|
Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
|
bet | 64/111 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #246571 |
Axborotning yo‘li
5.4-rasm. Axborotning OSI modeli bo‘yicha abonetdan abonentga o‘tish yo‘li
Ushbu modelning asosiy g‘oyasiga muvofiq har bir sathga aniq vazifa yuklanadi. Natijada ma’lumotlarni uzatish masalasi osongina ko‘zga tashlanadigan alohida masalalarga ajratiladi. OSI modelida o‘zaro aloqa vositalari yettita sathga bo‘linadi: tatbiqiy, taqdimiy, seans, transport, tarmoq, kanal va fizik. Har bir sath tarmoq qurilmalari orasidagi aloqaning ma’lum sathi bilan ish ko‘radi.
Faraz qilaylik, ilova so‘rov bilan tatbiqiy sathga, masalan, fayl xizmatiga murojaat etsin. Ushbu so‘rovga binoan tatbiqiy sathning dasturiy ta’minoti axborotning standart formatini shakllantiradi. Oddiy axborot sarlavxa va ma’lumotlar hoshiyasidan iborat bo‘ladi. Axborot shakllanganidan so‘ng tatbiqiy sath uni pastga-taqdimiy sathga uzatadi. Taqdimiy sathning protokoli tatbiqiy sathning sarlavhasidan olingan axborotga asosan talab qilingan harakatlarni bajaradi va ma’lumotga o‘zining xususiy xizmat axborotini-taqdimiy sathning sarlavhasini qo‘shadi. Natijada olingan axborot pastga-seans sathiga uzatiladi. Seans sathning protokoli taqdimiy sathning sarlavhasidan olingan axborotga asosan talab qilingan xarakatlarni bajaradi va ma’lumotga o‘zining xizmat axborotini – seans sathning sarlavhasini qo‘shadi. Bu sarlavhada mashina adresatining seans sathi protokoli uchun ko‘rsatmalar bo‘ladi. Natijada olingan axborot pastga, transport sathiga uzatiladi. Transport sathi o‘z navbatida o‘zining sarlavhasini qo‘shadi. Nihoyat, axborot pastki – fizik sathga yetib boradi. Fiziq sath o‘zining sarlavhasini qo‘shib, axborotni mashina adresatiga aloqa liniyalari orqali uzatadi. Bu paytga kelib, axborot barcha sath ilovalariga “o‘sadi”. Axborot mashina-adresatiga
yetib kelganidan so‘ng yuqoriga qarab sathlar bo‘yicha ko‘chiriladi. Har bir sath, ushbu sathga mos vazifalarni bajargani holda, o‘z sathi sarlavhasini tahlillaydi va ishlatadi. So‘ngra bu sarlavhani chiqarib tashlab, axborotni yuqori sathga uzatadi.
OSI modelida protokollarning ikki xili farqlanadi. Ulanishni o‘rnatishli (connection oriented) protokollarida ma’lumotlarni almashishdan avval uzatuvchi va qabul qiluvchi ulanishni o‘rnatishi va ehtimol, ma’lumotlar almashishida ishlatiladigan protokolning ba’zi parametrlarini tanlashi lozim. Muloqot tugaganidan so‘ng ular ulanishni uzib tashlashlari lozim. Ulanishni o‘rnatishga asoslangan o‘zaro aloqaga misol sifatida telefonni ko‘rsatish mumkin.
Protokollarning ikkinchi guruhi – oldindan ulanishni o‘rnatishsiz (connection less) protokolidir. Bunday protokollarni datagrammali protokollar ham deb yuritiladi. Uzatuvchi axborotni u tayyor bo‘lganida uzatadi. Oldindan ulanishni o‘rnatishsiz aloqaga misol sifatida xatni pochta qutisiga tashlashni ko‘rsatish mumkin. Kompyuterlarning uzaro aloqasida protokollarning ikkala xili ishlatiladi.
|
| |