• 3.4. Ho‘l usulni quruq usulga o‘tkazish muammolari
  • 3.5. Klinker kuydiruvchi pechlar tasnifi
  • – rasm. Ho‘l usulda ishlovchi pech agregati




    Download 101,09 Mb.
    bet16/81
    Sana23.05.2024
    Hajmi101,09 Mb.
    #250860
    TuriУчебник
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
    Bog'liq
    Тех.компл.-дарслик (3)

    3.3 – rasm. Ho‘l usulda ishlovchi pech agregati
    1 – tutunso‘rgich; 2 – elektrofiltr; 3 – shlam oqadigan quvur; 4 – shlam bilan ta’minlash qurilmasi; 5 – chang cho‘ktirish kamerasi; 6 – aylanuvchi pech; 7 – sovutgich;









    3.4 – rasm. Quruq usulda ishlovchi pech agregati
    1 – tutun so‘rgich; 2 – elektrofiltr; 3 – shiber; 4 – gazni tuyish va quritish qurilmalaridan olish; 5 – pechdan chiqayotgan gazlarni sovutish qurilmasi; 6 - gazni tuyish va quritish uchun yo‘llash; 7 – tutun so‘rgich; 8 – siklonli issiqlik almashtirgichlar; 9 – xom ashyo unini siklonga uzatish; 10 – dekarbonizator; 11 – sovitgichdan chiqayotgan issiq gaz quvuri; 12 – aylanuvchi pech; 13 – kolosnikli klinker sovitgich.



    3.5-rasm. Quruq usulda ishlovchi dekarbonizator bilan
    jihozlangan pech agregati:
    1-Aylanuvchi pech, 2-pnevmoko‘targich, 3-miqdorlagilar, 4-bunkerlar, 5-xom ashyo uni tushirgichlari, 6-yondirish quvuri, 7-siklonsimon issiqliq almashtirgichlar, 8-gaz quvuri,
    9-chang tozalovchi siklonlar, 10,12-tutun-so‘rgichlar, 11-elektrfiltr, 13-dekarbonizator, 14-suv nasosi, 15-o‘tish quvuri, 16-vertikal gaz quvuri, 17-issiq havo quvuri,
    18-forsunkalar, 19-Yoqilg‘i nasoslari, 20-quvurli isitkich, 21-Yoqilg‘i baki






    Quruq usulda ishlovchi pech agregatlarning
    texnik xarakteristikasi
    3.2-jadval



    Ko‘rsatkichlar

    SMS – 446

    SMS – 73

    SMS – 26

    SMS – 27

    Klinker bo‘yicha ish unumdorligi, t/sutka

    1600

    3000

    3000

    5000

    Klinkerni kuydirish uchun solishtirma issiqlik sarfi, kDj/kg

    3600

    3600

    3500

    3500

    Jumladan:













    Aylanuvchi pechda
    Reaktor – dekarbonizatorda

    3600

    -


    3600

    -


    1700

    1800


    1700

    1800


    Pech agregatining issiqlik quvvati, kVt

    66670

    125000

    121530

    202550

    Solishtirma energiya sarfi, kVt*soat/t
    Issiqlik bo‘yicha
    Elektrik

    1000
    45

    1000
    45

    970
    50

    970
    50

    Aylanuvchi pech o‘lchamlari, m

    5x75

    6.4x95

    4.5x80

    5x100

    Solishtirma metall hajmi, t/(t/sutka)

    1.09

    1.27

    0.8

    0.74

    Asosiy texnologik jihozlar massasi (futerovkasiz), t

    1750

    3800

    2400

    3700



    3.4. Ho‘l usulni quruq usulga o‘tkazish muammolari


    Ho‘l usulni quruq usulga o‘tkazish muammosi sanoati rivojlangan mamlakatlarda quruq usulda ishlaydigan texnologik chiziqlarni bevosita qurish bilan yechiladi.
    O‘zbekiston sharoitida bu muammoning yechish yo‘llaridan biri - ho‘l usulni yarim quruq usulga va so‘ng quruq usulga o‘tkazish.
    Ilgari O‘zbekistonda quruq usul asosida faqat Navoiy sement zavodi (Qizilqumsement AJ) ishlar edi. Hozirgi kunda mamlakatda xorijiy investitsiyalar asosida o‘nlab quruq usulda ishlovchi yangi sement zavodlari qurilib ishga tushirilmoqda. Qolgan ishlab chiqarishlarda (Quvasoy, Ohangaron va Bekobodda) ho‘l usul qo‘llaniladi va u yerdagi texnologik chiziqlar XX asrning 20-30 yillarida qurilgan.
    Shuni inobatga olgan holda, ho‘l usulda ishlaydigan pechlarni yarim quruq usulga o‘tkazib (ya’ni, ular unumdorligini ma’lum darajada oshirib), eng eskirgan texnologik chiziqni quruq usulga aylantirish mumkin. Bunda umumiy sement ishlab chiqarish darajasi saqlanadi. Chunki, bevosita ho‘l usulni quruq usulga aylantirish uchun texnologik chiziq 300-480 sutkaga to‘xtatilishi kerak.

    3.5. Klinker kuydiruvchi pechlar tasnifi


    Klinker kuydiruvchi aylanuvchi pechlar quyidagicha tasniflanadi.
    a) Tanasining tuzilishi bo‘yicha:
    -butun uzunligi bo‘yicha o‘zgarmas diametrli (masalan, 3,6 x 150 m);
    -pishirish zonasi kengaytirilgan (masalan 4,5/5 x 135 m);
    -quritish zonasi kengaytirilgan (masalan; 3,6/3,3 x 118 m)
    -quritish va pishirish zonalari kengaytirilgan (masalan. 5,3/4,8/5,8 x 175 m)
    b) sovitkichlar tuzilishi bo‘yicha:
    -rekuperatorli sovitkichlar bilan jihozlangan;
    -panjarali sovitgichlar bilan jihozlangan;
    -barabanli sovitkichlar bilan jihozlangan.
    v) yuritma tuzilishi bo‘yicha:
    -bitta yoki 2-ta elektromotorli yuritma bilan jihozlangan;
    -gidravlik yuritma bilan jihozlangan.
    g) yoqilg‘i sarfini kamaytiradigan qurilmalar bo‘yicha:
    -ichki issiqlik almashtirgichlar bilan jihozlangan;
    -kalsinator yoki shlam konsentratori bilan jihozlangan;
    -siklonsimon issiqlik almashtirgichlar bilan jihozlangan;
    -shaxtali issiqlik almashtirgichlar bilan jihozlangan;
    -reaktor – dekarbonizator bilan jihozlangan.



    Download 101,09 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




    Download 101,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. Ho‘l usulda ishlovchi pech agregati

    Download 101,09 Mb.