|
Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
|
bet | 57/111 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #246571 |
Fizik xavfsizlikni nazoratlash. Biror fizik xavfsizlikni mos xavfsizlik nazoratisiz, amalga oshirish qiyin. Fizik xavfsizlik nazoratini, qaysi darajada amalga oshirilishiga qarab, quyidagicha tasniflash mumkin:
ma’muriy nazorat xavfsizlikni nazoratlashda inson omilini mujassamlashtiradi. Turli lavozimlardagi barcha xodimlar ma’muriy nazoratni qurishda inobatga olinishi kerak. Ma’muriy nazorat har bir foydalanuvchi boshqarishi mumkin bo‘lgan resurslarga asoslanib, boshqaruv cheklanishlarini, amaliy muolajalarni, qayd yozuvini amalga oshirish muolajalari va axborot tizimi uchun mos himoya darajasini o‘z ichiga oladi. U asosan insonni boshqarish uchun shaxsga qaratilgan usullarni amalga oshiradi.
fizik nazorat tashkilotlardagi fizik tizimlarga zarar yetishini oldini olish bilan shug‘ullanib, qurilmalarni, bino yoki biror bir maxfiy muhitni ruxsatsiz boshqarishdan himoyalashni qamrab oladi. Fizik nazorat qurilmaning yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishi, tasodifan zararlanishi yoki yo‘q qilinishi, yong‘in yoki tabiiy ofatlar kabi tahdidlardan himoyalashga xizmat qiladi.
texnik nazorat mantiqiy nazorat kabi tashkilotdagi fizik aktivlardan yoki binolardan foydalanishni nazoratlash texnologiyalaridan foydalanib, odatda taqiqlangan hududda foydalanishlarni nazoratlash uchun kompyuter qurilmalari, dasturlari, amallari va ilovalardan foydalanadi.
fizik xavfsizlikni nazoratlash, joylashuv va arxitektura. Tashkilotlar o‘zlari uchun binolar sotib yoki ijaraga olishdan oldin binoning joylashuvi, qo‘shni binolar, elektr va suv manbalari, kanalizatsiya tizimi, kichik va katta yo‘llarga yaqinligi, transport masalasi, tez yordam ko‘rsatish holati, shifoxona, ayeroportga yaqinligi, mazkur hududdagi jinoyatchilik ko‘rsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarining mavjudligi va boshqa fizik xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan barcha omillarni e’tiborga olishlari shart. Tanlangan hudud toshqinlar, tarnadolar, yer silkinishi, dovul, yong‘inlar kabi tabiiy ofatlardan xoli bo‘lishi tavsiya etiladi.
Binolarning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo‘lib, ichki struktura va arxitekturani loyihalash va rejalashtirish vaqtida tashkilot tomondan binodagi barcha aktivlarning ro‘yxati tayyor bo‘lishi lozim.
Tashkilot infrastruktura va arxitekturasini loyihalashda quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim:
binoga kirish eshiklarining soni, asosiy kirish, zinalar, lift, mashinalar to‘xtab turish joylari, o‘tish yo‘laklari va qabul qilish hududlarini aniqlashtirilganligiga;
joylashgan hududga yaqin qo‘shni binolarning ichki va tashqi arxitekturasi va atrofdagilar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashilganiga;
halokatli buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko‘rinishi orqali zarar yetishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga;
agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, ularni sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga ta’sirini o‘rganilganligiga;
fizik xavfsizlikni, maxfiy ma’lumotlarni saqlash va tashkilot faoliyatini samarali tashkil etishini nazoratlash uchun talab etilgan muhim infrastrukturani aniqlashtirishga.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong‘inga qarshi tizimlar. Yong‘inga qarshi tizimlar o‘zida aktiv va passiv yong‘inga qarshi himoyani mujassamlashtirgan bo‘lib, fizik xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi, yong‘in yuzaga kelganini avtomatlashgan yoki avtomatlashmagan holda aniqlaydi (4.17-rasm).
4.17-rasm. Yong‘inga qarshi himoya vositalari
|
| |