Tarmoq xavfsizligi muammolari




Download 2,03 Mb.
bet65/111
Sana20.05.2024
Hajmi2,03 Mb.
#246571
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   111

Tarmoq xavfsizligi muammolari


Axborot, Internet va kompyuter xavfsizligida aksariyat foydalanuvchilar tahdid, zaiflik va hujum tushunchalaridan tez-tez foydalanadilar. Biroq, aksariyat foydalanuvchilar tomonidan ularni almashtirish holatlari kuzatiladi.
Zaiflik – “portlaganida” tizim xavfsizligini buzuvchi kutilmagan va oshkor bo‘lmagan hodisalarga olib keluvchi kamchilik, loyihalashdagi yoki amalga oshirishdagi xatolik.
Taxdid (axborot xavfsizligiga taxdid) - axborot xavfsizligini buzuvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki real mavjud xavfni tug‘diruvchi sharoitlar va omillar majmui.
Hujum – bosqinchining operatsion muhitini boshqarishiga imkon beruvchi axborot tizimi xavfsizligining buzilishi.
Hozirda tarmoq orqali amalga oshiriluvchi masalalarning ortishiga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:
Qurilma yoki dasturiy vositaning noto‘g‘ri sozlanishi. Xavfsizlik bo‘shliqlari, odatda, tarmoqdagi qurilma yoki dasturiy vositalarning noto‘g‘ri sozlangani bois vujudga keladi. Masalan, noto‘g‘ri sozlangan yoki shifrlash mavjud bo‘lmagan protokoldan foydalanish tarmoq orqali yuboriluvchi maxfiy ma’lumotlarning oshkor bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Tarmoqni xavfsiz bo‘lmagan tarzda va zaif loyihalash. Noto‘g‘ri va xavfsiz bo‘lmagan holda loyihalangan tarmoq turli tahdidlarga va ma’lumotlarning yo‘qotilishi ehtimoliga duch kelishi mumkin. Masalan, agar tarmoqlararo ekran, IDS va virtual shaxsiy tarmoq (VPN) texnologiyalari xavfsiz tarzda amalga oshirilmagan bo‘lsa, ular tarmoqni turli tahdidlar uchun zaif qilib qo‘yishi mumkin.
Tug‘ma texnologik zaiflik. Agar qurilma yoki dasturiy vosita ma’lum turdagi tarmoq hujumlarini bartaraf eta olmasa, u ushbu hujumlarga zaif bo‘ladi. Masalan, agar tizimlarda foydalanilgan web brauzer yangilanmagan bo‘lsa, u taqsimlangan hujumlarga ko‘proq bardoshsiz bo‘ladi.
Foydalanuvchilarning e’tiborsizligi. Eng oxirgi tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborsizligi tarmoq xavfsizligiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Inson harakatlari natijasida ma’lumotlarning yo‘qolishi, sirqib chiqishi kabi jiddiy xavfsizlik muammolari paydo bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilarni qasddan qilgan harakatlari. Xodim ishdan bo‘shab ketgan bo‘lsada, taqsimlangan diskdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. U mazkur holda tashkilot maxfiy axborotini chiqib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu holatga foydalanuvchilarning
qasddan qilgan harakatlari sifatida qaraladi.
Tarmoq xavfsizligiga tahdid turlari. Tarmoqqa qaratilgan tahdidlar odatda ikki turga ajratiladi (5.5-rasm):

  • ichki tahdidlar;

  • tashqi tahdidlar.

Ichki tahdidlar. Kompyuter yoki Internetga aloqador jinoyatchiliklarning 80% ini ichki hujumlar tashkil etadi. Bu hujumlar tashkilot ichidan turib, xafa bo‘lgan xodimlar yoki g‘araz niyatli xodimlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu hujumlarning aksariyati imtiyozga ega tarmoq foydalanuvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi tahdidlar. Tashqi hujumlar tarmoqda allaqachon mavjud bo‘lgan zaiflik natijasida amalga oshiriladi. Hujumchi shunchaki qiziqishga, moddiy foyda yoki tashkilotni obro‘sini tushirish uchun ushbu hujumlarni amalga oshirishi mumkin. Mazkur holda hujumchi yuqori malakali va guruh bo‘lib hujumni amalga oshirishi mumkin.
Tashqi tahdidlar odatda ikki turga ajratiladi: tizimlashgan va tizimlashmagan tashqi tahdidlar (5.5-rasm). Tizimlashgan tashqi tahdidlar yuqori malakali shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu shaxslar tarmoqdagi mavjud zaifliklarni tezkorlik bilan aniqlash va undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishlari uchun imkoniyatga ega bo‘ladilar.
Tizimlashmagan tashqi tahdidlar odatda malakali bo‘lmagan shaxslar tomonidan turli tayyor buzish vositalari va skriptlar (senariylar) yordamida amalga oshiriladi. Ushbu hujum turlari odatda shaxs tomonidan o‘z imkoniyatini testlash yoki tashkilotda zaiflik mavjudligini tekshirish uchun amalga oshiriladi.
Internet



Tashqi tahdid
Tizimlashmagan tahdid


Tizimlashgan tahdid
Obro‘sizlangan host

Ichki tahdid



Download 2,03 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   111




Download 2,03 Mb.