-BOB. AYLANUVCHI PECHLARNING ICHKI VA TASHQI ISSIQLIK ALMASHTIRGICHLARI




Download 101,09 Mb.
bet27/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

7-BOB. AYLANUVCHI PECHLARNING ICHKI VA TASHQI ISSIQLIK ALMASHTIRGICHLARI

7.1. Ichki issiqlik almashtirgichlar: zanjirlar, yakka o‘rnatilgan issiqlik almashtirgichlar


Aylanuvchi pechning ichki issiqlik almashinuv qurilmalari issiqlikdan foydalanishni yaxshilash, issiq gaz va material o‘rtasidagi issiqlik almashish jarayonini jadallashtirish maqsadida o‘rnatiladi. Pechning nisbatan sovuq qismida nurlanish orqali issiqlik uzatish deyarli yo‘qligi sababli bu yerda issiqlik almashish yuzasini ko‘paytirish talab etiladi. Shu maqsadda pech korpusi ichiga turli zanjirli sistemalar, har xil konstruksiyadagi issiqlik almashtirgichlar va filtr – qizdirgichlar o‘rnatiladi.
Zanjirlar aylanuvchi pech ichida quritish zonasida o‘rnatiladi: zanjirlar osilishi pechning sovuq uchidan 3-5 m masofada boshlanadi va pechning o‘lchamlariga qarab 20-45 metrni tashkil qiladi (3.3 –jadvalda keltirilgan). Zanjirlar qo‘llash natijasida pech unumdorligi oshadi va yoqilg‘i sarfi kamayadi. Chunki zanjirlar materialning harakatini sekinlashtirib, issiqlik almashinish yuzasini oshiradi. Shuningdek, zanjirlar pechdan chiqayotgan changning anchagina qismini ham ushlab qoladi.
Zanjir uzunligi L = 0,6 ÷ 0,7Dpech;
Zanjir qadami o‘q bo‘ylab 100 ÷ 400 mm, aylana bo‘ylab esa 300 ÷ 400 mm gacha
Fzanjir/ F futerovka = 6 ÷12
Zanjirlar ikki usulda osiladi: bir uchi bo‘sh va girlyandsimon (shodasimon). Zanjirlar 19-25 mm diametrli 12X18N10T markali issiqqa chidamli po‘lat simlardan halqasimon qilib tayyorlanadi. Pechning harorati 2500S dan kam bo‘lgan zonasida esa oddiy uglerodli po‘latdan tayyorlangan zanjir osiladi. 500 0S dan yuqori haroratda 18Cr8Ni markali zanglamaydigan po‘latdan, 800 0S dan yuqori haroratda esa tarkibida ko‘p miqdorda xrom va nikel bo‘lgan yuqori mustahkamlikka va issiqqa chidamlilikka ega bo‘lgan qotishmalardan foydaniladi. Zanjirlar shaxmat tartibida yoki 300 burchak ostida osiladi.


Download 101,09 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. AYLANUVCHI PECHLARNING ICHKI VA TASHQI ISSIQLIK ALMASHTIRGICHLARI

Download 101,09 Mb.