshqarishdan ko‘ra osonroq;

  • foydalanishni boshqarish ochiq kalitli kriptografik tizimlar yordamida amalga oshirilishi mumkin;

  • faqat kriptografik kalitlar xotirada saqlanib, shifrlangan fayllar ochiq holatda saqlanadi.




    1. Download 2,03 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111




Download 2,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Disk va fayl tizim sathida shifrlash

Download 2,03 Mb.