• Zararli
  • Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 2,03 Mb.
    bet67/111
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,03 Mb.
    #246571
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111
    Xizmatdan voz kechishga undash (Denial of service, DOS) hujumlari. Xizmatdan voz kechishga qaratilgan hujumlarda hujumchi mijozlarga, foydalanuvchilarga tashkilotlarda mavjud bo‘lgan biror xizmatni cheklashga urinadi. DOS hujumlari biror axborotning o‘g‘irlanishiga yoki yo‘qolishiga olib kelmasada, tashkilot funksiyasini bajarilmasligiga sababchi bo‘ladi. DOS hujumlari tizimda saqlangan
    fayllar va boshqa maxfiy ma’lumotlarga, hattoki web-saytning ishlashiga ham ta’sir qiladi. Ushbu hujum bilan web-sayt faoliyatini to‘xtatib qo‘yish mumkin.
    Taqsimlangan DOS hujumlar: (Distributed DOS, DDOS). DDOS keng qamrovli nishondagi tizim va tarmoq resurlarida xizmatdan foydalanishni buzishga qaratilgan hujum bo‘lib, Internetdagi ko‘plab zombi kompyuterlar orqali bilvosita amalga oshiriladi. Bunda, hujum ostidagi xizmatlar asosiy nishon deb qaralib, tizimlarni obro‘sizlantirish (zombi holatiga olib kelish) ikkilamchi nishon deb qaraladi.
    Zararli hujumlar. Zararli hujumlar tizim yoki tarmoqqa bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Zararli dastur – fayl bo‘lib, kompyuter tizimiga tahdid qilish imkoniyatiga ega va troyanlar, viruslar, “qurt”lar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
    Zararli dasturiy vositalari foydalanuvchining ruxsatisiz hujumchi kabi g‘arazli amallarni bajarishni maqsad qilgan vosita hisoblanib, ular yuklanuvchi kod (.exe), aktiv kontent, skript yoki boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Hujumchi zararli dasturiy vositalardan foydalangan holda tizim xafsizligini obro‘sizlantirishi, kompyuter amallarini buzishi, maxfiy axborotni to‘plashi, web saytdagi kontentlarni modifikatsiyalashi, o‘chirishi yoki qo‘shishi, foydalanuvchi kompyuteri boshqaruvini qo‘lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari, zararli dasturlardan hukumat tashkilotlaridan va korporativ tashkilotlardan katta hajmdagi maxfiy axborotni olish uchun ham foydalanish mumkin. Zararli dasturlarning hozirda quyidagi ko‘rinishlari keng tarqalgan:

    • viruslar: o‘zini o‘zi ko‘paytiradigan dastur bo‘lib, o‘zini boshqa dastur ichiga, kompyuterning yuklanuvchi sektoriga yoki hujjat ichiga biriktiradi;

    • troyan otlari: bir qarashda yaxshi va foydali kabi ko‘rinuvchi dasturiy vosita sifatida o‘zini ko‘rsatsada, yashiringan zararli koddan iborat;

    • adware: marketing maqsadida yoki reklamani namoyish qilish uchun foydalanuvchi faoliyatini kuzatib boruvchi dasturiy ta’minot;

    • spyware: foydalanuvchi ma’lumotlarini qo‘lga kirituvchi va uni hujumchiga yuboruvchi dasturiy kod;

    • rootkits: ushbu zararli dasturiy vosita operatsion tizim tomonidan aniqlanmasligi uchun o‘z harakatlarini yashiradi;

    • backdoors: zararli dasturiy kodlar bo‘lib, hujumchiga autentifikatsiyani amalga oshirmasdan, aylanib o‘tib tizimga kirish imkonini beradi, masalan, ma’mur parolisiz imtiyozga ega bo‘lish;

    • mantiqiy bombalar: zararli dasturiy vosita bo‘lib, biror mantiqiy shart qanoatlantirilgan vaqtda o‘z harakatini amalga oshiradi;

    • botnet: Internet tarmog‘idagi obro‘sizlantirilgan kompyuterlar bo‘lib, taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish uchun hujumchi tomonidan foydalaniladi;

    • ransomware: mazkur zararli dasturiy ta’minot qurbon kompyuterida mavjud qimmatli fayllarni shifrlaydi yoki blokirovkalab, to‘lov amalga oshirilishini talab qiladi.




      1. Download 2,03 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111




    Download 2,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 2,03 Mb.