• Razvedka
  • Kirish hujumlari.
  • Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 2,03 Mb.
    bet66/111
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,03 Mb.
    #246571
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111
    Ichki tarmoq

    5.5-rasm. Tarmoqqa qaratilgan turli tahdidlar

    Tarmoqqa qaratilgan hujumlar sonini ortib borishi natijasida tashkilotlar o‘z tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlashda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Bundan tashqari, hujumchilarning yoki xakerlarning tarmoqqa kirishning yangidan - yangi usullaridan foydalanishlari, ular motivlarining turlichaligi bu murakkablikni yanada oshiradi. Tarmoq hujumlari odatda quyidagicha tasniflanadi.


    Razvedka hujumlari. Razvedka hujumlari asosiy hujumni oson amalga oshirish maqsadida tashkilot va tarmoq haqidagi axborotni to‘playdi va bu hujumchilarga mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaifliklarni aniqlash imkonini beradi.
    Razvedka hujumining asosiy maqsadi quyidagi toifaga tegishli ma’lumotlarni yig‘ish hisoblanadi:

    • tarmoq haqidagi;

    • tizim haqidagi;

    • tashkilot haqidagi.

    Razvedka hujumlarining quyidagi turlari mavjud:

      • Aktiv razvedka hujumlari. Aktiv razvedka hujumlari asosan portlarni va operaеsion tizimni skanerlashni maqsad qiladi. Buning uchun, hujumchi maxsus dasturiy vositalardan foydalangan holda, turli paketlarni yuboradi. Masalan, maxsus dasturiy vosita router va

    tarmoqlararo ekranga boruvchi barcha IP manzillarni to‘plashga yordam beradi.
    Passiv razvedka hujumlari. Passiv razvedka hujumlari trafik orqali axborotni to‘plashga harakat qiladi. Buning uchun hujumchi sniffer deb nomlanuvchi dasturiy vositadan foydalanadi. Bundan tashqari, hujumchi ko‘plab vositalardan foydalanishi mumkin.
    Kirish hujumlari. Mo‘ljaldagi tarmoq haqida yetarlicha axborot to‘planganidan so‘ng, hujumchi turli texnologiyalardan foydalangan holda tarmoqqa kirishga harakat qiladi. Ya’ni, tizim yoki tarmoqni boshqarishga harakat qiladi. Bu turdagi hujumlar kirish hujumlari deb ataladi. Bularga ruxsatsiz foydalanish, qo‘pol kuch hujumi, imtiyozni orttirish, o‘rtada turgan odam hujumi va boshqalarni misol sifatida keltirish mumkin.
    Parolga qaratilgan hujumlar. Parolga qaratilgan hujumlar nishondagi kompyuter tizimi uchun nazoratni qo‘lga kiritish yoki ruxsatsiz foydalanish maqsadida amalga oshiriladi. Parolga qaratilgan hujumlar maxfiy kattaliklarni o‘g‘irlashni maqsad qiladi. Buning uchun turli usul va vositalardan foydalaniladi. Keng tarqalgan hujumlarga quyidagilar misol bo‘la oladi:

    • lug‘atga asoslangan hujum;

    • qo‘pol kuch hujumi yoki barcha variantlarni to‘liq tanlash hujumi;

    • gibrid hujum (lug‘atga va qo‘pol kuch hujumlariga asoslangan);

    • Rainbow jadvali hujumlari (oldindan hisoblangan keng tarqalgan parollarning xesh qiymatlari saqlanuvchi jadvallar).

    O‘rtada turgan odam hujumi. O‘rtada turgan odam (Man in the middle attack, MITM) hujumida hujumchi o‘rnatilgan aloqaga suqilib kiradi va aloqani uzadi. Bunda nafaqat tomonlar o‘rtasida almashinadigan ma’lumotlarga, balki, soxta xabarlarni ham yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi. MITM hujumi yordamida hujumchi real vaqt rejimidagi aloqani, so‘zlashuvlarni yoki ma’lumotlar almashinuv jarayonini boshqarishi mumkin.

    Download 2,03 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111




    Download 2,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 2,03 Mb.