Qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan mashinalar va jihozlar




Download 101,09 Mb.
bet4/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

Qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan mashinalar va jihozlar
O‘zbekistonimizda sanoat korxonalari va uy – joy qurilishining tinimsiz o‘sib borishi qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni ham kun sayin oshirmoqda.
Shu sababli qurilish materiallari uchun xom ashyo zaxiralari, ishlab chiqarish texnologik jarayonlari va jihozlarini bilish har bir mutaxassis uchun zarur. Shuningdek, mamlakatimiz xalq xo‘jaligining rivojlanishi qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatidagi ishlarning ahvoli, uning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq.
Qurilish materiallarining turlari juda ko‘p. Qurilish materiallari tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Sun’iy qurilish materiallarini ishlab chiqarish tegishlicha: sement sanoati, ohak sanoati, shisha sanoati va shunga o‘xshash turlarga bo‘linadi.
Qurilish materiallari o‘zining texnik xossalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Plastik materiallar - kuch, harorat yoki suv ta’sirida qayta ishlash mumkin bo‘lgan materiallar (tuproq, bitum, g‘isht va sh.o‘.)
Elastik materiallar – ta’sir etayotgan kuchdan xalos bo‘lganda o‘zining dastlabki shakliga qaytadigan materiallar (rezina, po‘lat va yog‘och ).
Mo‘rt ashyolar - tashqi kuch ta’sirida o‘lchami va shaklini o‘zgartirmay sinish xossasiga ega bo‘lgan ashyolar (shisha, cho‘yanning bazi turlari, g‘isht va boshqalar)
Mustahkam (granit, metall, yog‘och) va mustahkamligi juda past (somon, xom g‘isht) qurilish materiallari.
Qattiq (cho‘yan, marmar, granit) va yumshoq (yog‘och, bitum va boshqa) materiallar.
Shuningdek, suv, ishqor, kislota, issiq yoki sovuq havo hamda fizik-kimyoviy jarayonlar tasiriga bardosh beradigan chidamli (klinker, plastmassalar) va chidamsiz (xom g‘isht) qurilish materiallari mavjud.
Muhofaza maqsadlarida issiqlik o‘tkazmaydigan (jun, mineral paxta, g‘ovakli asbest buyumlar), tovush yutuvchi (pemza, qatlamli shisha-paxta, fibrolit), suvga chidamli (bitum, ruberoid, tol) va elektr tokidan himoyalovchi (rezina, chinni, marmar) xossalariga ega bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqarish ham rivojlanib bormoqda.
Yer yuzasidagi barcha tabiiy toshlar minerallardan tashkil topgan.
Ulardan eng ko‘p tarqalganlari:
Kvars (SiO2) - asosan qum tuproqdan tashkil topgan, kristall shaklidagi mustahkam va chidamli material.
Dala shpati - silikatlar guruhida keng tarqalgan oq va biroz qizg‘ish rangdagi mineral.
Slyuda - kimyoviy tarkibi murakkab bo‘lgan suvli alyumosilikat.
Granit - magmatik tog‘ jinsi.
Bazalt - yashirin kristalli, shishasimon tuzilishga ega bo‘lgan jins.
Diabaz - dala shpati va avgitdan tashkil topgan kristall jins.
Pemza - shishasimon g‘ovakli yengil jins va boshqalar.
Cho‘kindi tog‘ jinslari turkumiga:
Maydalangan jinslar - loy, qum, shag‘al, harsangtosh, mayda tosh va boshqalar.
Kimyoviy cho‘kindilar - gips, angidrid, dolomit, magnezit, ohak tufi, mergel.
Organogen qatlamlar -chig‘anoq, ohaktosh, bo‘r, trepel, diatomit va shunga o‘xshashlar kiradi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ko‘plab qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan bog‘liq korxonalar mavjud bo‘lib, ularda turli-tuman moddalar - sement, shifer, oyna, temir–beton mahsulotlari, g‘isht, ohak, gips, yengil bloklar, plastmassa, lak-buyoqlar va boshqa turli xil zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Ushbu korxonalarda turli texnologik jarayonlar maxsus qurilmalarda (mashina va jihozlarda) amalga oshiriladi. Bu jarayonlar davomida xom ashyo va materiallarning ichki tuzilish tarkibi, agregat holati o‘zgaradi.
Kimyoviy texnologik jarayonlar kimyoviy reaksiyalardan tashqari turli fizik-kimyoviy jarayonlardan iborat: suyuqlik va qattiq materiallarni uzatish, qattiq moddalarni maydalash va saralash, ho‘l materiallarni quritish va boshqalar.
Yuqoridagi jarayonlarni amalga oshirish uchun turli texnologik mashinalar va jihozlar qo‘llaniladi. Masalan, qattiq materiallarni mexanik kuch ta’sirida qayta ishlash mashinalariga turli maydalagichlar va tegirmonlar, g‘alvir va elaklar, aralashtirgichlar kiradi.
Issiqlik almashinish jarayonlarini amalga oshirish uchun turli pechlar, isitkichlar va sovutkichlar qo‘llaniladi. O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining xom ashyo bazasi yaratilgan bo‘lib, jami 600 tadan ko‘proq konlarda geologik qidiruv ishlari bajarilgan. Shu jumladan, 32 ta sement, 224 ta g‘isht, 16 ta keramzit xom ashyosi, 92 ta qum – shag‘alli materiallar, 56 ta qurilishbop toshlar, 27 ta ohak ishlab chiqarish uchun, 28 ta beton va silikat buyumlari ishlab chiqarish uchun, 11 ta gips va ganch, 3 ta mineral bo‘yoqlar ishlab chiqarish uchun, 5 ta shisha xom ashyosi va x.k.
“Qurilish materiallari sanoati texnologik komplekslari” fanida u yoki bu materialni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan mashinalar va jihozlar bir biri bilan uzviy bog‘liq holda, ya’ni belgilangan miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kompleks sifatida qaraladi.



Download 101,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 101,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan mashinalar va jihozlar

Download 101,09 Mb.