• Farg‘ona – 2023
  • Вазирлиги




    Download 101,09 Mb.
    bet2/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    H. Sadullaev
    Technological complexes in the building materials industry. Textbook for students of higher educational institutions studying in the direction of bachelor's degree 60720700-"Technological machines and equipment (by industry)". Ferghana - 2023. - _____ pages.
    The textbook presents the constructions, basics of work, calculation and design of machines and technological complexes used in various branches of the building materials industry, mainly through the chemical and mechanical processing of raw materials.
    Farg‘ona – 2023

    So‘z boshi


    Ushbu darslik 60720700 – “Texnologik mashinalar va jihozlar” (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavriat talim yo‘nalishining o‘quv rejasi va “Qurilish materiallari sanoati texnologik komplekslari” fanining dasturiga muvofiq tayyorlandi.
    Darslik “Ishlab chiqarishdagi texnologik komplekslar” fanidan kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan 2007 yilda yozilib, o‘quv jarayonida sinovdan o‘tgan o‘quv qo‘llanma va ushbu fanni ko‘p yillar davomida o‘qitish jarayonida to‘plangan tajriba asosida shakllantirildi.
    Mamlakatimizda yangi sanoat ob’ektlari, uy - joy binolari talim, sport va tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy-maishiy ob’ektlar qurish ko‘lami ortib bormoqda. Ushbu ishlarning sifati va natijasi zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan bog‘liq.
    Sifatli, talabga javob bera oladigan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun esa ilg‘or texnika va texnologiyalar, mukammal texnologik komplekslar kerak.
    Qurilish materiallari va kimyo sanoati ishlab chiqarishga yangi zamonaviy texnologiyalarni hamda ilm – fan yutuqlarini joriy etish, chuqur qayta ishlashni tashkil etish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash orqali zamonaviy, jahon standartlari talablariga javob bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida jahon bozorlaridan munosib o‘rin egallash, sohani yanada jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun malakali kadrlar kerak!
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 16 oktabrdagi “Respublika qurilish materiallari sanoatini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalar jalb qilish, eksport potensialini oshirish dolzarb vazifalar etib belgilangan.
    O‘zbekiston qurilish materialari va kimyo sanoati azaldan yaxshi rivojlangan soha hisoblanadi. Keyingi yillarda, ayniqsa, zamonaviy qurilish materiallariga talab oshib bormoqda. Shuningdek, sohada quruq qurilish materiallari aralashmasi bazasida pardozbop materiallar ishlab chiqaruvchi yangi texnologiyalar va jihozlar paydo bo‘la boshladi, mayda donali devorbop materiallar, yengil beton va keramzit bloklar ishlab chiqarishga ehtiyoj orta boshladi.
    Oxirgi 3 – 4 yil ichida mamlakatimizda 20 dan ortiq sement zavodlari qurilib ishga tushirildi. 2017 yilga qadar tarmoqda 7 ming 995 ta korxona mavjud bo‘lib, ularda 120 turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib 14 mingdan ortiq korxonada 200 dan ziyod turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.
    Qurilish materiallari va kimyo sanoati tarmog‘ida energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish ham dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
    Ushbu darslikda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatidagi barcha texnologik komplekslarni yoritish imkoniyati yo‘qligi sababli unda eng ko‘p tarqalgan, yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan korxonalarda o‘rnatilgan texnologik mashina va jihozlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
    Muallif t.f.d., prof. R.J. Tojievga va «Quvasoysement» AJ bo‘lim boshlig‘i T. Shamsiddinovga darslik qo‘lyozmasini takomillashtirish bo‘yicha bildirgan qimmatli maslahatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi.
    Darslik tarkibi va mazmuni bo‘yicha barcha tanqidiy fikr – mulohazalar, takliflar muallif tomonidan indeks pochta 712028. Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi, 86, Farg‘ona politexnika instituti “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi manzilida minnatdorchilik bilan qabul qilinadi.
    Telefon: +998 91 123 59 81
    Ye-mail: khamidullo.sadullayev@bk.ru

    Download 101,09 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 101,09 Mb.