|
Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
|
bet | 32/111 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #246571 |
Ochiq kalitli kriptotizimlardan foydalanish. Ochiq kalitli kriptografik tizimlardan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishda quyidagi belgilashlar kiritiladi:
𝐴 tomonning ochiq kaliti bilan xabar 𝑀 ni shifrlash: 𝐶 = {𝑀}𝐴.
𝐴 tomonning shaxsiy kaliti bilan shifrmatnni rasshifrovkalash:
𝑀 = [𝐶]𝐴.
Bundan quyidagi tenglikni osongina yozish mumkin: [{𝑀}𝐴]𝐴 = 𝑀. Boshqacha aytganda, 𝑀 xabarni 𝐴 tomonning ochiq kaliti bilan shifrlab, keyin aynan shu tomonning shaxsiy kaliti bilan rasshifrovkalash amalga oshirilsa, yana dastlabki xabar hosil bo‘ladi.
Simmetrik shifrlar bilan bajarilgan ixtiyoriy amalni, ochiq kalitli shifrlash algoritmlari bilan ham amalga oshirish mumkin. Masalan, tarmoqda ma’lumotlarni uzatishda va xavfsiz bo‘lmagan muhitda axborot konfidensialligini ta’minlashda simmetrik shifrlash algoritmlarining o‘rniga ochiq kalitli kriptografik tizimlardan foydalanish mumkin. Biroq, jarayon ko‘proq vaqt talab etadi.
Bundan tashqari, simmetrik kriptotizimlar kabi ochiq kalitli kriptotizimlardan ham ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlashda foydalanish mumkin.
Ochiq kalitli kriptotizimlar simmetrik kriptotizimlarda mavjud kalitni taqsimlash muammosini o‘zida bartaraf etgan. O‘z o‘rnida simmetrik kriptotizimlar ochiq kalitli kriptotizimlarga qaraganda samaradorligi bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, shifrlash va rasshifrovkalash amallari simmetrik kriptotizimlarda, ochiq kalitli shifrlash algoritmlariga nisbatan, tezroq amalga oshiriladi.
Har ikkala kriptotizimning afzalliklarini birlashtirish imkoniyati mavjudmi? Ya’ni, ma’lumotni shifrlashda yuqori samaradorlikka ega va kalitlarni taqsimlash muammosi bo‘lmagan kriptotizimni yaratish mumkinmi? Albatta, buning imkoniyati mavjud va bunday tizimlar gibrid kriptotizimlar deb ataladi. Gibrid kriptotizimlarda simmetrik shifrlash algoritmining kaliti ochiq kalitni shifrlash orqali yetkazilsa, ma’lumotlarning o‘zi esa simmetrik shifrlash orqali himoyalanadi. Gibrid kriptotizim sxemasi 3.7-rasmda aks ettirilgan.
{K}B
E(B tomon ma’lumoti, K) E(A tomon ma’lumoti, K)
А tomon B tomon
3.7-rasm. Gibrid kriptotizim
|
| |