|
Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
|
bet | 53/111 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #246571 |
Kompilyator
|
BILL
|
Alisa
|
x
|
-
|
Kompilyator
|
rx
|
rw
|
Faraz qilaylik, Alisa kompilyatorni ishga tushirdi va fayl nomi sifatida BILL ni ko‘rsatdi. Alisa ushbu imtiyozga ega bo‘lmagani uchun, mazkur buyruq amalga oshirilmaydi. Biroq, Alisa nomidan ish ko‘ruvchi kompilyator BILL faylini qayta yozish imkoniyatiga ega. Agar kompilyator o‘z imkoniyati bilan ishlasa va u Alisa tomonidan ishga tushirilsa, u holda BILL faylini zararlashi mumkin (4.9-rasm).
ALISA
4.9-rasm. Tartibsiz yordamchi
BILL
Bu nima uchun tartibsiz yordamchi deb ataladi? Kompilyator Alisa tomonida va shuning uchun uning yordamchisi bo‘lgani bois, Alisaning imtiyoziga ko‘ra ish ko‘rish o‘rniga o‘zining imtiyoziga asosan ish ko‘rmoqda.
ACL bilan mazkur holatini oldini olish juda ham murakkab (lekin imkonsiz emas). Boshqa tomondan, C-list yordamida buni osonlikcha bartaraf etish mumkin. Imtiyozga asoslangan tizimlarda, Alisa kompilyatorga murojaatni amalga oshirganida, unga o‘zining C-listini beradi. Bu holda kompilyator Alisaning C-listini tekshiradi va agar imtiyozi bo‘lgan taqdirda debaggerlash faylini yaratadi. Alisani BILL faylini qayta yozishga ruxsati bo‘lmagani sababli, 4.9-rasmdagi holat kuzatilmaydi.
ACL va C-listning foydali tomonlarini o‘zaro taqqoslash juda ham foydali. ACL odatda foydalanuvchi o‘zining ma’lumotlarini boshqarishida va himoya ma’lumotga qaratilgan hollarda afzal ko‘riladi. Bundan tashqari, ACL bilan biror resursga huquqlarni almashtirish oson. Boshqa tomondan, imkoniyatlar ro‘yxati bilan vakolatlar berish oson va foydalanuvchining qo‘shishi yoki o‘chirishi juda ham oson. Vakolat berish qobiliyati tufayli tartibsiz yordamchi muammolaridan osonlik bilan qochish mumkin. Biroq, imkoniyatlarni amalga oshirish biroz murakkab va yuqori harajatni talab etadi. Bu aniq bo‘lmasada, taqsimlangan tizimlarga xos bo‘lgan ko‘plab muammolar undagi imkoniyatlar sababli kelib chiqadi. Shu sababli, ACLdan hozirgi kunda C-listdan ko‘ra ko‘proq foydalaniladi.
|
| |