Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




Download 2,03 Mb.
bet61/111
Sana20.05.2024
Hajmi2,03 Mb.
#246571
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   111
Toza stol siyosatiga ko‘ra tashkilot uchun muhim bo‘lgan axborotni xodimlar tomonidan nazoratsiz qoldirilmasligi va ish joyidan tashqariga olib chiqmasligi zarur. Toza ekran siyosati esa xodim o‘z kompyuteridan foydalanishi davomida uni nazoratsiz qoldirmaslikka e’tibor qaratadi.
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: yoritish tizimlari. Yoritish tizimlari tashkilot binosi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilot binolarining atrofini yetarlicha yoritmaslik boshqa xavfsizlik vositalarining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Masalan, agar tashkilotning kirishida, mashina turar joylarida yoki kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan boshqa hududlarda yoritish tizimi talabga javob bermasa, ushbu hududlardagi noqonuniy harakatlarni aniqlash imkoniyati kamayadi. Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanligiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

    • doimiy yoritish tizimlari – tashkilot binosi atrofida o‘rnatilgan yoritish vositalari;

    • kutish rejimidagi yoritish tizimlari – biror bir ogohlantiruvchi signal ta’sirida avtomatik yoki noavtomatik tarzda ishlaydigan yoritish vositalari;

    • harakatlanuvchi yoritish tizimlari qo‘lda boshqariluvchi yoritish vositalari bo‘lib, qorong‘uda zaruriyat bo‘lganida yoritish uchun foydalaniladi;

    • favqulotda yoritish tizimlari elektr energiyasi manbalari ishdan chiqqanida tashkilot binolarini vaqtinchalik yoritish uchun foydalaniladi.

Boshqa fizik xavfsizlik choralari: energiya manbalari. Energiya manbalari nafaqat tashkilotning axborot texnologiyalari tizimiga, balki fizik xavfsizlikni ta’minlash tizimlariga ham katta ta’sir qiladi. Energiyaning yetarli darajada bo‘lmasligi yoki tez-tez uzilib qolishi natijasida jixozlarga zarar yetishi mumkin. Tashkilotlarda energiya manbaining uzilishi natijasida yuzaga keladigan zararni kamaytirish uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim:

    • energiya tebranishlariga tayyor turish;

    • energiya uzilishi kuzatilganida uzluksiz energiya manbalaridan (UPS – Unintrruptible power supply) foydalanish;

    • vositalarni tahdidlardan himoyalash tizimlarini o‘rnatish;

    • ish joylarida statik elektr ta’siridan himoyalash tizimlarini o‘rnatish;

    • elektr energiyasida ishlaydigan vositalardan to‘g‘ri foydalanish.

Ish joyining xavfsizligi: qabulxona. Tashkilotning qabulxonasi har doim mehmon va tashkilotlar orasida o‘zaro aloqa o‘rnatishda muhim joy hisoblanadi. Tashkilot qabulxonasida deyarli har kuni turli mehmonlar, hamkorlar, xodimlar va h. bo‘lishadi. Shu sababli, qabulxonadagilar ularning har birini tanib olishga harakat qilishlari va qaydlashlari lozim.
Ish joyining xavfsizligi: Server/ zaxira nusxalash qurilmalarining xavfsizligi. Har bir tashkilot o‘z serverining va zaxira nusxalash vositalarining fizik xavfsizligini ta’minlashga e’tibor berishi lozim. Ushbu vositalarga nisbatan fizik ruxsatlarning cheklanganligi bois, ulardan faqat ruxsat etilgan shaxslar foydalana olishlari mumkin. Server va zaxira nusxalash qurilmalarining fizik xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

    • server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash. Bu chora ushbu qurilmalarning noma’lum shaxslar yoki xodimlar tomonidan ruxsatsiz boshqarilishini cheklaydi;

    • server va zaxira nusxalash vositalari joylashgan xonaga yoki muhitga kuzatuv kameralarini va smart karta yoki biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiyani joriy etish;

    • serverlarni, o‘g‘irlinishidan va zararlanishidan himoyalash uchun, maxsus tagliklarga o‘rnatish;

    • turli energiya o‘zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira UPS vositasiga ulash;

    • qurilmalarni qulflanuvchi xonalarda saqlash;

    • xodimlar tomonidan ruxsatsiz zaxira nusxalamasligini va server vositalarini olib chiqib ketilmasligini ta’minlash.


Download 2,03 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   111




Download 2,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Download 2,03 Mb.