5
SO‘ZBOSHI
Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimlari ularga qo‘yiladigan
talablar,
ularning ishlash sharoitlari, foydalaniladigan elektroenergetik va
elektrotexnik qurilma va jihozlar, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha
sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimlaridan keskin farq qiladi.
“Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti” fani 5310200 – elektr
energetikasi (temir yo‘l transporti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi
asosiy ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu fanni talab darajasida
o‘zlashtirish uchun talaba o‘quv rejadagi “Oliy matematika”, “Fizika”,
“Elektrotexnikaning nazariy asoslari”, “Elektronika asoslari”, “Elektrotexnika
materiallari”, “Elektromexanika”, “Metrologiya va elektr o‘lchashlar”,
“Avtomatika va mikroprotsessorli qurilmalar asoslari”, “Energetikaning
matematik masalalari”, “Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash
va ularni avtomatlashtirish” fanlari bo‘yicha yetarlicha bilimga ega bo‘lishi
lozim. Shuning bilan birga ushbu fan o‘quv rejadagi “Elektr tarmoqlari va
tizimlari”, “Kontakt tarmog‘i”, “Tortuvchi nimstansiyalar”, “Yuqori kuchlanish
texnikasi va izolatsiya”, “Elektr ta’minoti qurilmalarini qurish va montaj qilish”
va “Notortuvchi iste’molchilar elektr ta’minoti” kabi umumkasbiy hamda
ixtisoslik fanlari bilan chambarchas bog‘langan.
Ushbu fan bo‘yicha darslik 2016-yilda chop etilgan bo‘lsa-da, uning hajmi
cheklanganligi bois unda elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimida
foydalaniladigan qurilmalar,
uskunalar, apparaturalar va sxemalarga oid texnik
ma’lumotlar cheklangan hajmda keltirilgan yoki umuman keltirilmagan.
“Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti” fanini o‘zlashtirishga oid
Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Amerika Qo‘shma
Shtatlari, Rossiya
Federatsiyasi va boshqa chet el davlatlaridagi oliy temir yo‘l o‘quv yurtlari olim
va pedagoglari tomonidan ko‘plab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va
ma’lumotnoma(spravochnik)lar chop etilgan. Qo‘lingizdagi kitob ana shu
manbalar hamda so‘nggi yillarda ushbu sohani ilmiy va amaliy rivojlantirishga
bag‘ishlangan
monografiyalar, dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar, xorij va
respublikamizda o‘tkazilayotgan ilmiy va amaliy anjumanlar hamda xorijda va
respublikamizda ishlab
chiqilgan Davlat standartlari, sohaga oid qabul qilingan
qoidalar, tavsiyalar, ensiklopedik materiallardan foydalanilgan holda yozilgan.
O‘quv qo‘llanmada elektrlashgan temir yo‘llar va notortuvchi iste’molchilar
elektr ta’minoti, kontakt tarmog‘i va tortuvchi nimstansiyalarga oid atama va