• 3.2. Ho‘l usulda ishlaydigan kompleks pech agregatlari
  • - rasm. Sement zavodining umumiy ko‘rinishi




    Download 101,09 Mb.
    bet14/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    3.2- rasm. Sement zavodining umumiy ko‘rinishi.
    Sement ishlab chiqarish korxonalarida turli texnologik jarayonlar maxsus qurilmalarda (mashina va jihozlarda) amalga oshiriladi. Bu jarayonlar davomida xom ashyo va materiallarning ichki tuzilish tarkibi, agregat holati o‘zgaradi.
    Kimyoviy texnologik jarayonlar kimyoviy reaksiyalardan tashqari turli fizik-kimyoviy jarayonlardan iborat: suyuqlik va qattiq materiallarni uzatish, qattiq moddalarni maydalash va saralash, ho‘l materiallarni quritish va boshqalar.

    3.2. Ho‘l usulda ishlaydigan kompleks pech agregatlari


    Sement ishlab chiqarishda asosiy texnologik agregat sifatida aylanuvchi pechlar xizmat qiladi. Ho‘l yoki quruq usulda sement ishlab chiqarishni amalga oshirishda xom ashyo namligidan, uning agregat holatidan kelib chiqqan holda aylanuvchi pechlar o‘z hususiyatlariga ega.
    Aylanuvchi pechlarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari – tanasining diametri va uzunligi. Masalan, diametri 5 m va uzunligi 185 m bo‘lgan pech quyidagicha belgilanadi: «Ø5 x 185 m aylanuvchi pech».
    Ho‘l usulda ishlaydigan aylanuvchi pechlarda klinker olish bilan bog‘liq barcha jarayonlar pech ichida amalga oshiriladi. Shuning uchun bu usuldagi pechlar «uzun» deb ataladi: pech tanasi uzunligining diametriga nisbati amalda 32-35-ni tashkil etadi.
    Ho‘l usulda ishlaydigan aylanuvchi pechlarning quyidagi texnologik zonalari mavjud.
    1. Quritish zonasi. Bu zonada shlam tarkibidan namlik bug‘lanadi, va xom ashyo 150 oS haroratda granulalarga aylanadi.
    2. Isitish zonasi. Bu yerda granulalar 700-750 oS gacha isitiladi.
    3. Dekarbonizatsiya zonasi. Bu yerda 750-1000 oS haroratda granulalar tarkibidan karbonat angidrid ajralib chiqadi va hosil bo‘lgan xolis ohak (kalsiy oksidi)dan dastlabki kimyoviy reaksiyalar natijasida CaO·SiO2, CaO·Al2O3 va CaO· Fe2O3 kabi birikmalar hosil bo‘ladi.
    4. Ekzotermik reaksiyalar zonasi. Bu yerda material 1000 0S dan 1300 0S gacha qizishi natijasida ekzotermik reaksiyalar amalga oshadi va asosiy klinker minerallari 2 CaO· SiO2, 3 CaO · Al2O3 va 4 CaO · Fe2O3 shakllanadi.
    5. Pishirish zonasi. Bu yerda 1450-1500 0S haroratda material qisman eriydi, suyuq faza hosil bo‘ladi va material sement klinkeriga aylanadi.
    6. Dastlabki sovitish zonasi. Bu zonada yoqilg‘ini yonishi uchun kerak bo‘lgan va aylanuvchi pechga kiritilayotgan havo yordamida klinker 1450 0S dan 1000 0S gacha sovitiladi.



    Download 101,09 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Sement zavodining umumiy ko‘rinishi

    Download 101,09 Mb.