• 3.3. Quruq usulda ishlaydigan kompleks pech agregatlari
  • Ho‘l usulda ishlovchi pech agregatlarining texnik xarakteristikasi




    Download 101,09 Mb.
    bet15/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    Ho‘l usulda ishlovchi pech agregatlarining texnik xarakteristikasi
    3.1 - jadval

    Ko‘rsatkichlar

    Pech o‘lchamlari

    4x150

    4.5x170

    5x185
    (SMS – 402 )

    7x230
    (SMS – 404)

    Klinker bo‘yicha ish unumdorligi, t/sutka

    840

    1200

    1800

    3000

    Shlam namligi, %

    36

    36

    36

    42

    Klinkerni kuydirish uchun solishtirma issiqlik sarfi, kDj/kg

    6500

    6500

    6500

    6800

    Pech agregatining issiqlik quvvati, kVt

    63120

    90280

    135420

    236110

    Solishtirma energiya sarfi, kVt*soat/t
    Issiqlik bo‘yicha
    Elektrik

    1810
    25



    1810
    25



    1810
    25



    1890
    30



    Solishtirma metall hajmi, t/(t/sutka)

    1.93

    1.81

    1.78

    2.1

    Asosiy texnologik jihozlar massasi (futerovkasiz), t

    1620

    2170

    3210

    6310

    Yuqoridagi texnologik zonalarni ketma-ket o‘tgan xom ashyo sement klinkeriga aylanadi.


    Aylanuvchi pech tanasi uzunligi bo‘yicha o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan diametrga ega bo‘lishi mumkin: o‘zgaruvchan diametrli pechlarda, odatda, isitish va pishirish zonalari kengaytirilgan bo‘ladi va ular quyidagicha belgilanadi: «Aylanuvchi pech Ø 5,3/5,0/5,8x175 m». O‘zgarmas diametrli pechlarda chang miqdori kamayadi, futerovka chidamliligi ortadi, tayanch qurilmalarga vaznlar yaxshiroq taqsimlanadi va h.
    Yoqilg‘i sarfini kamaytirish maqsadida aylanuvchi pechlarda ichida o‘rnatilgan issiqlik almashtirgichlar hamda alohida yoki pech tanasiga mahkamlangan klinker sovitkichlar qo‘llanadi.

    3.3. Quruq usulda ishlaydigan kompleks pech agregatlari


    Quruq usulda ishlaydigan aylanuvchi pechlar ho‘l usulda ishlaydiganlardan kalta bo‘ladi va ularda tanasining uzunligi diametriga nisbatan 15-17-ni tashkil etadi. Buning asosiy sabablari quyidagilar: Quruq usulda ishlaydigan aylanuvchi pechlarga xom ashyo quruq holda solinadi, shuning uchun quritish zonasiga ehtiyoj bo‘lmaydi. Undan tashqari, bu usulda xom-ashyoni isitish siklonsimon issiqlik almashtirgichlar zimmasiga yuklatiladi, shuning uchun isitish zonasi ham kerak emas. Keyingi yillarda yaratilgan texnologik chiziqlarda kompleks pech agregatlari tarkibiga reaktor – dekarbonizatorlar qo‘shilishi munosabati bilan dekarbonizatsiya zonasi ham pech ichidan olib chiqilmoqda va natijada pechlar uzunligi yanada qisqarmoqda.
    3.4-rasmda quruq usulda ishlaydigan kompleks pech agregati, 3.5-rasmda esa reaktor-dekarbonizator bilan jihozlangan kompleks pech agregati tasvirlangan.
    Quruq usulda ishlaydigan kompleks pech agregatlarning (va umuman quruq usulning) asosiy afzalligi - yoqilg‘ining kam sarf qilinishi. Yuqorida ta’kidlanganidek, 1 kg klinker ishlab chiqarish uchun ho‘l usulda 1500 Kkal, quruq usulda esa 750-900 Kkal issiqlik sarflanadi.






    Download 101,09 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ho‘l usulda ishlovchi pech agregatlarining texnik xarakteristikasi

    Download 101,09 Mb.