Вазирлиги




Download 101,09 Mb.
bet3/81
Sana23.05.2024
Hajmi101,09 Mb.
#250860
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
Тех.компл.-дарслик (3)

Kirish


Oliy ta’lim tizimi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonunlarida 2 bosqichli deb belgilab qo‘yilgan; ya’ni, birinchi bosqichda yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar va ikkinchi bosqichda mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Bu esa bakalavrlar bilimining fundamentalligini va ma’lum darajada universalligini talab qiladi.
Texnologik mashinalar va jihozlar – xo‘jalik sohasining turli tarmoqlarida materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mashina va jihozlarni yaratish, tayyorlash, ulardan foydalanish, xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslubiyatlari va yo‘llari majmuini o‘z ichiga olgan fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, bu yo‘nalish bo‘yicha tayyorlanayotgan bakalavrlar mavjud Davlat ta’lim standartiga binoan loyihalash-konstruktorlik, ishlab-chiqarish-texnologik va tajribaviy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Ularning o‘quv rejadagi fundamental, umummuhandislik, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha ma’lumot va bilimlarga ega bo‘lishlari zamonaviy va kelajak uchun yangi mashina va jihozlarni yaratishga, tayyorlashga, ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish masalalariga ilmiy yondoshishga yordam beradi.
«Qurilish materiallari sanoati texnologik komplekslari» fani o‘quv rejada tanlov fanlar blokiga kiradi va uni o‘zlashtirish talabalar tomonidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda hamda mustaqil ishlash jarayonlarida amalga oshiriladi.
Fanning maqsadi va vazifalari:
60720700 -“Texnologik mashinalar va jihozlar” Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanadigan bakalavrlar uchun “Qurilish materiallari sanoati texnologik komplekslari” fani yo‘nalishning tanlov fanlari qatoriga kiradi va ushbu ta’lim yo‘nalishining ishchi o‘quv rejasiga kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan yirik ishlab chiqarish korxonalarining talabnomalari asosida kiritilgan. Ta’lim yo‘nalishini bitirgan bakalavrlar uchun faqatgina Farg‘ona viloyatining o‘zida quyidagi yirik sanoat korxonalari mavjud: “Quvasoysement”AJ, “Quvasoyshifer”AJ, “Zilxa temir–beton buyumlari zavodi” MChJ, “Kvars”AJ va bir qator yangi ishga tushirilgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va boshqalar.
Yuqoridagi korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish uchun turli texnologik jarayonlar va qurilmalar qo‘llaniladi.
Texnologik jarayonlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad - tabiiy va sun’iy xom ashyolarning eng tejamli va ekologik jihatdan toza usullari yordamida qayta ishlab, kerakli materiallar hamda mahsulotlar olishdan iborat.
Zamonaviy kimyoviy texnologiya tabiiy va texnika fanlarining yutuqlariga asoslanib, fizik va kimyoviy jarayonlar, mashinalar va qurilmalarning birligini, sanoat miqyosida turli moddalar, mahsulotlar, materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini eng qulay yo‘llar bilan eng yuqori samaradorli qurilmalarda olib borishni taqozo etadi.
Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad –talabalarni qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik komplekslar, mashina va qurilmalarni loyihalash, ishlab chiqarish, o‘rnatish hamda ishlatish asoslari bilan tanishtirish, ularga keng tarqalgan texnologik mashinalar namunalarini hisoblash asoslarini o‘rgatish.
Fanni o‘qitishning asosiy vazifalari – talabalarga turli xildagi qurilish va kimyoviy materiallar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik komplekslar, mashina va jihozlarning tuzilishi, ishlash nazariyasi, turlari va ma’lum sharoitlar uchun munosiblarini tanlash, hisoblash, ulardan samarali foydalanish usullarini o‘rgatishdan iborat.



Download 101,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 101,09 Mb.